QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI KAFEDRASI
36
37
8-Laboratoriya ishi
Ishning nomi: Belgi, abzats va ro’yxatlarning xususiyatlarini sozlash.
Ishning maqsadi: MS Wordda belgi, abzats va ro’yxatlarning xususiyatlarini
sozlashni o‘rganish.
Ish uchun kerakli jihozlar: Kompyuter, 220 V kuchlanish manbai, MS Word matn muharriri
Ish haqida nazariy ma`lumotlar.
Matn fragmentlari bilan amallar bajarish uchun hujjat yaratilgandan keyin Файл lentasini tark etiladi va Главная lentasiga o’tiladi. Unda eng muhim uskunalar to‘plangan bo‘lib, ular matnga bezak berishda ishlatiladi. Word dasturida ba’zan matnni chiroyli bezash talab qilinadi.
Alohida so‘zni belgilash yoki to‘liq gapni va hatto abzatsni turli xil shriftlar bilan, ulari rangini, kegli, garniturasini belgilash mumkin. Matn sahifasiningchegaralariga nisbatan matnli parchasini to’g’ri joylashtirish mumkin. Sahifaning ikkala cheti bo‘yicha ham yoki ulardan biri bo‘yicha ham tekislash mumkin. Abzats uchun joy qoldirish va qatorlar orasidagi interval qiymatini o‘rnatish mumkin.Ro‘yxatlar va sanoqlar uchun turli xil belgilari qo‘llash mumkin
masalan, qator boshida nuqta, bu matnda qatorni nomerlash singari bo‘ladi.
Matnning alohida elementlarini turli stillar yordamida belgilash mumkin.
Bu operatsiyalar uchun barcha zarur uskunalarni Главная lentasi o‘z ichiga oladi. Foydalanuvchi ba’zan matn bo‘laklarini belgilash va matnga turli holatlarda bezak berishi mumkin.Shuni ta’kidlash lozimki, matnni o‘zgartirish bo‘yicha har qanday amal, shu jumladan formatlashni, ekranning yuqori qismida joylashgan ekspress-panel maxsus birinchisi ma’lum bir turdagi hujjatlar uchun formatlashning tayyor shablonlaridan tarkib topib, подложка (ostidan) rangini o‘rnatish, sahifa chegaralarini va abzatslar orasidagi intervalni o‘rnatish imkonini beradi.
38
Foydalanuvchilar ko‘pincha yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan bir nechta oddiy qoidalarni ko‘rib chiqish mumkin:
Yangi qatorga o‘tishda Enter klavishasini bosish orqali o’tish shart emas, chunki Word matnni yangi qatorga o‘zi o‘tkazadi. Enter klavishasini faqatgina yangi abzatslari boshlashdagina qo‘llash lozim.
Abzatsli joy qoldirishni ko‘pgina foydalanuvchilar to‘g‘ri foydalanmasdan bir nechta probel bosish orqali amalga oshiradi. Bu ham o‘z navbatida xato hisoblanadi. Shunga o‘xshash so‘zlar orasida bir nechta probel qoldirish va qatordagi so‘zlararo oraliq masofani to‘g‘rilash uchun ham, ularni markazda joylashtirish uchun ham ba’zi foydalanuvchilar probellardan noo‘rin foydalanadilar. Shuni esda tutish lozimki, bu kabi barcha amallar formatlash usullari yordamida amalga oshiriladi. Agar juda ham zarurat bo‘lsa, bir nechta probellar o‘rnida aksariyat hollarda tabulyatsiyani qo‘llash mumkin, ya’ni [Tab] tugmasidan foydalaniladi.
Matnning dastlabki qatoridan matnga bezak berish shart emas, bu ishlarni keyinroq ham amalga oshirish mumkin. Darvoqe: siz sahifaning har qanday joyida matn terishni amalga oshirishingiz mumkin. Bunda Tab va Enter tugmalari yordamida surmasdan ham amalga oshirish mumkin. Buning uchun kerakli joyda sichqoncha yordamida ikki marta bosish yetarli hisoblanadi.
Matnning ixtiyoriy bo‘lagi ustida amal bajarish uchun aynan shu bo‘lakni belgilash lozim. Sichqoncha yordamida matn bo‘laklari quyudagicha belgilanadi:
ikki marta bosilsa — abzats belgilanadi;
uch marta bosilsa — butun matn belgilanadi.
Abzatsdagi har qanday so‘zni sichqoncha yordamida belgilash quyidagicha:
bir marta bosish — ko‘rsatilgan so‘z belgilanadi;
ikki marta bosish — butun abzats belgilanadi.
MS Wordning keyingi versiyalarida birdaniga matnning bir nechta mustaqil qismlarini belgilash, shu bilan esa ularga formatlashning bir xil amallarini
39
biriktirish mumkin. Buning uchun matnning birinchi bo‘lagini belgilagan holda, Ctrl klavishasini bosib, keyin esa sichqoncha kursorini yangi matn bo‘lagi boshiga olib boriladi va uni odatdagi tartibda belgilanadi. Bunda Ctrl klavishasini barcha jarayon davomida bosib turgan holda ushlab turish kerak. Belgilashning yana bir juda muhim usuli bu - bezash elementlarini qo‘llagan holdagisidir. Aytaylikki, sizning matningizda ma’lum bir tarzda bezalgan bir tipli elementlar ko‘p mavjud (masalan, qalinlashtirish, egiltirish bilan) yoki yanada yaxshisi - ma’lum bir stilni qo‘llagan holda amalga oshirilishi mumkin. MS Word dasturida maxsus tugma mavjud bo‘lib, u Abzas: bo‘limida joylashgan va qatorni nomerlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |