O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlari davlat tizimi
Ta’limni standartlashtirish - bu butun dunyo kasb-hunar ta’limini islohotlashtirishdagi eng yirik tendensiyalardan biridir. Bu inqirozni engib o‘tishning asosiy vositasi hisoblanadi.
Jamiyatda sodir bo‘layotgan bugungi yangiliklar hamda iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim tizimiga, xususan, o‘rta maxsus, kasb- hunar ta’limiga boshqacha yondashishni talab qiladi. SHunday ekan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi standartlarini ishlab chiqmasdan turib, jahon bozoriga chiqa oladigan, kasbiy mohirlik darajasi yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlab bo‘lmaydi.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining asosiy amalga oshirish vazifalaridan biri, ta’lim oluvchilarning tayyorgarlik sifati va ixtisosiga zaruriy talablarni, ularning madaniy va ma’naviy - ruhiy darajalarini aniqlab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va tatbiq etishdir.
Xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini (DTS) ishlab chiqish birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta’limi ekvivalentligini hamda o‘z navbatida mamlakatimizning xalqaro mehnat bozorida to‘siqlarsiz ishtirok etishini ta’minlaydi, ikkinchidan, ta’lim xizmatlari sifatiga aniq (qat’iy) talablarni belgilab qo‘yish natijasida kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda ta’lim muassasalari ishining samaradorligini nazorat qilish tizimini tartibga soladi.
O‘zbekison Respublikasi Vazirlar Mahakamasining 2000 yil 16-oktabrdagi 400-sonli «O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini tasdiqlash» to‘g‘risida»gi qaroriga asosan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlari tasdiqlandi. Tarmoq sandartlari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bosqichma-bosqich yangidan tashkil etilayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ularni aprobatsiya qilish tugagandan so‘ng tasdiqlanadi. 1-rasmda O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi davlat sandartlari tizimi keltirilgan.
O‘MKHT ni standartlashtirishning maqsad va vazifalari, tamoyillari va nazorat turlari Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan O‘MKHT DTS «Asosiy qoidalar», standartida belgilab berilgan.
O‘MKHT standartlarining joriy etilishi quyidagi maqsadlar amalga oshirilishini nazarda tutadi:
- O‘MKHT ning yuksak sifatini hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni, rivojlangan demokratik davlat barpo etish talablariga javob beruvchi raqobatbardosh kadrlar tayyorlanishini ta’minlash;
- mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti isiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, texnika va texnblogiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqib, kadrlar tayyorlash mazmunini tartibga solish;
- O‘MKHT ning demokratlashuvi, insonparvarlashuvi va ijtimoiylashuvi, ta’lim oluvchilarning huquqiy va iqtisodiy bilimlari darajasini, shuningdek, ta’lim jarayoni samaradorligini oshirish;
- sifatli ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida shaxsning, jamiyat va davlatning manfaatlarini himoya qilish;
- kadrlar tayyorlash sifatini va ta’lim faoliyatini baholash mezonlarini va tartibini belgilash;
- O‘MKHT jarayonini va kadrlar tayyorlashning izchilligi va uzluksizligini ta’minlash;
- mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida raqobatbardoshlikni ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |