Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Ekskursiya xizmatining asosiy va individual



Download 6,43 Mb.
bet58/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual
matnini tayyorlash

Matn ekskursiya xizmati tarkibiga kiruvchi barcha mavzuostilarni to‘liq

yoritish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar to‘plami hisoblanib, gid hikoyasini

mavzu bo‘yicha yo‘nalishini ta’minlashi, unda fakt va hodisalarga nisbatan aniq

nuqtai nazarlar shakllangan bo‘lishi kerak. Matn quyidagi talablarga javob berishi
lozim:

-
-
-


-
-

qisqa va lo‘ndaligi;


fikrlar aniqligi;
mavzuga oid axborotlarning yetarliligi;

mavzu to‘liq yoritilganligi;


mavzu oid axborotlar adabiy tilda berilganligi.
78

Ekskursiya xizmati matni ijodiy guruh tomonidan yangi mavzuni tayyorlashda

tuziladi va nazorat funksiyasini bajaradi. Har bir gid o‘z hikoyasini ushbu matn
asosida (asosiy matn) tayyorlaydi.

Asosiy matndagi ma’lumotlar ko‘p hollarda xronologik tartibdagi mazmunga

ega bo‘ladi. Bu matn ekskursiya xizmatining tartibini aks ettirmaydi va ekskursiya

ob’ektlarini marshrutdagi tahlil qilinishi ketma-ketligida ham tuzilmaydi. Asosiy

matn turli manbalardan tanlab olingan ma’lumot bo‘lib, ushbu mavzu bo‘yicha

o‘tkaziladigan barcha ekskursiya xizmatlari uchun asos bo‘ladi. Asosiy matndagi

holatlar va xulosalardan foydalanib, gid o‘zining individual matnini tuzadi. Asosiy

matn ma’lumotlaridan shu mavzudagi boshqa ekskursiya xizmatlarini tayyorlashda,


turli toifadagi ekskursantlar (bolalar va kattalar) xususiyatlaridan kelib chiqqan
holda foydalanish mumkin.

Asosiy matnga gid hikoyalari uchun zarur bo‘ladigan ma’lumotlardan

tashqari, kirish so‘zi, ekskursiya mavzusi bo‘yicha xulosalar, mantiqiy o‘tishlar

uchun ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Asosiy matn foydalanishga qulay

bo‘lishi, sitatalar, raqamlar va misollar manbalari ko‘rsatilishi kerak.
Ekskursiya hikoyasining asosi gidning individual matni hisoblanib, u gidga
hikoyani mantiqiy, aniq ketma-ketlikda tuzishga yordam beradi. Bunday matnni har

bir gid o‘zi mustaqil tayyorlaydi.

Agarda asosiy matn puxta ishlangan bo‘lsa, individual matnlarning mazmuni

bir xil bo‘ladi, lekin nutqning turli jilosi, turli so‘zlar, hikoyadagi turlicha ketma-

ketlik, hatto bir holatni isbotlovchi dalillar har xil bo‘lishi mumkin. Tabiiyki,

barcha gidlar bir ob’ekt oldida turib, bir xil narsani hikoya qilishadi.

Asosiy matnni tuzishda yuqori malakaga ega bo‘lgan gidlardan iborat ijodiy
guruh jalb qilinadi. Shuning uchun, yangi ekskursiya xizmati mavzusini

tayyorlayotgan gid undan oqilona foydalanishi kerak. O‘zi uchun yangi bo‘lgan


ekskursiya mavzusini tayyorlayotgan gid ungacha butun bir jamoa mehnati bilan
yaratilgan natijaga erisha olmaydi. Gid yangi mavzu ustida ishlashda dastlabki

tayyorgarlikdan o‘tib bo‘lganidan so‘ng (ma’lumotlarni yig‘ish, o‘rganish va ishlov


79

berish) asosiy matn bilan tanishadi. Bu jarayon unga hikoya uchun ma’lumotlar va

mavzuostilarni yoritishda, misollar tanlashda, ekskursiya mavzusi bo‘yicha

umumiy xulosalarga kelishga yordam beradi. Asosiy mantga o‘z vaqtida murojaat


qilish boshlovchi gidni ekskursiya xizmatiga yuqori darajada tayyorgarligini

ta’minlaydi.


Individual matnning asosiy matndan farqi shundaki, u ekskursiya xizmati

tarkibiy tuzilishi va uslubiy ishlanmasi bilan to‘liq uyg‘unlikda tayyorlanadi.

Individual matnda ob’ektlarning ko‘rsatilishi tartibiga qarab ma’lumotlar taxlanadi

va aniq qismlarga bo‘linadi. Har bir qism bitta mavzuostiga bag‘ishlanadi. Ushbu


talablardan kelib chiqib, tuzilgan individual matn ekskursiya xizmatida hikoya
qilish uchun tayyor hisoblanadi. Individual matn mazmuni ekskursiya xizmatida

nimani hikoya qilish kerak bo‘lsa, shundan tarkib topadi. Tarixiy voqealarni

yoritishda, ularning ahamiyatliligini baholashda qisqartirishlar bo‘lmasligi, faktlar
sanalarsiz, manbalarga havolasiz berilishi mumkin emas. Bu xildagi matn notiq

nutqining o‘ziga xosligini ta’minlaydi. Gidning hikoyasi ko‘rilayotgan ob’ektlar



bilan bog‘langan alohida qismlardan iborat. Bu qismlar har
bir mavzuostilar

bo‘yicha xulosalar va mavzuostilar orasidagi mantiqiy o‘tishlar bilan birlashtiriladi.

Individual matn tuzayotgan gid o‘z nutqidagi mantiqiylikni, ekskursantlarga

hikoya va namoyishning uyg‘unlikdagi ta’sirini unutmasligi kerak. Ekskursantlarga

ma’lumotlarni jonli qilib yetkazish ko‘ngilochar harakatlarga aylanmasligi,

maksimal o‘rganish va minimal ko‘ngil ochish formulasiga rioya etish zarurdir.

Ekskursiya mavzusini tayyorlash jarayonida rivoyatlar alohida o‘rin tutadi va

ulardan me’yorida foydalanish talab etiladi.
Mazmunan har ikki matn ham (asosiy va individual) bir-biriga mosdir. Agarda

asosiy matn to‘g‘ri tuzilsa, ushbu mavzudagi barcha gidlarning individual

matnlarida «standartlar» mavjud bo‘ladi (mazmuni bir xil, tarixiy faktlar,

voqealarni baholashda, faktlar va xulosalarda o‘xshashliklar kuzatiladi).

Biror bir ob’ektni tahlil qilishda gidlar bitta narsani ko‘rsatadilar va hikoya
qiladilar. Bu jarayonda asosiy matnning etalonligi seziladi, lekin bir xil
80

mazmundagi matnda gid nutqning turli jilosidan foydalanishi, faktlar, raqamlar,


misollarni turlicha ketma-ketlikda berish mumkin. Ekskursiya mavzusining

individualligi uni olib borayotgan gidning hissiyotlilik darajasida namoyon bo‘ladi.

Ular ob’ektning oldida turib hikoya va ko‘rsatishning turli usullarini qo‘llashlari,

ma’lum bir holatni turli misollar bilan yoritishlari mumkin. Matnni yozishda

individuallik bo‘lishi maqsadlidir.


Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish