4-mavzu. EKSKURSIYA XIZMATINI TAYYORLASH
TEXNOLOGIYASI
4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
4.2. Ekskursiya xizmatining maqsadi, vazifasi va mavzusini aniqlash
4.3. Ekskursiya xizmati ma’lumotlari uchun manbalar izlash
4.4. Ekskursiya xizmatining asosiy va individual matnini tayyorlash
4.5. «Gid portfeli» ni tahlash
4.1. Yangi ekskursiyani tayyorlash jarayoni
Yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini tayyorlash murakkab jarayon bo‘lib,
butun bir ishchi jamoaning faol ishtirokini talab qiladi. Bo‘lajak ekskursiya
xizmatining mazmuni, uning ilmiy ahamiyati uslubchi va gidlarning bilimi,
salohiyati, ularning pedagogika va psixologiya asoslarini amaliy o‘zlashtirganlik
darajasiga, auditoriyaga ta’sir ko‘rsatishning eng samarali usullarini tanlay olish
ko‘nikmalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Ekskursiya xizmati – bu ikki
muhim jarayon, ya’ni uni tayyorlash va o‘tkazish natijasi bo‘lib, o‘zaro bir-biri
bilan bog‘liq, bir-birini to‘ldiruvchidir. Puxta tayyorgarliksiz ekskursiya xizmatini
yuqori sifatda o‘tkazib bo‘lmaydi. Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlashda ikkita
asosiy yo‘nalishni ajratish mumkin:
- yangi mavzudagi ekskursiya xizmatini ishlab chiqish;
- endigina o‘z ishini boshlayotgan gidni tayyorlash (yoki ushbu mavzu bu gid
uchun yangi bo‘lishi mumkin).
Yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash ijodiy guruhga topshirilib, uning
tarkibida mavzuning murakkabligiga qarab 3-7 nafar gid kiradi. Ko‘pincha
maslahatchi sifatida turli soha mutaxassislari, muzey ilmiy xodimlari, OTM va
o‘rta maktab o‘qituvchilari, shuningdek, boshqa mutaxassislar ham taklif etilishi
mumkin. Odatda ijodiy guruhning har bir qatnashchisiga ekskursiya xizmatining bir
72
bo‘limi, biron-bir mavzusi yoki mavzuning bir nechta kichik mavzuostilarini
tayyorlash topshiriladi. Mazkur ijodiy guruh ishining nazorati esa mas’ul rahbarga
topshiriladi.
Odatda yangi ekskursiya xizmatini tayyorlash 3 bosqichda amalga oshiriladi:
Dastlabki ishlar, ya’ni yangi ekskursiya xizmati mavzusi bo‘yicha
ma’lumotlar to‘plash, ekskursiya xizmati maqsad va vazifalarini aniqlash, shu bilan
bir vaqtda ekskursiya ob’ektlarini tanlash.
Bevosita ekskursiya xizmatini tayyorlash, ya’ni ekskursiya xizmati marshrutini
tuzish, ma’lumotlarga ishlov berish, ekskursiya xizmatining asosiy matnini yozish,
uni o‘tkazish uslubini aniqlash, ekskursiya ob’ektini ko‘rsatish va hikoya qilishning
eng samarali usullarini tanlash, gidlar tomonidan individual matnni tayyorlash
jarayonini o‘z ichiga oladi.
Yakuniy bosqich, ya’ni, sinov ekskursiyasini o‘tkazish. Ekskursiya muassasasi
rahbari tomonidan yangi ekskursiya xizmatini tasdiqlash, mavzuni himoya qilgan
gidlarga ushbu ekskursiya xizmatini o‘tkazishga ruxsat berish jarayonlari kiradi.
Ekskursiya xizmatini o‘tkazish tartibi uning mavzusi, turi va o‘tkazish
shaklidan qat’iy nazar bir xil bo‘ladi: tanishuv qismi, asosiy qism va yakuniy qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |