Ekskursiya xizmati marshrutini tayyorlash ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib,
yuqori
malaka
talab
etadi
va
yangi
ekskursiya
mavzusini
tayyorlash
texnologiyasining asosiy elementi hisoblanadi. Avtobusli marshrutni tayyorlashda
«Yo‘l harakati qoidalari», «Avtomobil transporti nizomi», «Yo‘lovchilarni tashish
qoidalari» va boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qilinishi lozim.
Ekskursiya mavzusidagi roliga ko‘ra ob’ektlar asosiy hamda qo‘shimcha
bo‘lishi mumkin. Asosiy ob’ektlar chuqur tahlil qilinadi, ularda asosiy savollar
yoritiladi.
Qo‘shimcha
ob’ektlar
esa
ekskursantlar
bir
ob’ektdan
ikkinchisiga
harakatlanayotganida ko‘rsatiladi va u ko‘p e’tibor talab qilmaydi. Ekskursiya
xizmati marshruti ob’ektlarni ko‘rsatishning eng to‘g‘ri ketma-ketligi tamoyilida
tuziladi va quyidagi talablar inobatga olinadi:
ob’ektlarni ko‘rsatishni ma’lum bir mantiqiy ketma-ketlikda olib borish,
marshrutning bir uchastkasidan (ko‘cha, maydon, ko‘prik) takroriy harakatlanishiga
yo‘l qo‘ymaslik;
ob’ektlarni ko‘rsatish qulayligi (ko‘rish uchun maxsus maydonlar);
ob’ektlarni ko‘rsatish va hikoya qilish oralig‘ida uzoq tannaffus bo‘lmasligi
uchun ob’ektlar oralig‘idagi vaqt 10-15 daqiqadan oshmasligi;
qulay sharoitli to‘xtash joylarining mavjudligi, shu jumladan sanitar
ehtiyojlar va avtomobillarning parkovkasi uchun.
Ekskursantlar guruhi harakatlanishi uchun ekskursiya marshrutining bir necha
variantlari bo‘lgani ma’qul. Yo‘llardagi tirbandlik, ta’mirlash ishlari va shu kabi
kutilmagan holatlar sababli marshrutni o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
Avtobusli marshrutda uning pasporti va chizmasini kelishish, tasdiqlash,
kilometrajni va avtotransportdan foydalanish vaqtini hisoblash bilan yakun topadi.
Yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda marshrutni ko‘zdan kechirish muhim
bosqichlardan
biri hisoblanadi. Marshrutni ko‘zdan kechirishda quyidagi
masalalarga e’tibor beriladi:
1. Marshrut o‘tadigan trassalar, ko‘chalar, maydonlar loyihasi bilan tanishish;
97
2. Ob’ektni joylashgan o‘rnini, shuningdek, ekskursiya avtobusi yoki guruhi
to‘xtashi joylarini aniqlash.
3. Ob’ektlarda yoki to‘xtash joylarida avtobusda kelish yo‘llarini ko‘rib
chiqish;
4. Ob’ektlarni ko‘rsatishga, hikoya qilishga, avtobus harakatiga (piyodalar
harakatiga) sarflanadigan vaqtni hisob-kitob qilish va shu bilan ekskursiyaga
ketadigan to‘liq vaqtni aniqlash;
5. Ko‘rsatiladigan ob’ektlar maqsadliligiga ishonch hosil qilish;
6. Ob’ektlarni ko‘rsatish nuqtasi va guruhni qulay joylashtirish variantini
tanlash;
7. Ob’ekt bilan tanishish metodikasini tanlash;
8. Ekskursantlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida xavfli joylarni aniqlash va
chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |