Fanidan kurs ishini tashkil etish bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar


KURS ISHI BAJARISHNI TASHKIL ETISH



Download 131,73 Kb.
bet3/9
Sana23.04.2022
Hajmi131,73 Kb.
#575623
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 5224732594943300522

4. KURS ISHI BAJARISHNI TASHKIL ETISH

Kurs ishining topshirish muddati o’quv rejasiga binoan belgilanadi. Kurs ishini yozishdan avval ishlab chiqarish amaliyoti o’tkaziladi. Bu davrda talaba ta’lim muassasalarining pedagogik faoliyatini va o’qitish jarayonlarini o’rganadi, shuningdek kurs ishini bajarish uchun amaliy materiallar to’playdi.


Kurs ishi rahbari talaba bilan birgalikda kurs ishi topshiriqlarini va ularni bajarishning taqvimiy jadvalini ishlab chiqadi. Rahbar va talaba tomonidan imzolangan bu hujjat tasdiqlash uchun kafedra mudiriga taqdim etiladi.
Kurs ishini bajarish rahbar tomonidan tasdiqlangan topshiriqlarga va taqvim jadvaliga qat’iy muvofiq holda amalga oshirilishi lozim.


5. ADABIYOTLARNI O’RGANISH, MAHLUMOTLARNI TO’PLASH, XULOSA VA TAKLIFLARNI ASOSLASH

Tanlangan kurs ishi mavzusiga muvofiq, talaba mustaqil ravishda adabiyotlarni, rasmiy hujjatlarni va idoraviy materiallarni o’rganadi. Adabiyotlarni o’rganish talabaga tadqiqotning nazariy asoslarini aniqlab olish, ya’ni mavzuga aloqador bo’lgan marketing faoliyatini tashkil etish va savdo texnologiyasining asosiy masalalari hamda tushunchalarini, o’rganilayotgan jarayonlarning rivojlanish qonuniyatlarini va ilmiy atamalar tizimini bilib olish imkonini beradi Adabiy manbalarni va mavzuga taalluqli masalalarning hozirgi ahvolini chuqur o’rganish kurs ishini yozish uchun zarur materiallarning hajmini va xarakterini aniqlashga imkon yaratadi


Kurs ishini bajarish O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A Karimov chiqargan farmonlarni, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalaridan kelib chiqib pedagogika nazariyasi va tarixini o’rganishni nazarda tutadi. Mavzu bo’yicha materiallarni o’rganayotganda fikr-mulohazalarni xomaki tarzda yozib borish maqsadga muvofiqdir. Bu keyinchalik kurs ishi rejasiga binoan materiallarni tartibga solishni va umumlashtirishni yengillashtiradi.
Tadqiqot manbaining hisobot ma’lumotlari kamida so’nggi uch yillikni qamrab olishi kerak. O’zaro taqqoslash uchun bir xil sharoitlarda faoliyat ko’rsatayotgan ilg’or savdo korxonalari (tashkilotlari)ning tajribalarini o’rganish muhimdir.
To’plangan haqiqiy materiallar o’rganayotgan masalaning hozirgi ahvolini ifodalashga, rivojlanish jarayonlari va yo’llarini aniqlashga imkon beradi, ko’rib chiqilayotgan muammoni hal qilish va uni takomillashtirish uchun zamin yaratadi.
Ayrim hollarda o’rganilayotgan muammo bo’yicha zarur ma’lumotlarga ega bo’lish uchun mahsus kuzatuvlar o’tkaziladi.
To’plangan raqamli ma’lumotlar tahliliy jadvallarda tartibga solinib umumlashtiriladi. Bu jadvallar iqtisodiy tahlillar, xulosalar va tavsiyanomalar uchun asos bo’lib xizmat kiladi.
Olingan materiallarni tahlil qilish natijalari o’rganib bo’lingach, kurs ishini bajarishning yanada qiyinroq bosqichiga - xulosa va takliflarni asoslashga kirishiladi. Xulosa va takliflar bitiruv ishining mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqishi hamda aniq bir savdo korxonasi faoliyatinn yaxshilashga va takomillashtirishga yo’naltirilishi lozim. Ular savdo tarmog’i uchun va kurs ishiga materiallar to’plangan savdo korxonasida foydalanish uchun amaliy maqsadlarni ifoda etishi lozim.



Download 131,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish