2. O’rxun-Enasoy obida-larining tarbiyaviy ahamiyati nimada?
Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turkiy-run yozuvida bitilgan Urxun-Enasoy bitiklarini «toshlarga bitilgan kitoblar» deb aytsak ham bo’ladi. O’ziga xos yozuvda bitilgan bu bitiklar eramizning VII-VIII asrlarida yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta'lim-tarbiyaga oid qimmatli malumotlarni beradi.
O’zbek xalqi tomonidan eng qadimgi davrlardan eramizning IX asrigacha qaror topgan ma'rifiy qarashlari inson shaxsining shakllanishida, uning kamolotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ularda turkiy xalqlarning inson xul-qodobi va uni tarbiyalashga oid dastlabki tasavurlari ifodalangan. Bu yodnoma biz yoshlarni o’z elini sevish, do’st va ittifoq bo’lib yashash, vatan va xalq manfaati uchun kurashga tayyor turish ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |