2. Maktabgacha tayyorlov guruh bolalarini savodga o‗rgatishda
multimedia texnologiyalarini tatbiq etish.
Maktabgacha tayyorlov guruhlari
bolalarini savodga o‗rgatishda multimedia texnologiyasidan foydalanish, asosan
uch tomonlama amalga oshiriladi.
1.
Kompyuter va uning dasturlari yordamida didaktik vositalar
tayyorlanadi hamda Internet va masofali ta‘lim ashyolaridan foydalaniladi.
2.
Kompyuter ishtirokida bevosita dialog metodi asosida bolalarga yangi
material o‗rgatiladi. Shuni ta‘kidlash kerakki, 6-7 yoshli bola kattalar kabi
kompyuterda ishlashga qodir emas. Shuning uchun, MTMlarda yangi materialni
28. Adilova S. Multimedia va ularni ta`lim jarayonida qo‘llash // Pedagogikta`lim-T.: TDPU, 2001. № 2.
-B. 20-21.
o‗rganishda bevosita dialog metodidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bu
holda kompyuter didaktik vosita manbai rolini o‗ynaydi.
3.
Bilvosita dialog – virtual axborot muhitida kompyuter bilan dialog
asosida multimedia texnologiyasi amalga oshiriladi. Bunda material bolalar
tomonidan mustaqil o‗rganiladi, o‗tilgan material mustaqil takrorlanadi,
mashqlar mustaqil bajariladi, multimediali kompyuter o‗yinlari mustaqil amalga
oshiriladi va bola mashqlarni, komyuter qo‘ygan vazifalarni, o‗yinlarni takror-
takror bajarib, qo‗yilgan mashg‘ulot maqsadiga erisha oladi. Bu holda
multimedia texnologiyasidan foydalanganda kompyuter ta‘lim manbai rolini
o‗ynaydi. Maktabga tayyorlov guruhlarini savodga o‗rgatishda multimedia
texnologiyasidan foydalanishning asosiy va yetakchi shakli mashg‘ulotdir.
Mashg‘ulotlar «Bolajon» dasturi asosida, belgilangan rejalar asosida olib
boriladi. Yangi mashg‘ulotlarni o‗rgatishga qaratilgan, tekshiruvchi - sinovchi,
majmuaviy «sayohat» yoki «ekskursiya» va «kompyuterli o‗yin» shakllariga
bo‗linadi.
Mashg‘ulotning o‗yin shakli.
Tarbiyachi-pedagog bolalarni kompyuter ro‗parasiga joylashtiradi.
Kompyuter xotirasiga joylashtirilgan materiallarni monitor ekraniga
chiqaradi. Bolalarning diqqati ekranga chiqqan materialga qaratiladi. Tarbiyachi
va bolalar o‗rtasida dialog (savol-javob) boshlanadi. Bolalar tarbiyachi
(pedagog) bergan topshiriqni mustaqil bajaradi. O‗rganilgan material
mustahkamlanadi. Bolalarning mashg‘ulot davomida olgan bilimi baholanadi.
O‗rganilgan material bo‗yicha uyga topshiriq beriladi.
Mashg‘ulot
mazmuni.
Multimedia
texnologiyasidan
foydalanib
o‗tkaziladigan mashg‘ulotlar kompyuter texnologiyasiga asoslanadi. Shuning
uchun, multimedia texnologiyasiga asoslangan mashgulotlarni kompyuter
mashg‘uloti, deb ham atash mumkin. Kompyuterli mashg‘ulotlarning aksariyati
birlashgan mashg‘ulotlar shaklida o‗tkaziladi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, mashg‘ulot davomida tarbiyalanuvchilarning
kompyuter oldida 15 daqiqadan ortiq o‗tirishi mumkin emasligi e‘tiborga
olinishi kerak. Shuni ta‘kidlash kerakki, «Maktabgacha yoshdagi bolalar ta‘lim-
tarbiyasiga qo‗yilgan Davlat talablari»da ham bolaning kompyuterda
shug‘ullanishi 15-20 daqiqa etib belgilangan. 15 daqiqaga rejalashtirilgan
material o‗tib bo‗lingach, 15-20 daqiqali oraliq bosqichi o‗tkaziladi.
Ushbu oraliq bosqichida tarbiyalanuvchilarning toliqishini hisobga olib,
kompyutersiz amalga oshiriladigan mashg‘ulot o‗tkaziladi. Kompyutersiz
o‗tkaziladigan ushbu oraliq mashg‘ulotlarda, mavzuga tegishli og‘zaki savol-
javoblar, topishoqlar, turli mazmundagi o‗yinlar, amaliy tadbirlar (masalan,
qaychi bilan harflar qirqish, qog‘ozda yozishga o‗rgatish) o‗tkaziladi.
Shuningdek, she‘r, ashula aytiladi va jismoniy mashqlar bajariladi. Jumladan,
ko‗z toliqishini bartaraf etuvchi ko‗z gimnastikasi - bir necha daqiqa davomida
ko‗zni ochib yumish, xonaning burchaklariga navbatma-navbat nazar tashlash
kiradi. Oraliq bosqichdan so‗ng yana 15 daqiqali asosiy mashg‘ulot davom
ettiriladi.
Yangi bilim berishda bevosita dialog metodidan foydalanishni maktabga
tayyorlov guruhlari bolalarining yoshlari (6-7), ularning fikrlash darajalari va
boshqa xususiyatlarini e‘tiborga olishni taqozo etadi. Bevosita dialog metodidan
foydalanilgan holda kompyuter didaktik vositalar manbai rolini o‗ynaydi.
Virtual akxorot muhitida kompyuter bilan (bilvosita) dialog metodining
algortmi:
1.
Kompyuter bola (tarbiyalanuvchi)ga - topshiriq, savol, mashqni
bajarish yoki o‗yinni bajarishni buyuradi.
2.
Bola (tarbiyalanuvchi) topshiriqni bajaradi.
3.
Kompyuter topshiriq bajarilishining to‗g‘ri yoki noto‗g‘riligini
bildiradi.
4.
Noto‗g‘ri bo‗lsa, takroriy bajartiradi.
5.
Kompyuter bolaning bilimini baholaydi.
Kompyuterda ishlovchi bola mashqlarni va kompyuter qo‗ygan
vazifalarni, o‗yinlarni takror-takror bajarib, maksadiga erisha oladi, chunki
kompyuter - «bag‘ri keng» va «toqatli, sabrlidir». Bola xato qilgan taqdirda ham
xatoni o‗zi tuzatgunga qadar hech kim unga tanbeh bermaydi. Ammo bolalar
kompyuterda mustaqil ishlagan hollarda ham ularning harakatlari doimo
tarbiyachi nazoratida bo‗ladi.
Bevosita dialog asosida o‗tkazilgan mashg‘ulotda 15 daqiqa uzluksiz
monitor ekraniga qaragan va bolalar kompyuterdan uzoqroq «sichqoncha» va
klaviatura kabellarining uzunligi masofasida joylashgan holda bolalarning 95
foizi 15-20 daqiqadan so‗ng toliqishlari yo‗qolganini bildirdilar. Multimediali
kompyuter texnologiyasining ta‘lim-tarbiya berish metodikasini bayon qilishdan
oldin uning quyidagi ikki jihatiga e‘tibor berish kerak:
1)
agar u yoki bu multimedia vositasi tarbiyalanuvchilarga bayon etib
borilmasdan namoyish etilsa, u oddiy multfilm bo‗lib qoladi.
2)
agar tarbiyachi multimedia vositasini namoyish etish davomida uni
tahlil etib (tushuntirib, bayon etib) borsa, ta‘lim jarayonini aks ettirib,
multimedia texnologiyasiga aylanadi.
Agar MTMdagi kompyuterlar soni 5-6 dan ortiq bo‗lsa, mashg‘ulot
frontal ravishda, bitta bo‗lsa, undan navbatma-navbat foydalanilgan holda
o‗tkaziladi. Bunday holda taklif etilgan birinchi tarbiyalanuvchi tarbiyachi
tomonidan berilgan savolga to‗g‘ri javob bera olmasa, ikkinchisidan so‗raladi.
Agar MTMlarda proyektor va ekran (yoki elektron doska) bo‗lsa, tarbiyachi
mashgulotni «kompyuter-elektron doska» usulidan foydalanib olib boradi.
15-20 daqiqali ikkinchi bosqichdan so‗ng, uchinchi bosqichda birinchi
bosqichda kompyuterdan foydalanib, o‗rganilgan materiallar savol-javob
asosida mustahkamlanadi va tarbiyalanuvchilarning bilimlari baholanadi.
Mashg‘ulot oxirida uyga vazifa beriladi. Tarbiyalanuvchilarga uyga beriladigan
topshiriqlar kundalik turmushda uchraydigan masalalardan bo‗lishi maqsadga
muvofiq.
Mashg‘ulotning texnologik xaritasi. Maktabga tayyorlov guruhlarida
mashg‘ulotlar garchi dars shaklida o‗tkazilmasa-da, tarbiyachi u yoki bu mavzu
materiali bo‗yicha o‗ziga mashg‘ulotning texnologik xaritasini tuzib olishi
kerak. Xaritada mashg‘ulot mavzusi, maqsadi va vazifalari, mashg‘ulot
mazmuni, mashg‘ulotni amalga oshirish texnologiyasi, kutiladigan natijalar,
kelgusi ishlar, uyga vazifalar aks etishi kerak
Do'stlaringiz bilan baham: |