150
yil 21 dekabrda O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqladi.
Kodeksning VI-bobida
mehnat shartnomasining mazmuni, shaqli, muddati (73-76 moddalar), ishga qabul qilish va dastlabki
sinov muddati (77-87 moddalar), mehnat shartnomalarining bekor qilinishi (97-113 moddalar)
masalalari yoritilgan. 217 moddada xodimlarni sud, davolash-profilaktika, oziq-ovqat,
gazli suv, shaxsiy
himoya va gigiyena vositalari bilan ta’minlash o‘z aksini topgan.
Ba'zi bir rahbar shaxslarning o'z ishiga sovuqqonlik va loqaydlik bilan qarashi natijasida mehnatni
muhofaza qilish tartib qoidalari bo’zilib, baxtsiz hodisa yo’z bersa, bu baxtsiz hodisaning og'ir-yengilligi
va oqibatini hisobga olib, javobgarlik chora-tadbirlari belgilanadi.
Intizomiy javobgarlik. Hozirgi zamon mashinasozlik sanoati fan va texnika taraqqiyotining hamma
yutuqlarini o'zida jamlagan murakkab dargoh hisoblanadi. Unda oddiy tokarlik stanogidan tor-tib
zamonaviy programmalashtirilgan
agregat stanoklarigacha, oddiy yig'ish maydonidan boshlab,
mukammallashtirilgan konveyer liniyalarigacha ishlaydi. Bunday mashinasozlik zavodlari sexlarida bir
necha yo’zdan tortib, bir necha ming nafargacha ishchilar mehnat qilishi mumkin.
Bunday katta sanoat korxonasida mehnat intizomini saqlash, xavfsiz ish olib borishning asosi
hisoblanadi. Chunki bu yerda mehnat qilayotgan ishchining vazifasi va bajaradigan
ishi mutaxassisligi
bo'yicha texnika xavfsizligi me'yorlari darajasida bo'lishi kerak va uni bo’zgan shaxslarga nisbatan
ma'muriy javobgarlik tartibida ogohlanitirish, jamoat tartibidagi choralar va ma'lum miqdorda jarima
to'lash belgilanadi.
Bunday holatlarda jarima va ogohlantirish buysunish tartibidagi rahbar xodimlar tomonidan emas, balki
mehnatni muhofaza qil-ishning davlat nazorat organlari yoki shahar va tuman kengashi ijroiya qo'mitasi
tomonidan tashqil qilingan komissiyalarning qarori bilan belglanadi.
Jinoiy javobgarlik. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarining qo'pol bo’zilishi natijasida og'ir
jarohatlanish sodir bo'lsa, bir necha kishi og'ir jarohatlansa yoki baxtsiz hodisa o'lim
bilan tugasa, bun-
day holatda rahbar xodim jinoiy javobgarlikka tortiladi. Rahbar xodim vazifasidan chetlatiladi va
ma'lum muddatga ozodlikdan mahrum qilinadi.
Moddiy javobgarlik. Moddiy javobgarlik—bu ishchi va xiz- matchining aybi bilan korxonaga keltirilgan
moddiy zararni qoplashdir. Mehnatni muhofaza qilishning qoida va me'yorlarining ishchi va xizmatchi
tomonidan bo’zilishi natijasida sanoat korxonasi moddiy zarar ko'rsa, ana shu zararning bir qismi yoki
hammasi aybdor shaxs tomonidan to'lanishi moddiy javobgarlik chorasiga kiradi.
Moddiy javobgarlik asosan ikki xil tartibda: chegaralangan moddiy javobgarlik va to'liq
moddiy
javobgarlik tartibida belgilan-ishi mumkin. Chegaralangan moddiy javobgarlikka ishchi yoki
xizmatchidan sanoat korxonasiga yetkazilgan zararni ma'muriyat tartibida buyruqqa asosan oyligidan
undirib olinadi. Lekin bunda, avvalo aybdor shaxsning roziligi bo'lishi shart, ikkinchidan, undirib
olinadigan miqdor umuman ishchining yoki xizmatchining o'rtacha oyligidan oshib ketmasligi va har
oyda undiriladigan pul miqdori esa ishchi yoki xizmatchining oladigan oyligining uchdan
bir qismidan
oshmasligi kerak.
To'liq moddiy javobgarlik jinoyat sodir bo'lgan taqdirda va aybdor jinoiy ish qilgan bo'lsa, uni jinoiy
javobgarlikka tortish bilan bir qatorda, sanoat korxonasiga keltirilgan moddiy zararni ham to’liq
qoplashga majbur qilinadi. Bunday javobgarlik qarorlarini tuman yoki shahar sud organlari
151
(ma'muriyatning talabiga asosan) chiqaradi. Bu holda ma'muriyat tomonidan aybdorning haqiqatan ham
aybdor hujjatlar ko'rsatilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: