Signal vositalari
.
Yong'inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o'z vaqtida aniqlash va
yong'in kuchayib ketmasdan oldin unga qarshi kurash chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunda aloqa
vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Shuning uchun sanoat korxonalarida
aloqaning eng ishonchli vositasi hisoblangan umumshahar telefon aloqasi to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish
komandalari bilan bog'langan bo'ladi. Avtomat telefon stansiyalarida o't o'chirish komandasini
01
telefon
nomerini terib chaqiriladi.
Sanoat korxonalarida yong'in bo'lganda odam ishtirokisiz, yong'in haqidagi xabarni dispetcher xizmatiga
yoki to'g'ridan-to'g'ri o't o'chirish komandasiga yetkazish juda ma'quldir. Bunda yong'in haqidagi xabarda,
yong'in bo'layotgan joy ko'rsatilganligidan o't o'chirish komandasi tez fursatda yetib boradi. Hozirgi vaqtda
ishlatiladigan EPS yong'in signalizatori ishonchli hisoblanadi.
Bu tizimlarning ba'zi birlari avtomatik o't o'chirish vositalar bilan ta'minlangan, shuning uchun bunda
yong'in haqida signal berish bilan birga muhofazalanayotgan binodagi yong'inni o't o'chirish komandasi
kelguncha o'chirish ham mumkin.
EPS signal tizimi xabar beruvchi va xabar qabul qilish stansiyasi (kommutator), energiya manbai, ovoz
hamda yorug'lik signali-zasiyalaridan tashkil topgan. Bu tizim ikki xil usulda o'rnatilishi mumkin. Nursimon
usulda har bir xabar beruvchi tizim, qabul qilish stansiyasi bilan ayrim sim orqali to'g'ridan-to'g'ri ulangan.
Har bir nur ikkita: borish va qaytish simlaridan tashkil topgan. Qabul qilish stansiyasi o'zining tuzilishi
jihatidan telefon stansiyasiga o'xshaydi. Nursimon tizim puxta va ishonchli bo'lib, bir vaqtni o'zida hamma
nurlardan axborot qabul qila oladi. Yagona kamchiligi unga nihoyatda ko'p miqdorda sim sarflanadi.
Yuqorida keltirilgan yong'inga qarshi elektr signalining ahamiyatli tomoni shundaki, uning tarmoqlari
orqali elektr toki muntazam o'tib turadi. Shuning uchun ham uning barcha qismlarining puxta ishlayotganligini
doimo nazorat qilib turish mumkin. Bu esa, o'z navbatida, yong'in haqidagi xabarni o'z vaqtida yetib borishini
ta'minlaydi.
Yong'in haqidagi ma'lumotni xabar beruvchi qurilma qabul qilib oladi va unda issiqlik energiyasi elektr
energiyasiga aylantirilganligi sababli qabul qilish stansiyasiga simlar orqali ma'lumot yuboriladi. Ba'zi bir
tizimlarda bu ma'lumotlarni uzatish bilan cheklanmasdan, balki o't o'chirish vositalarini ishga tushirish ham
avtomatik ravishda amalga oshiriladi. Xabar beruvchi qurilmalar ishlash tamoyiliga qarab qo'l bilan
harakatlantiriladigan va avtomatik ravishda ishlaydigan turlarga bo'linadi. Qo'l bilan harakatlantiriladigan
xabar beruvchi qurilmalar sanoat korxonalari sexlarida maxsus o'rnatilgan knopkalarni bosish bilan bajariladi.
Avtomatik xabar berish qurilmalari (AXB) tashqi muhitning ba'zi bir parametrlarni, masalan,
haroratning ko'tarilishi, tutun paydo bo'lishi va alanga ko'tarilishi natijasida hosil bo'ladigan o'zgarishlar
asosida ma'lumotlarni qabul qiladi. Avtomatik xabar berish qurilmalari qaysi omilga qarab ma'lurnot
berishidan kelib chiqqan holda qo'llaniladi. Issiqlik orqali xabar berish qurilmalari yong'indan paydo
bo'ladigan issiqlikni qabul qiladi, tutun xabarchisi tutunga bog'langan bo'ladi, alangani yorug'lik xabarchisi
qabul qiladi, aralashma xabarchilar tutun va alanga yoki tutun va issiqlik asosida qurilgan bo'lishi
mumkin.(9.2-rasm). Avtomatik xabarchilar uning ishlash tamoyili nimaga asoslan-ganligi jihatidan bimetall,
termoparalarga yoki yarim o'tkazgichlarga asoslangan bo'ladi. Issiqlik xabarchilari ishlash xossalariga qarab,
maksimal, differensial va maksimal-differensial turlarga bo'linadi.
95
13.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |