4.5. «Gid portfeli» ni tahlash
«Gid portfeli» deb, ekskursiyani o‘tkazish jarayonida foydalanadigan
ko‘rgazmali vositalar jamlanmasiga aytiladi. Bu ko‘rgazmali vositalar odatda bitta
papka yoki portfelda joylashtiriladi. «Gid portfeli»ning vazifasi ob’ektlarni
ko‘rsatish qatoridagi «bo‘shliq»larni to‘ldirishdir. Eksursiya xizmatida mavzuni
yoritish uchun zarur bo‘lgan ob’ektlarning hammasi ham asl holicha saqlanmagan
bo‘lishi mumkin. Masalan, yillar ta’sirida buzilgan tarixiy binoni ekskursantlar
ko‘ra olmasligi mumkin yoki mazkur ob’ektning avvalgi holati to‘g‘risida
ekskursantlarga tasavvur uyg‘otish kerakdir. Shu maqsadda ob’ektning avvalgi
holati haqida tasavvur uyg‘otish uchun fotosuratlarni yoki aksincha, ob’ektning
kelajakdagi ko‘rinishini tasavvur qilish uchun uning loyihasini ko‘rsatish mumkin.
«XIX asr madaniyati namoyondalari» nomli ekskursiyada Xiva xoni, shoir
Muhammad Raximxon Feruz rasmini ko‘rsatib mavzuni yanada boyitish mumkin.
Ekskursiya xizmatida asl hujjatlar, qo‘lyozmalar, adabiy asarlarning nusxasi gid
83
hikoyasini ishonchli qilishga yordam beradi. Ko‘rgazmali vositalarning yana bir
muhim vazifasi ob’ekt haqida tomoshaviy tasavvur uyg‘otishidadir. «Gid
portfeli»da fotosuratlar, geografik xaritalar, jadvallar, rasmlar, mahsulot namunalari
va boshqalar kiritiladi. Bunday «portfel»lar odatda har bir mavzu uchun alohida
taxlanadi. Ular doimo gidning qo‘l ostida bo‘lib, o‘tmish va kelajakka bo‘ladigan
«sayohat»ni qiziqarli va foydali o‘tkazishga yordam beradi.
«Portfel»ning ko‘rgazmali vositalari ekskursiya mavzusidan kelib chiqib,
foydalanishga qulay bo‘lishi, lekin son jihatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Aks holda
ular ekskursantlarni asosiy ob’ektlardan chalg‘itib, e’tiborini susaytiradi.
Ko‘rgazmali vositalarni tanlab olishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
-
-
ulardan foydalanishning zaruriyati va maqsadliligi;
ilmiy ahamiyati, ya’ni qanchalik ushbu ko‘rgazmali vosita ekskursiya
xizmatini boyitishi, ko‘rsatish va hikoyani ko‘rgazmali va tushunarli qilishi
mumkin;
-
-
-
jozibadorligi;
aniqligi;
saqlanganlik holati.
Fotosuratlar, xarita sxemalar, reproduksiyalar 18x24sm o‘lchamli karton
asosli, aniq va tiniq bo‘lishi, avtobusda ko‘rsatishga mo‘ljallangani esa 24x30smga
kattalashtirilishi zarur. Ijodiy guruh yangi ekskursiya mavzusini tayyorlashda
to‘plangan ko‘rgazmali vositalardan mavzuni yoritishga gidga yordam beradigan
eng yorqinlarini tanlaydi va marshrutda ularni ko‘rsatish metodikasini tekshirib
olishadi. Keyin «portfel»dagi vositalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalarni uslubiy
ishlanmaga kiritishadi.
«Portfel»dagi har bir ko‘rgazmali vositaga eslatma qog‘ozi birkitiladi va
ro‘yxatiga aniqlik kiritiladi. Muzeylar, ko‘rgazmalar, arxivlar «portfel» vositalarini
tanlashga katta yordam qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |