Fanidan “Iqtisodiyot nazariyalarining shakllanishi va ularning rivojlanish bosqichlari” mavzusi bo’yicha kurs ishi


Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari



Download 98,96 Kb.
bet3/13
Sana10.02.2022
Hajmi98,96 Kb.
#441473
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
FarDU kurs

1.2. Iqtisodiy jarayonlarni ilmiy bilishning usullari
Iqtisodiyot nazariyasi fani ijtimoiy fan bo'lib, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, xuquq, siyosatshunoslik, tarix kabi ijtimoiy fanlar bilan ham chambarchas bog'liqdir, ulardan uslubiy va ilmiy ozuqa oladi va ularga ham manba bo'lib xizmat qiladi. Lekin ularning hyech biri iqtisodiyot nazariyasi fanining o'rnini bosolmaydi, bu fanning o'z vazifasi va predmeti bor.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashni turli nazariy qarashlarni o'rganib, sintez qilishdan boshlasak ma'qul bo'lar deb hisoblaymiz.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti nima? Bu fan asosan nimani tadqiq qilib, odamlarga nimani o'rgatadi? — degan savolning yechimi juda murakkab bo'lib, bu haqda o'tmishda xam, hozir ham turli olimlar har xil fikrlar bildirib kelmoqdalar.
Masalan, Aristotel bu fanni uy xo'jaligini boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb qaragan bo'lsa, merkantelistlar, fiziokratlar va ingliz klassik iqtisodiy maktabi vakillari unga boylik to'g'risidaga, uning manbalari va ko'paytirish yo'llari, boylikni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish to'g'risidaga fan deb qaradilar. Keyingi paytda mazkur fanni xalq xo'jaligi, ijtimoiy xo'jalik to'g'risidaga fan deb ham hisoblamoqdalar. Ayrimlar iqtisodiyot nazariyasi fanini moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va ayirboshlashni boshqarish qonunlari to'g'risidagi fan deb ko'rsatadilar. A. Marshal esa iqtisodiyot nazariyasi (siyosiy iqtisod) fanining predmeti insoniyat, jamiyatning normal hayotiy faoliyagani tadqiq qilishdan iborat deb yozadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fani siyosiy iqtisod nomi bilan yuritilgan davrda qator darsliklarda va ayrim asarlarda uning predmeti moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish jarayonida kishilar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishdan iborat deb ko'rsatilgan edi.
AQShdan, boshqa ba'zi bir mamlakatlardan kirib kelgan «Ekonomiks» darsliklarida (iqtisodiyot nazariyasi «Ekonomiks» deb yuritilgan darsliklarda) bu fanning predmeti kishilarning moddiy talablarini to'laroq qondirish maqsadida cheklangan resurslardan samarali foydalanish muammolarini taxlil qilish, kishilarning iqtisodiy hulq-atvorini o'rganishdan iborat deb qo'rsatilgan.
Hozirgi bozor iqtisodiyotiga o'tilayotgan davrda Rossiya Federatsiyasining turli shaharlarida chiqarilayotgan iqtisodiyot nazariyasi darsliklarida bu fanning predmeti bo'yicha bir-biriga yaqin bo'lgan ta'riflar berilmoqda.
Masalan, iqtisod fanlari doktorlari, professorlar L.S. Tarasevich va A.I. Dobrininlar boshchiligida chiqarilgan «iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu fan «Ratsional xo'jalik yuritish tizimining tarkibiy evolutsiyasini, haqiqiy boylikni va jamiyatning ayrim a'zolari va guruxlarining farovonligi, iqtisodiy o'sishning omillari va qonuniyatlarini o'rganadi», deb ko'rsatilgan.
Akademiklar G.P. Juravleva va V.I. Vidyapinlar boshchiligida chiqarilgan «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi» nomln darsliqsa professor A.I. Dobrininning fikriga asoslangan holda: «Umumiy iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fan bo'lib, cheklangan resurslar sharoitida ehtiyojlarni qondirshi maqsadida moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste'mol qilish jarayonlarida kishilar va guruxlarning xulq-atvorini o'rganadi», deyilgan.
Prof.VD. Kamayev boshchiligidagi mualliflar tomonidan yozilgan «iqtisodiyot nazariyasi asoslari bo'yicha darslik» degan kitobda iqtisodiyot fanining predmeti - cheklangan resurslar dunyosida ne'matlarni ishlab chiqarishdagi kishilarning xulq-atvori va uni boshqarishni o'rganishdan iborat deb ta'kidlanadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti to'g'risida bildirilgan bu barcha fikrlardan ko'rinib turibdiki, siyosiy iqtisodga doir darslik va boshqa kitoblarda ishlab chiqarish jarayonida kipshlar o'rtasida sodir bo'ladigan munosabatlarni o'rganishga aloxdda e'tibor berilgan bo'lsa, «Ekonomiks»da va Rossiyada bozor iqtisodiyotiga doir chiqarilgan darsliklarning ko'pchiligida asosan kishilarning resurslarga, moddiy ashyo va buyumlarga bo'lgan munosabatini, xatti-harakatini o'rganishga, cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanishlariga aloxida e'bor berilgan.
Bizning fikrimizcha, iqtisodiyot nazariyasi fani masalaning u tomonini ham, bu tomonini ham chetda qoldirmasligi, masalaga bir tomonlama yondoshuvga yo'l qo'ymasligi lozim. Chunki har qanday mehnat, har qanday ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish, eng avvalo, tabiat ashyolari, moddiy vositalar, pul mablag'lari orqali amalga oshiriladi va ulardan foydalaniladi. Shuning uchun mavjud resurslarga, ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlarga, ulardan unumli foydalanishga bo'lgan munosabat, ishlab chiqarish omillarining o'zaro bog'liqligi va bir-biriga ta'sirida o'rganilishi lozim. Boshqa tarafdan, hyech qanday mehnat yoki ishlab chiqarish alohida olingan kishi yoki guruh tomonidan, boshqalar bilan aloqalarsiz, munosabatlarsiz amalga oshirilmaydi. Ular ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonida bir-birlari bilan albatta o'zaro munosabatda bo'ladilar va shu munosabatga qarab harakat qiladilar, o'z xulq-atvorlarini, xatti-harakatlarini belgilaydilar. Demak, iqtisodiyot nazariyasi fani shu munosabatlarning ikki tomonini qamrab olgan bo'lishi, ularni o'rganishi lozim. Bundan tashqari mazkur munosabatlar, xatti-harakatlar ishlab chiqarish jarayonining o'zidagina emas, balki takror ishlab chiqarishning barcha fazalarida ishlab chiqarish, pul orqali ayirboshlash (sotib olish, sotish), taqsimlash va foydalanish, ya'ni iste'mol qilish jarayonlarida ham sodir bo'ladi. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetini aniqlashda shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, iqtisodiyotning ko'pgina tomonlari aniq iqtisodiy fanlar tomonidan, ya'ni sanoat iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti, agroiqtisodiyot va agrobiznes, iqtisodiy axborot, mikro iqtisodiyot, makroiqtisodiyot, menejment kabi fanlar tomonidan o'rganiladi.
Iqtisodiyotning ayrim tomonlari esa moliya, soliq va soliqqa tortish, kredit, pul muomalasi, bank ishi, bojxona ishi, statistika, ekonomegrika, tashqi iqtisodiy aloqalar, buxgalgeriya hisobi, xo'jalik faoliyati taxlili kabi fanlarda o'rganiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi bu fanlar bilan chambarchas bog'liq holda amal qiladi, ulardan ayrim aniq tomonlarni oladi, o'rganadi. Lekin iqtisodiyot nazariyasi fani aniq iqtisodiy fanlarning nazariy asosi, ya'ni poydevori hisoblanadi, ularga uslubiy, nazariy yo'nalish beradi. Ularning hammasi uchun umumiy bo'lgan ilmiy tushunchalarni, qonun-qoidalarni, iqtisodiyotning turli tarmoqlari, sohalari, tomonlari o'rtasidagi aloqadorlikni va o'zaro ta'sirni o'rganadi va aniqlab beradi.
Mana shularni hisobga olib, iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti — iqtisodiy resurslar cheklangap sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne'matlarpi (va xizmatlarni) ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jaraspida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish qonun — qoidalarini o'rganishdan iborat, deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy munosabatlarning turli shart-sharoitlarda, zamon va makonda shaklan va mazmunan o'zgaruvchanligini, ularni ifoda etuvchi ilmiy tushunchalar, qonun-qoidalarning ham o'zgarib turishini, ularning doimo harakatda, rivojlanishda bo'lishini o'rganadi. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi turli iqtisodiy voqyea hodisalar va jarayonlarning mazmuni hamda mohiyatini o'rganibgina qolmay, ularning o'zaro aloqadorligini, bir-biriga ta'sirini ham taxlil qiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi o'rganishi lozim bo'lgan muhim yo'nalishlardan biri cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish, ijtimoiy xo'jalikni samarali yuritish va boshqarish, milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning omillari, qonuniyatlari va yo'llarini o'rganish va ko'rsatib berishdan iboratdir. Bu esa fanning predmeti, uning maqsadi va vazifalarida yanada oydinroq ko'rinadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining maqsadi va vazifasini ikki tomonlama, ya'ni ham amaliy va ham nazariy tomonlarini tushuntirish mumkin.
Amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi iqtisodiy o'sishni ta'minlash va shu asosda o'sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Uning vazifasi shu maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslardai samarali foydalanib, uning har bir birligi evaziga ko'proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatishni ta'minlash, har bir faoliyat turi bo'yicha xarajatlar miqdori bilan erishilgan samara, ya'ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, resurslardan unumliroq foydalanish yo'llarini topishdan iboratdir. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi aholini ish bilan ta'minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy ijtimoiy himoya qilish yo'llarini ko'rsatib berish lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko'rsatkichlari, omillari o'rtasidagi bog'lanishlarni, iqtisodiy o'sish yo'llarini aniqlab ko'rsatadi va davlatning ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning nazariy maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl va mazmun o'zgarishlarini, ichki bog'lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o'rgatishdan iboratdir.
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy va nazariy tomonlari bir biri bilan chambarchas bog'liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga ega bo'lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan ko'ra bilish va amaliy harakat yo'lini to'g'ri belgilash imkonini beradi.
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqyea va hodisalar sirini bilishda ilmiy qo'llanmadir.
Iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini o'zgartirish...» vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun Iqtisodiyot nazariyasi fani Prezidentimiz I.A.Karimovning so'zlagan nutq va ma'ruzalarida, asarlarida ko'rsatib berilgan bozor iqtisodiyotiga o'tish davri prinsiplarini, o'tishning o'ziga xos yo'lini, o'zining iqtisodiy qonunlarini, yo'l-yo'riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va vazifalarinng chuqur tahlilini, uni yechish yo'llarini yoritmog'i o'tish davri iqtisodiyotining xususiyatlari, ko'p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning vujudga kelish yo'llari, usullarini ko'rsatib bermog'i lozim.
Haqiqiy fanning amalda vujudga kelishi faqatgina tadqiqot predmetining shakllanishi bilan emas, shu bilan birga uning bilish usulining qaror topishi bilan ham bog'liqdir. Uslubiyat – bu ilmiy bilishning prinsiplar tizimi, yo'llari, qonun-qoidalari va aniq hadislaridir. Bu obyektiv reallikni bilish dialektikasi, mantiqi va nazariyasini o'z ichiga oluvchi bir butun ta'limotdir. Uslubiyat umumilmiy xarakterga ega, lekin har bir fan o'zining predmetidan kelib chiqib, o'zining ilmiy bilish usullariga ega bo'ladi. Shuning uchun uslubiyat umumilmiy va ayni vaqtda xususiy bo'ladi.
Dialektik usul prinsiplari ilmiy bilishning umumiy usuli bo'lib xizmat qiladi. Iqtisodiyot nazariyasida qo'llaniladigan bu prinsiplar quyidagilar:

  • Iqtisodiyot bir-biri bilan aloqada, chambarchas bog'liqlikda, ziddiyatda, o'zaro ta'sir qilib turadigan turli bo'g'inlardan, bo'laklardan iborat yaxlit bir jarayonki, u doimo harakatda, rivojlanishda, mazmun va shakl jihatdan o'zgarib turadigan ichki va tashqi hodisalar bilan aloqada bo'ladi.

  • Iqtisodiy jarayonning har bir bo'lagini alohida olib uning o'ziga xos xususiyatlarini, kelib chiqish va yo'q bo'lish sabablari va oqibatlarini, uning ijobiy va salbiy jihatlarini, ichki va tashqi aloqadorlik va bog'liqlik tomonlarini zamon va makonda o'rganish. Bu yerda shu narsani hisobga olmoq lozimki, biron-bir iqtisodiy hodisa o'zi bir jarayonning oqibati, natijasi bo'lgani holda, boshqa bir iqtisodiy jarayonga sabab yoki omil bo'lishi mumkin. masalan, mashina, stanok, asbob-uskunalar bilan ishlab chiqarish jarayonining oqibati, natijasi bo'lgani holda ikkinchi ishlab chiqarish jarayonining omili, sababi bo'lib xizmat qiladi. Ishlab chiqarishdagi o'zgarishlar taqsimot va iste'mol sohalarida o'zgarish bo'lishiga, qishloq xo'jaligidagi o'zgarishlar esa sanoatda o'zgarish bo'lishiga turtki bo'ladi, va h.k.

  • Iqtisodiy jarayonlarni oddiydan murakkabgacha, pastdan yuqorigacha rivojlanishida deb qarash. Bu yerda son jihatidan o'zgarishlar to'plana borib, sifat jihatidan o'zgarishga olib kelishini hisobga olish zarur.

- Ichki qarama-qarshiliklar birligiga va ularning o'zaro kurashiga rivojlanishning manbai deb yondashish.
Iqtisodiy faoliyatlar, hodisa va jarayonlar tabiiy, moddiy, shaxsiy omillar va pul mablag'lari kabi omillarga tayangan holda kechadi, bu omillar o'zaro chambarchas bog'liq hamda ziddiyatda bo'ladi va bir-biriga ta'sir ko'rsatadi, ular doimo sifat va miqdor jihatdan o'zgarib turadi, turli davrlarda turlicha ijtimoiy shaklga ega bo'ladi, eski iqtisodiy qonunlar, tushunchalar o'rniga yangilari paydo bo'ladi. Ana shular xisobga olinsa, bu fan uchun dialektik prinsiplarni qo'llashning qanchalik zarurligi va muximligi darhol namoyon bo'ladi.
Dialektik dunyoqarash - bu qadimgi yunon falsafasidan boshlab to hozirgacha butun kishilik jamiyati ma'naviy taraqqiyoti tarixida inson aql-idroki erishgan buyuk yutuqdir. Dialektik uslubiyatning mohiyati o'rganilayotgan jarayonning ichki ziddiyatlar tufayli o'z-o'zidan harakatda bo'lishini tushuntirishdan iborat va bu narsa har qanday haqiqiy fanga, jumladan iqtisodiyot nazariyasi faniga ham taaluqlidir.
Shu bilan birga, iqtisodiyot nazarinsi fanining o'ziga xos tadqiqot usullari xam mavjuddir, ulardan eng muximi ilmiy abstraksiya usulidir. Iqtisodiy jarayonlarning mohiyati o'zgarishini o'rganishda mikroskoplardan, kimyoviy laboratoriyalardan foydalanib bo'lmaydi, bunda abstraksiya kuchi ishga solinadi.

Download 98,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish