4. Turistlarni (ekskursantlarni) kutib olish. Turistlarni (ekskursantlarni)
kutib olish turli joylarda – aeroportda, mehmonxonada, posyolkada bo‘lishi
mumkin. Shuning uchun gid quyidagilarga rioya qilishi kerak bo‘ladi:
-belgilangan joyda turistlarni (ekskursantlarni) transport olib kelsa gid u
yerda o‘z vaqtida borishi kerak. Bu gidga bo‘lgan hurmatni oshiradi;
-e’tiborli bo‘lgan holda barcha turistlarni (ekskursantlarni) ko‘zdan
kechirishi, kechikkanlar yo‘qligiga ishonch hosil qilishi kerak;
-turistlarni (ekskursantlarga) hurmat qilgan holda, ularga avtobusga kirishiga
yordam qilishi, savollarga javob berishi kerak.
Aeroport va vokzallardan kutib olishda gid firmaning nomi yozilgan
tablichka bilan chiqishi, rasmi va ismi-sharifi yozilgan beyjik taqishi kerak. U har
bir turist bilan tanishib, yukni qayerda joylash, hujjatlarni saqlash, valyuta
ayriboshlash, suvenirlar, kitoblar, xarita sotib olish mumkinligini maslahat beradi.
Shuningdek, dasturda ro‘y bergan o‘zgarishlar borasida axborot beradi, turning har
bir kunini detallarigacha muhokama qiladi. Barcha zaruriy narsalar olinganligiga
ishonch hosil qiladi, aks holda inventarlarni ijaraga olib harakatlanishning o‘z
vaqtida bo‘lishini ta’minlaydi.
Agar dasturda birinchi kunda kechki ovqat nazarda tutilmagan bo‘lsa, gid
turistlar qayerda ovqatlanishi mumkinligini tavsiya beradi. Turistlardagi kasalliklar,
ayniqsa, surunkali kasalliklarni aniqlashtirib olishi lozimki, ular sayohat davomida
qo‘zg‘alishi mumkin. Shuning uchun, barcha zaruriy dorilar bilan to‘ldirilgan
aptechkani o‘zi bilan olishni unutmasligi kerak. Qimmatbaho narsalar (pul,
hujjatlar, texnika) va sayohatdagi xavfsizlikka (kriminal, baxtsiz hodisalar) alohida
e’tibor qaratadi.
Ba’zida turistlar nomerdan o‘z uylariga qo‘ng‘iroq qilishadi yoki mini bardan
spirtli ichimliklarni olishadi. Bunday xizmatlar turga kiritilmaganligi va u uchun
alohida to‘lovni amalga oshirish kerakligini gid tushuntirishi lozim. Turistlar bir
birlarini kutib qolmasliklari uchun ularga bir xil vaqtni e’lon qilishi kerak.
65
O‘zbekiston Respublikasi standartlariga ko‘ra 10 nafardan iborat, o‘rganish,
dam olish, ekskursiya maqsadida kelgan sayohatchilar turistik guruh hisoblanadi.
Cho‘qqilar va qoyalarga chiqish, tog‘larda, sahroda sayohat qilish, daryolarda suzib
o‘tish, speleologiya va shu kabi maxsus turlardagi marshrutlarni yoqtiruvchilarga 4
nafar, ovchilar 2 nafar bo‘lganda turistik guruh hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |