Intizomny tarbiyalash: o‘z xulqi, o‘qishi, mehnati uchun ma’suliyatni tarbiyalashni; qoidalar va axloqiy normalarni tez va aniq bajarish odatlarini shakllantirishni; sobiq sovet davlatining normalari va qonunlari haqidagi bilimlarni ma’lum qilishni; davlat normalari va qonunlariga mas’uliyat bilan munosabatda shakllantirishini o‘z ichiga oladi.
Estetik qarashlarni tarbiyalash yuksak xulq-atvor va nutq madaniyatini o‘stirish, hal qilingan masala, bajarilgan ishdan esetik zavq olishni shakllantirish; ijodkorlik, novatorlikka intilishni tarbiyalash bilan bog‘liqdir. Dars rejasida tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun darsda qanday materialdan foydalanish zarurligini ko‘rsatish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |