Bo`r doska
Bo`r doska eng qadimgi, arzon va boshqalarga nisbatn ko`proq ishlatiladigan vosita hisoblansa kerak. Manna ko`p yillardirki, u nazariy va Amaliy darslarda qullaniladigan texnik vosita hisoblanadi.
Bugungi televizorlar va kompyuterlar dunyosida doska sinfdagi eng ishonchli va ko`proq qo`llaniladigan o`quv vositasidir.
Doskadan nima mAqsadlarda foydalaniladi?
Nazariy darsda bilimlarda dam-badam ishlab chiqish uchun
Dalillar, tushunchalar, tamoyil va usullarni namoyish qilish uchun
Ma'lumotlarni taqdimot qilishuchun
Mavzu yoki holatni fniq vaziyatlarda namoyish qilish uchun
Yozuvlar yozish uchun
Asosiy punktlarni tushuntirish uchun
Rasm va grafiklarni ko`rsatish uchun
Matematik amallarni bajarish uchun
Diqqatni jalb qilish uchun
Doskadan foydalanishdagi kamchiliklar:
Doskaga diqqat Bilan yozish o`qituvchidan doskaga qarashini talab qiladi, buning uchun u o`quvchilarga orqAsi Bilan o`girilishga majbur
Doskadagi yozuv (tasvir) SAqlanishi mumkin emas va shuning uchun uni qayta qo`llash mumkin emas
Doskaga yozish ko`p vaqtni talab qiladi
Flipchart
Flipchart doskaga juda o`xshashligiga qaramasdan, ko`pgina farqLar ham mavjud. Flipchartning eng asosiy qulayligi-bu matnni o`chirmasdan yozib ketaverish imkoniyatining borligi, ya'ni joy etishmasligidan yozilgan yozuvlarni o`chirishga hojat yo`q, faqat etarlicha qog`oz bo`lishi talab etiladi.
Shunday qilib, barcha fikr-mulohazalarni SAqlash mumkin, hatto bir necha haftalik tanaffusdan so`ng bu qog`ozni Yana osib qo`yish va munozarani davom ettirish mumkin. Flipchartning boshqa qulayligi sinfdagi devor yoki doskaga birin ketin hamma varaqlarini yopishtirish imkoniyati qisoblanadi. Butun guruh ishining natijalarini bir paytda ko`rish, taqqoslash va SAqlab qolishning bunga teng boshqa imkoniyati yo`q.
Flipchartdan nima maqsada foydalaniladi?
Guruhiy baxs-munozaralarning natijalarini saqlash va ularni kelajakdagi tadbirlarda ishlatish uchun;
Jarayonning bosqichlarini khrsatish uchun;
Taqdimotni tashkillashtirish uchun;
Turli masalalar bo`yicha asosiy qismlarni ajratib ko`rsatish uchun;
Flipchartning boshqa qulayliklari:
Doskani boshqa joyga siljitish mumkinligi foydalanishninsh qulayligi;
O`zgaruvchanligi (varaqlarni olib quyish va yopishtirib qo`yish mumkin);
Turli ranglardagi markerlardan foydalanish mumkin, bu o`z navbatida o`quvchilarning diqqatini jalb etishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |