Fanidan O’quv – uslubiy majmua


Turni amalga oshirishning tashkiliy va boshqaruv masalalari



Download 6,43 Mb.
bet42/237
Sana23.01.2022
Hajmi6,43 Mb.
#403269
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   237
Bog'liq
ekskursiya xizmatini tashkil qilish

5. Turni amalga oshirishning tashkiliy va boshqaruv masalalari. Bu
jarayondan turistlar gidning malakasiga, xizmatlar, harajatlar qay darajada

ishonchni oqlaganiga baho beradilar. Marshrut jarayonida gid ob’ektlar haqida

ilhomlanib, g‘ururlanib hikoya qilishi kerak. Quruq yodlab olingan ilmiy matnni

o‘qish ma’ruza qilayotganga o‘xshaydi. Gid o‘zining ruhiy kechinmalaridan kelib


chiqib, faktlarni tushunarli tilda hikoya qilsagina ekskursantlarda qiziqish

uyg‘onadi.

Turni tashkil etish kundalik brifing o‘tkazishni talab etadi, ya’ni gid turistlar

bilan guruhdagi vaziyatni, mahalliy aholi bilan o‘zaro munosabatni, servis va


taassurotlarni muhokama qilishi, yuzaga kelgan muammoni aniqlab, birgalikda

yechimini topishi kerak. Odatda ikki marotaba brifing o‘tkaziladi:


- ertalabki, nonushtadan keyin, unda gid guruhni oldinda kutayotgan

hodisalar, xavfsizlik choralari, yo‘ldagi sanitar to‘xtash joylari, marshrutda o‘zini

tutish qoidalari haqida qisqacha eslatib o‘tadi;
- kechki, ovqatdan keyin, unda kunning natijalari umumlashtiriladi, zaruriy

holatlarda o‘zgartirishlar kiritiladi, hudud to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar

beriladi(o‘lka tarixi, etnografiyasi, flora va faunasi).

Turistlar (ekskursantlar) bilan ishlaganda gid qat’iyatli bo‘lishi, kerak

bo‘lganda rad javobini ham bera olishi lozim. U odamlarni bir jamoa bo‘lib

ishlashga yo‘naltirishi, muammo tug‘ilganda ular bilan alohida gaplashib olishi,


nizo chiqarmasligi kerak.

Gid har doim guruhning barcha a’zolariga bir xil munosabatda bo‘lib,

barchani suhbatga chorlashi, o‘zini ko‘rsata olgan norasmiy liderlar bilan
hamkorlikda ishlashi maqsadlidir. Eng asosiysi turistlarni (ekskursantlar) milliy
66

hunarmandchilik, an’analar va madaniyatni qo‘llab-quvvatlashga chorlashdir. Ular


usta-hunarmandlarimiz yasagan suvenirlarni bajonidil harid qilishadi.

Download 6,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   237




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish