155
alkogol ichimliklar) qabul qilish ta’siridagi ruhiy o‘zgarishlar ko‘rinishlarida bo‘ladi.
Paroksizmal holat – turli xil toifadagi hushdan ketish (bosh miyaning organik kasallanishi, epilepsiya,
hushdan ketish), уa’ni bir necha sekunddan bir necha daqiqa oralig‘ida hushni уo‘qotishdir. Albatta,
bunday holat turli xil og‘ir oqibatlarga olib keluvchi, ba’zida o‘lim bilan tugovchi baxtsiz hodisalarga
sabab bo‘lishi mumkin.
Psixogen o‘zgarishlar va «affektiv» (affekt-hissiy portlash,emotsional portlash) holatlar ruhiy ta’sir
orqali yuzaga keladi. Kayfiyatning tushishi va apatiya bir necha soatdan bir necha oygacha davom etishi
mumkin. Albatta, bunga turli xil ko‘ngilsiz hodisalar, ixtilofli, mojaroli vaziyatlar sabab bo‘ladi. Bunday
holatda befarqlik, lanjlik, lohaslik,tormozlanganlik, e’tiborsizlik, muskul harakatining susayishi sodir
bo‘lishi yazaga ke1adi va bu holatlar o‘z-o‘zini nazorat qilish qobiliyatini susayishiga, natija esa turli
ko‘rinishdagi baxtsiz hodisalarni kelib chiqishiga olib kelishi mumkin Xafa bo‘lish, haqoratlanish,
ishlab chiqarishdagi muvaffaqi- yatsizlik oqibatida esa effektiv holat yuzaga keladi. Insonda, effektiv
holat vaqtida fikrlash-tafakkurlashning psixogen (emotsi-onal) torayishi kuzatiladi. Bunda harakatning
tezligi, agressivligi va qo‘polligi ortadi. Ruhiy aktiv vositalar, ya’ni dori-darmonlar va alkogol
ichimliklarni qabul qilish ham ruhiy holatni salbiy o‘zgarishiga olib keladi. Ruhiy aktiv vositalarga:
stimulyatorlar (pervitin fenamin) va trankvilizatorlar (seduksen, elenium) kiradi. Ushbu dorilar
asabiylashishni kamayti-rib, xotirjamlikka olib kelish bilan bir qatorda, ruhiy aktivlikni kamaytiradi,
геаksiya tezligini susaytiradi, apatiya va uyqusirashga sabab bo‘ladi. Bu esa, mehnat faoliyati davrida
уo‘1 qo‘yib bo‘lmaydigan xatolarga sharoit tug‘diradi hamda baxtsiz hodisalarni keltirib chiqaradi.
Ruhiy faoliyatni maishiy va ishlab chiqarish omillari ta’sirida o‘zgarishi ishlab chiqarish faoliyatidagi
muhandistashkilotchilar oldiga ishchining ruhiy holatini nazorat qiluvchi tizimni vujudga keltirish
hamda takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi. Jismoniy zo‘riqishlar
statik,dinamik va giperdinamik holda bo‘lishi mumkin. Asabiy zo ‘riqish esa kuchli aqliy mehnatdan,
mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishda bo‘lishidan, kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir
bo‘ladi.
Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina holatlarda ushbu faktorlar umumlashgan holda uchraydi. Ishlab
chiqarishda baxtsiz hodisalarning oldini olish zararli va xavfli faktorlarning ta’sir daraja-sini susaytirish
maqsadida texnologik jarayonlarni to‘liq mexaniza-tsiyalashtirish, avtomatlash-tirish va ish joylarini
germetiklashtirish, ishlab chiqarish xonalarida yoritilganlik, shovqin, titrash darajalarini hamda
mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yor-lashtirish, ishchilarni maxsus kiyim-boshlar va shaxsiy himoya
vositalari bilan ta’minlashni o‘z vaqtida amalga oshirish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: