Kasb ta’limi bo‘yicha o‘zlashtirishni baholash mezonlari
O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalariga o‘qituvchi, ucha besh balli usul bo‘yicha baho qo‘yadi. Baho qo‘yishning besh balli usulini amalga tatbiq etishda so‘zlar bilan ifodalanadigan «a’lo», «yaxshi», «qoniqarli», «yomon», «juda yomon» degan baholarni «5», «4», «3», «2», «1» raqamlari bilan almashtirish maqsadga muvofiq deb topilgan. Raqamli baholash ko‘proq aniqligi, puxtaligi va foydalanish uchun qulayligi bilan farq qiladi.
Ko‘pincha ucha va o‘qituvchilar o‘quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi (kechikib kelishi, mashg’ulotlarga kelmay qolishi, dars vaqtida gaplashib o‘tirishi va hokazolar) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo’l qo‘yadilar. Bu o‘rinda ucha va o‘qituvchi tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning boshqa vositalaridan foydalanilishi lozim.
+uyidagi baho mezonlari belgilab chiqilgan:
O‘quv materialini butun tavsilotlari bilan bilish va tushunish, materialni izchil, mantiqan bog’langan holda xatosiz bayon etish, hisob-kitob va grafika ishlarini namunali bajarish, mehnat topshiriqlarini bajarish vaqtida olingan ilmiy-texnikaviy bilimlarni muchaqil, dadil va to‘g’ri tatbiq etish, mehnat usullarini to‘g’ri bajarish (mehnat va hunar ta’limi dachurining talablari doirasida), texnikaviy talablar doirasida sifat ko‘rsatkichlariga rioya qilish, ishni’vaqt normasi doirasida bajarish «5» baho bilan baholanadi.
«4» baho butun o‘quv materiallarini bilishi va tushunishi, uni og’zaki va yozma ravishda to‘g’ri bayon etishi, hisob-kitob va grafika ishlarini to‘g’ri va puxta bajarishi, olingan bilimlardan oquv-mehnat topshiriqlarini, berilgan ishni o‘z vaqtida bajarilganligi uchun qo‘yiladi.
» «3» baho o‘quv dachuridagi asosiy materialni bundan keyingi o‘quv-mehnat vazifalarini bajarishga imkon beradigan hajmda bilishi va tushunishi, o‘quv materialini birmuncha xato va kamchiliklar bilan, o‘qituvchining ozgina yordami orqali sodda qilib bayon etishi, mehnatni tashkil etishda biroz kamchiliklar bo‘lgan holda belgilangan vaqt normasini 75% bajargani uchun qo‘yiladi.
«2» balli baho programma materialining ko‘p qismini yaxshi tushunmaslik, uni qo‘pol xatolar bilan bayon qilish, hisob-kitob va grafika ishlarini etarli darajada bajarmaslik, olingan bilimlarni xatolarga yo’l qo‘yib tatbiq etish, mehnat operatsiyalarini ko‘p xatolar bilan bajarish, mehnatda belgilangan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlay olmaslik uchun qo‘yiladi.
Butun o‘quv dachuri materialini bilmaslik va tushunmaslik, o‘tilgan materialni bayon qilib bera olmaslik, olingan bilimlardan amalda foydalana bilmaslik, mehnat usullarini qo‘llay olmaslik, brakka yo’l qo‘yish uchun «1» baho qo‘yiladi.
Baholashni tarbiyaviy rolini oshirish masalasi diqqatga sazovordir. Shu munosabat bilan ucha, o‘qituvchilar qo‘ygan baholarini izohlab berishi muhimdir. Bu hoi o‘quvchilarga o‘z bilimlaridagi kamchiliklarini, amaliy ishlaridagi nuqsonlarini bilib olishlariga yordam beradi. Baholashni muntazam izohlab borish ularning ta’limiy rolini oshiradi.
Kasb ta’limida reyting usuli baholashning eng zamonaviy usuli
Fanlar va ixtisosliklar bo‘yicha ta’lim chandartlarida o‘quvchilar o‘zlashtirish bilimi, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan eng minimal talablari belgilangan.
O‘zbekicchon va boshqa xorijiy davlatlar o quv muassasalarining tajribasi o‘qitish sifatini va o‘quv jarayonining xilma-xil boshqa ko‘rsatkichlarini baholashda va unga obektiv yondashishda baholashning reyting tizimi eng zamonaviy usul ekanligini ko‘rsatmoqda. CHunki hozirgi kunda ko‘p o‘qituvichlar o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini belgilash, ya’ni aniqlashda ma’lum darajada xatoliklarga yo’l qo‘yib kelmoqda.
O‘zbekichon Respublikasida «Ta’lim to‘g’risida»gi «Kadrlar tayyorlash Milliy dachuri to‘g’risida»gi +onunlaming qabul qilinishi ta’lim borasida olib borilayotgan tub islohatlarni amalga oshirishga huquqiy asos yaratdi.
O‘zbekichon Respublikasi Vazirlar Mahkamasini 1998-yil 13-maydagi «0’zbekichon Respublikasida O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlar to‘g’risida»gi 204-sonli +arorining 7-bandiga asosan «Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilarni bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarining nazorat qilishning reyting tizimi to‘g’risi»dagi Nizomini ishlab chiqish hamda joylarda joriy qilish, kasb-hunar kolleji va akademik litseylarda ta’lim-tarbiya oluvchi o‘quvchilarning bilimini haqqoniy baholash, bilim va kasbiy ko‘nikmalar olishga jonkuyarlik hissini o‘yg’otish, o‘quvchilarda o‘qishga intilishga, o‘zaro bellashish muhitini shakllantirish zarurligi ko‘rsatilgan va bu Nizom ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etildi. Xuddi shunday Nizom umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarining bilimini baholash uchun ham joriy etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |