Guruhda ishlash bosqichi: 3.1. Talabalarga instruktaj turlari tarqatma material sifatda beriladi.
3.2. Instruktaj turlari bo`yicha jadval to`lg`aziladi.
3.3. Barcha talabalar bahs munozaraga kirishadi.
3.4. Umumiy hulosalar chiqariladi va to`g`riligi tekshiriladi.
O`qituvchi talaba, 40 minut
4
Mustahkamlash va baholash bosqichi: 4.1.Berilgan ma'lumotni talabalar tomonidan o`zlashtirilganini aniqlash uchun quyidagi savollar beriladi:
«Aqliy hujum» metodi nima?
«Aqliy hujum » metodidan kutilayotgan natijani ayting.
«Aqliy hujum» metodining bosqichlarini ayting?
«Aqliy hujum» metodining qanday avzallik va kamchiliklar mavjud?
4.2.Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.
O`qituvchi 15 minut
5
O`quv mashg`ulotini yakunlash bosqichi: 5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O`qituvchi o`z faoliyatini tahlil qiladi va tegishli O`zgartirishlar kiritadi.
O`qituvchi 10 minut
Ishning maqsadi: “Aqliy hujum” metodi haqida o`qituvchilarning bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Talaba seminar mashg`uloti davomida quyudagilarni o`rganadi: Kutilayotgan natija: “Aqliy hujum” metodini dars jarayonida ko`llay oladi.
Aqliy hujum-g`oyalarning generastiya (ishlab chiqish) qilish metodidir.
“Aqliy xujum” metodi biror muammoni echishda o`quvchilar tomonidan bildirilgin erkin fikr va mulohazalarni to`plab, ular orqali ma'lum echimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy hujum metodining yo zma va og`izaki shakllari mavjud. Og`zaki shaklida o`qituvchi tomonidan berilgan savolga o`quvchilarning har-biri o`z fikrini og`izaki bildiradi. O`quvchilar o`z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.Yozma shaklida esa berilgan savolga o`quvchilar o`z javoblarini qog`oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko`rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki penbord doskasiga ignalar yordamida mahkamlanadi. “Aqliy xujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo`yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to`g`ri va ijobiy qo`llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o`rgatadi.
Aqliy hujum metodidan foydalanilganda o`quvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo`ladi, shu jumladan o`quvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. O`quvchilar o`z fikrini faqat og`zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko`nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi o`quvchilarda turli g`oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod o`quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
“Aqliy hujum” metodi o`qituvchi tomonidan qo`yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1.o`quvchilarning boshlang`ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo`yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.
2.Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog`lash maqsad qilib qo`yilganda-yangi mavzuga o`tish qismida amalga oshiriladi.
3.O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo`yilganda-mavzudan so`ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.