Fanidan O‘quv metodik majmua



Download 5,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/263
Sana01.07.2022
Hajmi5,08 Mb.
#726336
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   263
Bog'liq
MAJMUA

№ 27– MUSTAQIL ISH 
MAVZU: “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun 
bandlarini o‘rganish. 
ISHNING MAQSADI
:Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun 
bandlarini o‘rganish 
TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI

1.Xavfli ishlab chiqarish obyektlarito‘g‘risidagi ma’lumotlarni o’rganish. 
2.“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun bandlarini o‘rganish. 
3. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning I bo’limi 
mazmuni. 
4. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning II bo’limi 
mazmuni 
5. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning III bo’limi 
mazmuni 
6. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning IV bo’limi 
mazmuni 
7. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning V bo’limi 
mazmuni 
ISHNING QISQACHA MAZMUNI: 
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi nazorati ostida 150 mingdan ziyod ob’ekti bo‘lib 
bu ob’ektlarda 3.500.000 dan ortiq ishchi xodimlar mexnat qilmoqda. 
“Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan
respublika xududida sanoat va radiatsiya xavfsizligiga, yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni 
muxofaza qilishga doir qonun xujjatlari va normativ texnik xujjatlarga, shuningdek davlat tomonidan 
tartibga solishning boshqa chora tadbirlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini belgilangan tartibda 
amalga oshiradi. 


171 
2006 yil 28 sentyabrda Xukumatimiz tomonidan “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat xavfsizligi 
to‘g‘risida”gi Qonun” qabul qilindi va bu qonuni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar 
xaqidagi Vazirlar Maxkamasining 2008 yil 10 dekabrdagi 271-sonli qarori chiqdi. Vazirlar 
Maxkamasining 2008 yil 29 maydagi 114-sonli qarori bilan Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida sanoat 
xavfsizligi bo‘yicha maxsus vakolatli davlat organi etib “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi
belgilandi. 
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunining maqsadi xavfli ishlab 
chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi soxasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 
Bir yoki bir necha xavflilik belgisiga ega bo‘lgan sexlar, uchastkalar, maydonchalar, shuningdek boshqa 
ishlab chiqarish ob’ektlari Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlari deyiladi. 
Bu borada, xozirgi kunda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining xodimlari tomonidan
“Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligini ta’minlash, avariya va jaroxat yetkazilishi 
bo‘yicha ma’lumotlarni taxlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini 
belgilab beradigan omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarini xisobga olish va 
identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish 
Sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash, “Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi 
to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq boshqa shaxslarning xayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga hamda atrof 
muxitga zarar yetkazganlik uchun xavfli ishlab chiqarish ob’ektlaridan foydalanayotgan tashkilotlarning 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish kabi ishlar amalga oshirilmoqda. 
Sanoat xavfsizligi talablari qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda nazarda tutilgan 
shartlar, taqiqlar, cheklashlar va boshqa majburiy talablar bo‘lib, ularga rioya etilishi sanoat xavfsizligini 
ta’minlaydi. 
Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat xayotiy muxim manfaatlarining xavfli ishlab chiєarish ob’ektlaridagi 
avariyalar va noxush xodisalardan xamda ularning okibatlaridan ximoyalanganlik xolatidir. 
Xavfli ishlab chikarish ob’ektlaridagi noxush xodisa xavfli ishlab chikarish ob’ektlarida ko‘llaniladigan 
texnika kurilmalarining ishdan chikishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga 
chikish, sanoat xavfsizligi soxasidagi konun xujjatlarida, shuningdek normativ texnik xujjatlarda 
ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir. 
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 
1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi tushunchasiga ta’rif bering. 
2. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonun qachon qabul qilingan? 
3. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning I bo’limi mazmuni 
nimadan iborat? 
4. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning II bo’limi 
mazmunimazmuni nimadan iborat? 
5. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning III bo’limi 
mazmunimazmuni nimadan iborat? 
6. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning IV bo’limi 
mazmuni mohiyatini aytib bering? 
7. “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi qonunning V bo’limi 
mazmuni nimadan iborat? 
№ 28– MUSTAQIL ISH 
MAVZU: Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha qabul qilingan
davlat standartlari tizimi “. 
ISHNING MAQSADI: Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash bо‘yicha qabul qilingan
davlat standartlari tizimi.
№ 29– MUSTAQIL ISH 


172 
MAVZU: “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun bandlarini o‘rganish 
ISHNING MAQSADI:Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun bandlarini 
o‘rganish 
TOPSHIRIQLARNI BAJARISH TARTIBI: 
1. Gidrotexnika inshootlar haqida umumiy tushunchalar tahlili. 
2. Gidrotexnika inshootlarida xavfsizlik texnikasi. 
3. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonun bandlarini o‘rganish 
ISHNING QISQACHA MAZMUNI: 
Gidrotexnika inshooatdagi favqulodda vaziyat-muayyan xududdagi avariyaga olib kelishi 
mumkin bo‘lgan, shuningdek gidrotexnika inshootining avariya natijasida vujudga kelgan bo‘lib 
odamlar qurbon bo‘lishiga, odamlar sog‘ligiga yoki atrof tabiiy muhitga zarar yetkazishiga olib kelgan 
vaziyatdir. 
Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnika inshootining (GTI) buzilishi, baland tog‘ 
ko‘llarining urib ketishi natijasida suv bosishi, avariya va xalokatlarga olib keladi hamda odmlar qurbon 
bo‘lishiga, sanoat va qishloq xo‘jalik obyektlariga ishning izdan chiqishiga, suv bosgan zonadagi 
aholining hayotiy faoliyati buzilishiga sabab bo‘ladi va shoshilinch evakuatsiya tadbirlari o‘tkazishni 
talab qiladi. 
Respublikamizda gidrodinamik xavfli obyektlar (GXO) juda ko‘p bo‘lib, ular aholi va xududlar 
uchun xavf-xatar manbai hisoblanadi va muayyan sharoitda favqulodda vaziyat o‘chog‘iga aylanib 
ketishi mumkin. 
GXO - bu suv oqimi bo‘ylab o‘zidan oldingi va o‘zidan keyingi suv sathlarida farq paydo qilib 
beradigan inshoot yoki tabiiy hosila. Bosim gidrotexnika inshooatlar (sun’iy to‘g‘onlar) va tabiiy 
to‘g‘onlar shular qatoriga kiradi. 
Ma’lumki, respublikamizda mavjud bo‘lgan gidrotexnika inshootlarida avariya, halokat yuz bergudek 
bo‘lsa, aholi va hududlarimizga ma’lum mikdorda xavf tug‘dirishi mumkin. Shu sababli O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasida, ya’ni 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan qonunlardan 
biri “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” deb nomlandi. 
Qonun 15 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish, 
qurish, foydalanishga topshirish, ularni rekonstruksiya qilish, konservatsiyalash va tugatishda 
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga 
solishdan iborat. 
Qonunda gidrotexnika inshootlari, foydalanuvchi tashkilot, favqulodda vaziyat, gidrotexnika 
inshootlarining xavfsizligi, xavfsizlik deklaratsiyasi, xavfsizlik mezonlari, gidrotexnika inshooti avariya 
xavfining yo‘l qo‘yiladigan darajasi kabi tushunchalarga ta’rif berilgan. Bundan tashqari qonunda 
Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlari ko‘rsatib berilgan hamda 
gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazorati haqida so‘z yuritilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi katta va alohida muhim suv xo‘jaligi 
obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi gidrotexnika 
inshootlarining xavfsizligi ustidan davlat nazoratiii amalga oshiruvchi maxsus vakolatli organ 
hisoblanadi. 
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan 
shaxslar qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishlari alohida belgilab qo‘yilgan (15-modda). 
MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR: 
1. Gidrotexnika inshootlar haqida ma’lumot bering. 
2. Gidrotexnika inshootlarida xavfsizlik texnikasiga qanday amalga oshiriladi?
3. “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi qonuni necha banddan iborat? 

Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish