I. ASOSIY QISM I.1. Uglevodlarning sinflanishi
Uglevodlarni saxaridlar ham deyilib, ular tarkibi va xossalariga ko`ra quyidagi 2 ta katta guruhga bo’linadilar:
1) oddiy uglevodlar yoki monosaxaridlar (monozalar); 2) murakkab uglevodlar yoki polisaxaridlar (poliozalar).
Polisaxaridlar o’z navbatida ikkiga bo’linadilar:
shakarsimon polisaxaridlar (oligosaxaridlar), bularga oddiy shakar
misol bo’la oladi;
shakarga o’xshamagan polisaxaridlar, masalan, kraxmal va selluloza.
Polisaxaridlarning molekulalari monosaxarid molekulalarining qoldiqlaridan tuzilgan, ular gidrolizlanganda oddiyroq uglevodlarga parchalanadi. Monosaxaridlar gidrolizga uchramaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |