O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Ekologiya” fanidan
MUSTAQIL ISH
Guruh: 216-18
Bajardi: Quvvatov S.
Toshkent 2020
Reja:
1.Ekotizim tushunchasi
2.Ekotizimning tasnifi
3.Ekotizim tuzulishi
Ekotizim - ekologiyada asosiy o‘rin egallovchi birlik hisoblanadi, chunki unga tirik organizmlar ham, o‘lik tabiat ham kiradi. Ekotizim to‘g‘risidag‘i tasavvur ancha ilgari paydo bo‘lgan bo‘lsa, bu atama birinchi marta 1935-yilda ingliz ekolog-olimi A.Tensli tomonidan taklif qilingan. Har turga kiruvchi birgalikda yashovchi organizmlar va ularning yashash shart- sharoitlari ekologik tizim deb hisoblanadi. Yer kurrasida cho‘llar, o‘rmonlar, o‘tloqzor yoki suv havzalari ekotizimga misol bo‘la oladi.
Hovuzlarda tirik organizmlar (gidrobiontlar) bilan birgalikda suvning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi, hovuz tubining turli xususiyatlari, suv yuzasiga tushayotgan Quyosh nuri va atmosfera havosi kabilar ekotizimning tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ekotizim juda keng tushuncha bo‘lib, u tabiiy (o‘rmon, to‘qay,'cho‘l) hamda sun’iy majmualar (akvarium, paxtazor, issiqxona, kosmik kema)ga nisbatan ishlatiladi.
Ekotizimda moddalar aylanishi uchun uch guruhga kiruvchi organizmlar bo‘lishi zarur. Bular yashil o‘simliklar (produtsentlar), hayvonlar (konsumentlar) va mikroorganizmlar (redutsentlar)dir.
Shunday qilib, mikroblari bilan bir tomchi suv ham, o‘rmon ham, gul tuvak ham, fazo kemasi ham, oqova suvlarni tozalash inshooti ham ekotizimdir.
Ekotizim har qanday o‘zgaruvchi deb qaralib, ma’lum sharoitda undagi barcha tirik organizmlar o‘zaro bir-birlari bilan hamda atrof-muhit bilan bog‘lanishda bo‘ladi. Natijadaushbu tizimlar energiya va modda aylanishini keltirib chiqaradi.
Ekotizim o‘z-o‘zini boshqarish va ushlab turish xususiyatiga ega. Ekotizmlarni o‘z tuzilishi va vazifalarini tirik omillar ta’sirida ushlab turish qobiliyati uning barqarorligi deb ataladi.
Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ekologik tizimlarni va alohida populyatsiyalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazganda, masalan, yirtqich hayvonlarni yo‘qotayotganda, hayvonlar va o‘simliklarni ko‘chirayotganda, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olishi zarur. Ekotizimning suv, tuproq va atmosfera havosi kabi tarkibiy qismlariga insonning hukmronligi kuchayib borishi tabiatni muhofaza qilishgina emas, balki inson o‘zini ham muhofaza qilish zaruriyatini vujudga keltirdi.
Bu esa ona tabiatni asrab-avaylashni, uning bir-butunligini saqlash lozimligini taqozo qiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan amalga oshib qolmaydi. Ekologik tizimdagi barcha tirik organizmlarni tabiiy holatiga zarar yetkazmaslik uchun odamlar, har bir organizm bilan o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim.
Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi.
Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.
Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |