Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkiston xalklari tarixi tarixnavisligi
Reja:
O’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi tarixining maxalliy tarixshunosligi.
Xiva va Kukon xonliklarida tarixnavislikning rivoji.
O’rta Osiyo xakida rus tarixshunosligi. Россияси тоР
Rossiya o’zining jo’g’rofiy joylashuviga ko’ra SHarqning ta`siriga g’arbiy Ovrupoga nisbatan ko’proq berilgan edi. SHarq bilan Rossiya kabi uzoq davrlardan beri bu qadar bog’langan birorta mamlakat yo’q.
Rossiya SHarq bilan eng yaqin aloqada bo’lgan davr-uning tarixining eng dastlabki davridir. VII-X asrlarda Kaspiy bo’y-laridan Irtishgacha, Volga bo’yidan Azov dengizi va qrimgacha bo’lgan bepoyon hududda hazor urug’iga mansub turli o’rdalar xo’jayinlik qilganlar.
Hazor-rus munosabatlari xususida gapirar ekanmiz, tojik tarixchisi Faxriddin Muborak Marvaziyning XIII asr oxirida yozib qoldirgan ma`lumotlariga qisqacha to’xtalamiz. Uning qo’lezmalari 1927 yili qisman nashr etilgan bo’lib, ro’yxati Londonda saqlanadi. Unda hazor yozuvi xususida qiziqarli ma`lumotlar bor. Mana, bizni qiziqtirayotgan savol yuzasidan tarixchi Faxriddin nima deydi: «Hazorlarda ruslardan kelib chikdan, Rum va yunon xalqlari tarmog’i bo’lgan urug’lar bor. Ularning maishiy hayoti hazorlarnikiga o’xshaydi. Harf va ezuvlari bir-biriga o’xshash». Aftidan muallif bu erda Dunay bulg’orlari haqida yozgan. CHunki bunday bulg’orlar slavyan alfavitidan foydalana bilishardi.
Arab jo’grofiyunlari hazorlar turklardan kelib chiqqan deyishardi. Hozirgi davrda (lingvist) tilshunoslar Volgabo’yi bulg’orlari tilining qoldiqlaridan hazor nutqi bazasida chuvad tili paydo bo’ldi, degan xulosaga kelishdi.
Rossiyaning Bag’dod xalifaligi viloyatlari bilan jonli savdo aloqalari olib borgani ma`lum. Xalifaning kumush dirham tangalari Rossiya hududida arxeologlar tomonidan juda ko’plab topilgan. VII-VIII asrlarga tegishli bu jarayonni IX asrgacha bo’lgan Rusning SHarq bilan savdo qilishga qodir xo’jalik taraqqiyotining belgisi sifatida qarasa bo’ladi. Rus knyazlari Vladimirdan boshlab, o’z ismlari bilan kumush tangalar zarb qila boshlaganda bu tangalar arab dirhamlari og’irligiga asosan zarb qilinardi. Arablar rus mamlakati haqidagi ma`lumotlarni Vizantiya orqali yoki Volgabo’yi bulg’orlaridan olishardi.
Bag’dod xalifasi Muqtadir elchixonasi xizmatchisi Ibn Fazlan ruslarni Volgabo’yida, bulg’or yoki hazorlar yurtida ko’rganini aytadi (922 y.). Arab tilida yozuvchi jo’g’rofiyunlar g’arbiy Ovrupo to’g’risida etarli ma`lumotlarga ega bo’lmasa-da, ruslar va boshqa SHarqiy Ovrupo xalqlari haqida mufassal ma`lumotlarni qoldirishgan.
Kiev Rusining dastlabki knyazlari o’z nazariyalarini X asrdayoq (907, 911, 945, 944 (945) va 971 yillarda) shartnoma tuzilgan Vizantiyagagina emas, Kaspiy dengizi ortidagi viloyatlarga ham tiqishgan edi.
Vizantiya bilan tuzilgan shartnomalar nafaqat huquqiy yodgorliq, balki qadimgi Rusning Vizantiya bilan aloqalari haqida yozma ma`lumot va ilk rus yilnomalarida yozilgan voqealarning tasdig’i hamdir. CHunki bundan oldingi shartnomalar bizgacha etib kelmagan. Arab tilli yozuvchilar ruslarning SHarqqa va ayniqsa Kaspiy bo’ylariga kelganlari haqida yozadilar, rus o’rta asr adabiyotida bu haqda ma`lumotlar bor.
IX asrdayoq ruslar Don, Volga daryosi orqali qo’shni davlatlarga sayohat qilishardi, undan Kaspiyga o’tishar, so’ng Turgan (Urganch) ga kelishar, ba`zan u erdan tuyalarda o’z mollarini Bag’dodga jo’natishardi.
Ruslarning Kaspiybo’yi o’lkalariga birinchi yurishi 912-913-^yillarga to’g’ri keladi.
SHarqshunos V. F. Minorskiy Londondagi Hindiston ishlari bo’yicha vazirlik kutubxonasida ishlayotib, XI-XII asrning o’rta osiyolik tabib-tadqiqotchisi SHaraf al Zamon Tohir Map-vaziyning Rus’ to’g’risida qisqacha qiziqarli ma`lumot berilgan kitobining arabcha nusxasini uchratdi. Asardan muhim parchalar keltiramiz.
«Ruslar to’g’risida gapiradigan bo’lsak, ular dengizdagi orolda yashashadi, orol hajmi u chetidan bu chetigacha uch kunlik yo’l. Unda daraxt va o’rmonzor bor, atrofi yo’llar bilan o’ralgan. Ular juda ko’p sonli va kilichga suyanib yashashadi. Agar biron erkak kishi o’lsa, bor mol-mulkini qizlariga, o’g’liga esa faqat qilichini berishadi va otangiz shu qilich yordamida mol-mulkka ega bo’ldi, siz ham uning izidan boring», deyishadi.
Uch yuzinchi yilning oylaridan birida xristianlarga aylanmagunlaricha ular shu tarzda tarbiyalanishgan. Xristian bo’lishgach, din qilichni ular turmushidan siqib chiqardi, ular mehnat .va kamtarlikka qaytishdi, yashash uchun mablag’lari qisqardi.
SHunda ular musulmon bo’lishni istab qolishdi, chunki bun da ularga bosqinchilar va muqaddas urushlar qilish - avvalgi hayotga qaytish imkoni tug’ilardi.
Ular Xorazm xoniga o’z xonlari Vladimirning yaqinlaridan to’rt kishini elchi qilib yuborishdi. Va ular islom diniga o’tishdi. Bu baquvvat irodali kishilar uzoq yurtlarga bosqin uchun piyoda ketaverishar, Hazor (muallif aftidan Azov dengizini shunday ataydi) bo’ylab kemalarda sayohat qilishardi. Boshqa kemalarni qo’lga tushirib, mol-mulkini tortib olishib Pontus (qora dengiz) orqali Konstantinopolga sayohat hilishardi. Bir marta ular Hazor dengizida sayohat qilib yurib Burdaning vaqtinchalik egasi ham bo’lib olishdi.
Ularning jasur va chapdastligi ma`lum, har biri boshqa xalq vakillarining bir nechasiga bas kelardi. Agar ularning oti bo’lib, suvoriy bo’lganlarida edi, ular kishilar uchun dahshatli kuchga aylangan bo’lishardi.
Ruslarning xristianlikni qabul qilishi 988-989-yillarga to’g’ri keladi. Vladimir ismli bir necha rus knyazlari bor edi. Vladimir Svyatoslavovichdan (1015) keyingi eng mashhur va yirik knyaz’ Vladimir Monomax (1113-1125 y.) edi. «Monomax quroli bu Ulug’ knyazni g’arbu SHarqqa shu qadar mashhur qildiki,- deb yozadi «Rossiya Kolumbi», tarixchi N. M. Karamzin,- uning o’omi yilnomachilarning yozishicha dunyoda momaqaldiroqday guldirardi, qo’shinlar undan qo’rqib turishardi. YAngi yozuvlarga' ishonadigan bo’lsak, Vladimir Grek imperiyasini ham qo’rquvga solgan. Ularning hikoya qilishlaricha, Vladimir bobolarining greklar usti-dan Qozongan g’alabalarini eslab, ko’p sonli lashkarini Mstislav boshchiligida Adrianopolga yubordi va Frantsiyani egalladi. qo’rqib ketgan Aleksey Komnin Kievga kesar (qaysar) Avgustning jonbaxsh xoch (krest) og’ochini, javohirly qadahini; Vladimirning bobosi Konstantin Monomaxning toji, oltin zanjiri va barmalarini sovg’a qilib yubordi. Efes Mitropoliti Neofrit bu sovg’alarni buyuk knyazga taqdim qilar, tinchlikka undadi. Kiev jome` ibodatxonasida unga imperatorlik tojini kiydirdi va Rossiya shohi deb e`lon qildi. Moskva qurol palatasida Monomaxning oltin qalpog’i, zanjir, hassa, skipetr va qadimiy barma saqlanadi. Bizning shohlarimiz tantanali marosimda yasanadigan bu ziynatlar rostdan ham (Vizantiya Imperatori - st.) Aleksiyning sovg’asi bo’lishi mumkin.
N. M. Karamzinning ma`lumotlaridan bilamizki, X asrda Rossiya hukmdorlari Vizantiya imperatorlaridan shohona sovg’alar talab qilib turishgan. XIV asrdagi Moskva Ulug’ knyazlari ko’pincha ana shu ba`zilari Gretsiyada yasalgan (bu ulardagi yozuvlardan va buyumning o’zidan ham ko’rinib turibdi) boyliklar tufayli vorislariga vasiyatnoma berishni rad etishardi. Biroq Frakiyaning bosib olingani shubhalidir.. qadimiy yilnomalarda Vladimirning asosan Gretsiyaga munosabatlarigina yozilgan. SHu bois Marvaziyning yozganlarini o’sha davr voqealari bayoni bilan qiyosiy tahlil qilish shuni ko’rsatadiki, SHaraf al Zamon Tohir Marvaziyning yozganlari tarixiy haqiqatga to’g’ri keladi va N. M. Karamzin ma`lumotlariga mos. Faqat XII asrning saroy tabib olimini bu tarixiy voqealarni yoznshga nima undaganini aniqlash qiyin. Ruslarning islom dinini qabul qilgani (ehtimol muallif Vladimir Monomax siyosatidan norozi bo’lib, Xorazm xoni xizmatiga o’tgan ruslarni nazarda tutgandir) haqida ma`lumotlar borligiga qaraganda Marvaziyning asari Xorazmning XI asr tarixiga tegishli, chunki yuqoridagi voqealar xususida Beruniy ham “Osoru-l-boqiya” (Xronika) asarida yozgan. U Xorazmda slavyanlar ko’p bo’lib, ular ichida ilmlilari ham borligini aytadi. Beruniy ulardan slavyan va yunon tillarini o’rgangan edi.
Mavzuimizning asosiy masalasi qadimgi Rus’ va SHarq munosabatlari bo’lgani uchun, mo’g’ullar davrigacha bo’lgan qadimgi rus yozuvi yodgorliklarini qisqacha ko’rib o’tamiz va ba`zi yilnoma ma`lumotlarini tahlil qilish orqali SHarq mamlakatlarining SHarqiy Ovrupo kengliklariga ta`sirini yoritamiz.
Mutaxassislarning fikricha, Kiev knyazi YAroslav Degnoning (1046-1054) ilmiy-siyosiy g’oyalari ruslardan chiqqan birinchi mitropolit Illarionning «Slovo o zakone i blagodati» (1037 - 1050 yillar orasida yozilgan) asarida yorqin ifodalangan. «Slovo» ning mavzui - xalqlar tengligi va rus xalqini butun jahon xalqlari o’rtasida ulug’lashdir. SHu asarda Kiev knyazi Vladimir Svyatoslavovich «erimizning hoqoni» deb tilga olingan. «Berta yilnomasi» da 839-yilda Ingel’xeyt shahriga imperator Lyudovik Blag va Pol’skiy huzuriga Vizantiya imperatori feodal elchilari bilan «ros» xalqidan bo’lgan qandaydir kishnlar ham kelgani yozilgan. Ular Vizantiya imperatori Feofildan Franklarning erlaridan o’tkazib yuborishni so’rashgan. Keltirilgan «Ros» nomi janubiy rus (Dnestr janubi) qabilalari «paros’e» larga YAroslav Dono va uning izdoshi YUriy Dolgorukiy (1155- 1157) hukmronlik qilgan davrga to’g’ri keladi, deyishga asos bo’la oladi.
SHunday qilib, «Rus hoqoni» bu davr tarixshunosligida «rus knyazi» dan ko’ra ko’proq uchraydi. Hoqon so’zining turkchadan kelgani shubhasiz. Bu turk ta`sirining g’arbga qanchalik chuqur kirib borganini ko’rsatadi.
Bu bo’limda rus - O’rta Osiyo munosabatlarining mo’g’ullargacha bo’lgan davrga ko’p to’xtaganimiz uchun o’quvchilar bizni kechirsinlar. Bizning tarixshunosligimiz O’rta Osiyoning shimoliy qo’shnisi Rossiyaning Movarounnahr, YAqin va Urta SHarq, umuman Osiyo bilan o’sha murakkab davrdagi o’zaro aloqalari tiklanishi xususidagi yig’ma, to’la ma`lumotlarga ega emas. SHuning uchun biz tadqiqotchilarimiz e`tiborini hozirgi zamon jahon tarix ilmi
etarli manbashunoslik materiallariga egaligiga qaratmoqchimiz. Ular jumlasiga «Yilnomalar to’plami» («Svod letopisey») - bu turdagi ilk o’ziga xos tarixiy asardir. Bizgacha etib kelgan rus yilnomalaridan «Davriy yillar qissasi» («Povest’ vremenno’x let») ham shunday asardir. Fanda tadqiqotchi qoqilmay-surinmay o’tadigan yoritilgan to’g’ri tekis yo’l yo’q. Tadqiqotchilarimiz Rossiya va Urta Osie qadimdan aloqada bo’lib kelganini tan olishsa-da, baribir bu sohada tarixshunosligimiz O’rta Osiyoning bu davr voqealari tarixiga doir tegishli tadqiqotlarga ega emas. SHu bois o’quvchilar e`tiborini («Svod letopisey») «Yilnomalar to’plami»ga qaratmoqchimiz. Bu yilnoma 862-1117 yillar orasidagi rus tarixiga doir voqealar bayonini o’z ichiga oladi. «Povest’ vremenno’x let» ning sanasiz qismida «Rumdan Bulg’or va Hvalis (Xiva) va SHarqqacha somoniylar davlatiga yurish mumkin» ligi yoziladi. Bu erda muallifning o’z mamlakati jo’g’rofiyasini yaxshi bilishi sezilmaydi va uning Vatani O’rta Osiyo xalqlari, balki butun SHarq bilan aloqa o’rnatishdan manfaatdorligi odatdagi hol. Kelib chiqishiga ko’ra chechenlar, turk va dashtiylarga qondosh hvalislar -Kaspiy ortida yashovchi xorazmliklar - xivaliklardir. Kaspiy dengizi Pyotr I davridagina kartalarga shunday (kaspiy xalqi nomi bilan) yozildi. Barandiylar - turklardan kelib chiqqan ko’chmanchi xalq, ba`zan ynlnomachilar ularni turklar bilan teng o’ringa qo’yishadi. Yilnomachilar ularning yurishlar paytida qora quyunday paydo bo’lishini aytishadi. Ma-salan, 965- yilda «qissa» Svyatoslavning hazorlar ustiga yurishi va ularning qochishi haqida yozadi. SHu bilan bir qatorda yilnomachi Kavkaz tog’ etaklari va cho’llarida yashovchi yassilar, osetinlar va qosog’i cherkezlar va ular ustidan Qozonilgan g’alaba haqida xabar beradi.
XII asr oxirida (1188 y.) oliy tabaqaga mansub, chamasi, harbiy kishi yozgan asar paydo bo’ldi. U XII asr durdonasidir, gan «Igor’ polki haqida qo’shiq» yoki «Igor’ jangnomasi» haqida ketyapti. «qo’shiq» ning mavzusi Novgorod knyazi Igor’ Svyatoslavovich tomonidan 1185 yilda polovets-dashtliklarga etkazilgan mag’lubiyat. Asarning yuksak badiiy qiymati xususida gapirib o’tirish bizning vazifamizga kirmaydi. Asarning vatanparvarlik va ko’tarinki ruhi XII asr Ovrupo adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda Kiev Rusining yuqori madaniy darajasidan guvohlik beradi.
Bu bobning vazifasi feodal Rusning SHarq bilan aloqalari bo’lgani uchun «Igor’ jangnomasi» ning turkiy so’zlari xususida qisqacha to’xtalib o’tamiz. Bu masala bilan rus olimlari turkolog P. M. Melioranskiy, tilshunos F. E. Korsh, turkolog S. E. Malov va shoir Uljas Sulaymonlar shug’ullandi. Ular «Jangnoma» dagi sharqiy, asosan turkcha so’zlarni ajratib chiqishdi.
Ulardan ba`zilarini ko’rib o’tamiz: «b`lvan - idol, tosh sanam; pahlavon- qahramon, botir; boyon - boy; boyarin - boyonlar; biy - zodagon; or`tma -ortimdan; nachata - tanga turi, eski arab puli; yar - jarlik qoshey - ey o’qi yoxud qo’shchi va hokazo.
Billar deb Kiev Rusining chegaralarida yatagan qovud turk qabilalari oqsoqollari boshliqlarini atashgan degan fikr keng tarqalgan. Qovudlarni ko’pincha turklar gerongli klobuklar, qora dengiz va Arab dengizi bo’ylab savdo aloqalarida bo’ltan xalq bilan chalkashtirishadi.
«Igor’ jangnomasi» ma`lum bo’lishi bilan, uning qadimiyligiga shubha tug’ildi. Masalan, tilshunos Senkovskiy “Jangnoma” ni qadim zamonda emas, balki feodalizmning so’nggi davri, XVIII asr kishisining mahsuloti, deb aytdi. SHe`riyat bilimdoni A. S. Pushkin «Igor’ jangnomasi» ning bir xilligi va tilining yaxlitligidan kelib chiqqan holda, bunday shubhalarga qarshi chiqdi, bunday yodgorliklarning keyingi davrda yasalishi mumkin emas, deb hisobladi.
1964 yilning may oyida mamlakatimiz Fanlar akademiyasida «Igor’ jangnomasi» ning ezilgan davri muhokama qilindi va muhokama qatnashchilari uning haqiqatan qadimiyligini tasdiqladilar.
Tilshunos tarixchilar tomonidan allaqachon isbot qilinganki, Rossiyaning mo’g’ullargacha bo’lgan yozuvida juda ko’p sharq so’zlari uchraydi: ol-az, al-ik, bazer, oasureni, bier, haqon, kaliber, klobuk, qumiz, qur`an, ma`azin, mitan, mitet, mana, el, tarir, tovar, gyar, chek, chertok, shater va boshqalar.
YUqorida aytilganidek, Svyatoslav hazorlarning erlarini bosib olishdan voz kechib, Bolqon yarim oroliga ketdi, biroq u erda xam ko’p bo’lmadi. U qisqa vaqt Bulg’oriyada qoldi, so’ng grek jangchilari siquvi ostida ruslar u erdan xam ketib, Kievga qaytib kelishdi.
SHunday qilib Svyatoslav Dunay erlarini qo’ldan chiqardi. XI asrda ruslar nafaqat Kaspiy, balki qora dengizdan ham uzib qo’yilgan edilar; janubiy rus cho’llarini musulmon madaniyati ta`siridagi qipchoqlar egallashdi.
Svyatoslavning o’limidan so’ng ruslarning tashqi siyosatida o’zgarishlar yuz berdi. X asrdagi Vizantiyaga va musulmon mintaqalariga yurishlardan farqli o’laroq, Kiev knyazlari Vladimirdan (978-1015) boshlab, qora dengiz va Kaspiy dengiziga egalik qilishga urinmay qo’ydilar.
Keyin mo’g’ullar zulmi 243 yil davom etdi (1237-1480). Mo’g’ullarning bosqinchilik yurishlaridan so’ng ko’z ko’rib, quloq eshitmagan, jahon tarixida mislsiz ulkan imperiya dunyoga keldi. Rus knyazlari va dindorlari qizil Urdada mo’g’ullardan ko’proq vakillarga ega bo’lsa-da, biroq bu Rossiyada jo’g’rofiy va tarixiy duneqarashning kengayishiga olib kelmadi.
Mo’g’ul hukmronligi davrida Rossiya xalqlarining ozodlik kurashini tasvirlovchi «Kalka daryosi bo’yidagi jang qissasi» (1223 y.), «Ryazan’ knyazligi (bekligi)ning inqirozi qissasi» (1237 y. dekabr’) asarlari yaratildi. Birinchi bosqinga ulkan Ryazan’ knyazligi (1237 y.) duchor bo’ldi. Mo’g’ullarning bir qismi Pol’sha va Sileziyaga bostirib kirdi, boshqa qismi Vengriya va Serbiyani egallab, Adriatika dengizigacha etib bordi. Botu tuzgan Oltin Urda butun Ovruponi bosib olishi xavfi yuzaga keldi. Mo’g’ul bosqinchiligiga qarshi kurash g’oyasi «Aleksandr YAroslavskiy qissasi» (1263) da o’z ifodasini topgan. «Kulikovo jangnomasi» (1380) asari esa mustaqillik uchun milliy-ozodlik harakati mavzuini yakunlaydi. «Moskvaga tatarlar bosqini qissasi»da 1382 yili Moskvani egallagan Oltin Urda xoni bir necha yillar To’xtamish bilan kurashib, uni Volga ortiga quvib yuborgani tasvirlanadi. Asarda xon Moskva tomonga yurib Elets (Lipetsk viloyati) gacha etganligi, biroq To’xtamishni boyliklaridan mahrum etish uchun o’z lashkarini yana janubga burganligi haqida fikr yuritiladi.
Moskva mo’g’ul bosqini haqidagi hikoyalarda bosh qahramon Moskvaning o’zi - qo’rg’on va buyuk knyazlik markazi sifatida emas, balki Rus’ eri markazi sifatidagi Moskva edi. SHu bilan birga bu asar muallifi Amir Temurning Oltin Urdaga qarshi kurashi Moskvani mo’g’ullardan saqlab qolish imkonini berganini tan oladi.
SHunday qilib, XV asrning ikkinchi yarmidagi rus yilnomalari SHarq bilan aloqada bo’lsa-da, ularda kengroq jo’g’rofiy va tarixiy ma`lumotlar yo’q. Masalan: tverlik savdogar Afanasiy Nikitinning (1466-1472) ma`lumotlari bunga guvohlik beradi.
1480 yili mo’g’ul zulmi tugatildi, 1483 yilda esa ruslarning Sibir’, Irtish hamda Ob’ etaklariga dastlabki yurishi amalga oshirildi. Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan aloqalari muntazam emas edi.
1464 yili Ivan III Hirotga, Temuriy sulton Abu Sayd saroyiga elchilarini yuboradi. Tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy rus elchixonasining Hirotga kelganini yozadi, biroq elchilar maqsadi noma`lum. 1490 yili temuriy Sulton Husayn Boyqaroning elchisi Urus Bahodir Moskvada bo’ldi. U «do’stlik va muhabbat» taklif etib kelgan edi. Bu xaqda ba`zi rus yilnomalarida yozilgan.
XVI asrda Moskva O’rta Osiyo va Hindiston haqida hech qanday ma`lumotga ega emas edi. Ivan IV (1530-1584) davrida Qozon(1552) va Hojitarxon, Ashtarxon (Astraxan, 1554) olingach, O’rta Osiyo xonliklari va Rossiya o’rtasida aloqa o’rnatilib, Rossiyaning ayniqsa Xiva, Buxoro bilan aloqalari kuchaydi. endi bu erlarga keluvchi rus va chet elliklar orqali O’rta Osiyo to’g’risidagi bilimlar kupaya boshladi. XVI-XVII asrlarda O’rta Osiyo to’g’risida maxsus tarixchilik asarlari bo’lmaganini aytish, joiz. Biroq har holda ko’rib o’tilayotgan davrda Ovrupo va Rossiyaning SHarq mamlakatlari bilan savdo aloqalari kengayishi oqibatida Rossiyaning O’rta Osiyoning siyosiy va iqtisodiy ahvoli xususidagi tasavvuri ancha kengaydi. Bunga Fazlulloh Isfaxoniyning (XV asr boshi) «Buxoro mehmoni kundaliklari», Antoniy SHenkinsonning “Buxoroga sayohat” (1558-1560) asarlari, Xiva elchisi Hoji YUsufning Moskvadan (1617) xarid qilgan mollari ro’yxati ... bunga yorqin misol bo’la oladi.
Qadimiy manbalar jumlasiga 1627 yili tuzilgan «Katta chizma» («Bol’shoy chertyoj») kitobiga kirgan Rossiyada O’rta Osiyo to’g’risidagi jo’g’rofiy va kartografik tasavvurlar ham kiradi. Besh marta nashr etilgan (1773, 1792, 1838, 1846 yy.) va O’rta Osiyo to’g’risida qiziqarli ma`lumotlarga ega bu kitob XVII asr boshi rus tarixshunosligining noyob yodgorligi hisoblanadi.
Rus madaniyati, fani va publitsistikasida (chet ellardagi kabi) Rossiya tarixi ko’pincha ikki davlat - Pyotrdan oldingi va Pyotrdan keyingi davlatlarga bo’linadi. Rossiya tarixchisi S. M. Solov’ev Pyotr I ni taxtdagi inqilobchi deb atagan edi. Rossiyada sharq tillarini o’rganish Pyotr davridayoq yuqori tabaqalar maktablarida boshlandi. «Evropaga darcha» ochib qayta qurilgan davlatda ilg’or fanga e`tibor berayotgan Pyotr Rossiyaning SHarqdagi manfaatlarini ham esdan chiqarmadi. Pyotr I 1702 yilning 16 aprelida poytaxtda yashaydigan rus kishilarining sharq tillarini o’rganishlari to’g’risida buyruq chiqardi va buning uchun chet eldan tadqiqotchilar hamda muallimlarni taklif etdi. 1724 yilda Peterburgda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi bilan chet eldan taklif etilgan Bayer va Ker Rossiya Fanlar akademiyasining birinchi sharqshunos olimi bo’ldilar. Xitoy, qadimgi ibriy va arab tillari bo’yicha mutaxassis bo’lgan Bayer zamondoshlarining ta`kidlashicha, rus sharqshunosligida sezilarli iz qoldirmadi. Gap shundaki, YAqin va Urta SHarq, asosan Turkiya va O’rta Osiyo xalqlarining tillarini o’rganish uchun Pyotr I ning musulmon fuqarolari orasida tayyor tilmoch va vositachilari bor edi.
Masalan, keyinchalik Pyotr I Moldovaning birinchi hukmdori, 1711 yilda Rossiya tarafiga o’tgan knyaz’ Dmitriy Kantemir xizmatidan ko’p foydalandi. 1792 yildagi fors yurishi paytida turk va fors tillarida varaqalar chiqaradigan bosmaxonani knyaz’ o’zi bilan olib borgan. Kadrlar tayerlash bo’yicha amaliy ishga 1716 yil 18 yanvargacha chiqarilgan «Moskvadagi lotin maktablaridan 5 kishini tanlab, sharq (turk, arab, fors) tillarini o’rganish uchun eronga yuborish» haqidagi qonundan boshlandi. Kerning achinib xabar berishicha, Petrning sharqshunoslik sohasidagi ma`-rifiy ishlari ham hali rivoj olib ketmayotgan edi. Petrning chet elga birinchi safari vaqgidayoq (1697-1698 y.) asos solingan Peterburg Kunst kamerasi - ajoyibotlar muzeyiga sharq manbalari ham qo’yilib turar, lekin ular 1735 yilgacha tartibsiz holda yotar edi. Petrning buyruqlari bajarilishini nazorat qiladigan odam yo’q, fors yurishi vaqtida yig’ib kelingan va shu muzeyga berilgan kitob hamda qo’lyozmalar ro’yxatga olinmay yotar edi. Pyotr va uning birinchi vorislari daarida kitob va qo’lyozmalarning bir qismi tashqi ishlar kollegiyasida, bir qismi esa ayrim kishilar qo’lida qolib ketdi. SHulardan biri sifatida Ker general Levashevni ko’rsatadi. 1722 yilda eronga yurish paytida Pyotr I Volga bo’yidagi Bulg’or shahri vayronalarini borib ko’rdi va ularni saqlash haqida buyruq berdi. Petrning buyrug’iga ko’ra Oxun Qodirmamat Suyunchalev, slobodlik tilmoch YUsuf eshbo’latov va arman Ivan Vasil’ev ellikta qabr toshi yozuvini rus tiliga o’girib yozib oldilar. SHulardan 3 tasi arman tilida edi. Birok, XIX asrning boshida bu yodgorliklar yo’qoldi, tarjimalar esa 1771 yilda Ekaterina II hukmronlik qilgan davrda e`lon qilindi. YOzuvlarnyng asl ko’chirmalari Qozon arxivida qoldi. Faqat XIX asrga kelib, chet ellik U. Klaprot degan kishi 1805 yilda juda qiyinchilik bilan izlab topgan yodgorliklar 1836 yilda e`lon qilindi. endi Bayer va Ker haqida batafsilroq to’xtalmoqchimiz. Gochlib Zigfrid Bayer 1694 yilda Kenigsbergda tug’ilib, 1738 yilda Peterburgda vafot etgan. U Peterburgda 1726 yilning fevralidan sharq tillari kafedrasini boshqardi. Graf Osterman unga o’z kutubxonasidagi Xitoy kitoblaridan foydalanishga ruxsat berdi. So’ng Bayer mo’g’ul, sanskrit va manchjur tillarini o’rgana boshladi. 1730 yilda Peterburgda uning sharqshunoslik bo’yicha asosiy ishi e`lon qilindi. Lekin Bayer Rossiyada sharqshunos kadrlar tayyorlamadi. Faqat Kergina milliy sharqshunos kadrlar tayerlash ishini boshladi. Georg YAkov Ker (1692 yilda tug’ilib, 1740 yilda Peterburgda vafot etgan.) Bayerga qaraganda yaxshiroq ilmiy tayyorgarlikka ega edi. Ker Leyptsig universitetining magistri, bir qancha musulmon xalqlari tillarining bilimdoni edi. Rossiyaga u graf Osterman tomonidan taklif qilingan va tashqi ishlar kollegiyasida tilmoch hamda sharq tillari muallimi va-zifalarida edi. Ker Fanlar akademiyasida ishlamasa ham, 1733 yilda Akademiyada ko’rib chiqish uchun «Rossiya imperiyasida sharq fani va tillari jamiyati yoki akademiyasi» tashkil qilish loyihasini taqdim etdi. Afsuski, bu loyiha qo’lyozma holida qolib ketdi va akademik Fren 1821 ynldagina Fanlar akademiyasi arxividan bu qo’lyozmani topib oldi. Uzining loyihasida,- deb yozgan edi I. YU. Krachkovskiy, - Ker SHarqda asosiy va amaliy ishlar xodimlari tayyorlash masalalariga to’xtalgan, zarur o’quv qurollari yaratish haqida gapirgan. Keng tadqiqot ishlarini rejalashtirgan. Rossiya davlati uchun arab, fors, turk va tatar xalqlarining tarixiy manbalaridan olingan hujjatlarning ahamiyati katta ekanligini ta`minlagan edi.
V. V. Bartol’dning guvohlik berishicha, Ker arxivi T.I.M. ning Moskva kutubxonasida turibdi: 1877 yilning 24 avgustida «Rus gazetasi» sahifasida «Rus - Osiyo jamiyati» maqolasi e`lon qilindi. Maqolada jumladan quyidagilar aytiladi: «U (Ker) 1726-1737 yillarda Moskvada o’zining SHarq bo’ylab qilgan 30 yillik safari davomida yiqqan barcha ma`lumotlar to’plami bilan keldi, lekin buning uchun biz Pyotr I dan minnatdor bo’lishimiz kerak, chunki u ruslarni SHarq bilan tanishtirishga harakat qildi. SHuningdek, Kerni ham Rossiyaga u taklif qildi».
Keyinroq, 1732 yilda Ker ishga kirishgach, Peterburgga uning qo’lida til o’rganish uchun 6 ta shogird keldi:
Sergey YAkovlev - pod`yakning o’g’li, Pyotr Voronin - cherkov qorovulnning o’g’li, Vasiliy Goratintsev - ruhoniyning o’g’li, Fyodor CHernitsin - ikonachining o’g’li (ikkalasi ham falsafa maktabidan), Pyotr SHukin - o’ziga to’q dehqon o’g’li va Pyotr CHekal’skiy - pod`yak o’g’li (ikkalasi ham ritorika maktabidan). Hujjatlardan ma`lum bo’lishicha, Moskvadan kelgan shogirdlarning har biri xazinadan kuniga 8 tiyindan olar edilar, bu mablag’ juda oz bo’lib, sharq tillarini o’rganish ishlarini sekinlashtirib qo’ydi. Tashqi ishlar kollegiyasida ishlagan butun davr mobaynida Ker namunali pedagogik faoliyati bilan birga fors va turk tillaridagi risolalarni nemis tiliga yoki rus tilidan yuqoridagi tillarga tarjimalar qilganligini aytib o’tish kerak. Uning tashqi ishlar Ministrligi Bosh arxivi Moskva kutubxonasida saqlanayotgan juda ko’plab bosma qo’lyozma asarlari orasidan 137 ta harf tasvirlangan qo’lyozmalar daftarini biz birinchi o’rinda aytishimiz kerak. Turkiston general-gubernatori K. P. Fon-Kaufmanning 1876 yilda 45 nusxada e`lon qilingan kundaliklaridan olingan shu qo’lyozmaning surat ko’chirmalari ham qo’lyozma bilan birga turibdi. Kerning alfavitlar yig’ish bo’yicha buyuk ishlaridan keyin, sharq tangalari boy kollektsiyasi to’g’risida eslatib o’tishimiz kerak: bu erda Pekarmon tangalarining suratlari, arab xalifasi Muoviya ibn Marvon, Al-Mansur, Xorun-ar-Rashid va Samarqand, Marv, Bag’dod, Turkiya, Hindiston, Xitoy va boshqa yurtlarning tangalari tasvirlari uchraydi. Bu kollektsiya faqat o’zining boyligi bilangina emas, balki professor Ker qanchalik ter to’kib mehnat qilganligi bilan ham diqqatni tortadi: deyarli har bir tanganing old va orqa tomonidagi mayda-chuyda yozuv belgilar qog’ozda batafsil berilgan, ularning aniq qiymati va chiqarilgan vaqti ko’rsatilgan. Bu ishni Ker bosib chiqarishga tayyorlagan bo’lishi kerak, deb taxmin qilish mumkin. CHunki ish juda puxta bajarilgan. U tuzgan Kavkaz va O’rta Osiyo jo’g’rofik xaritasida daryo, dengiz, tog’, shahar va elatlar joylashgan hududlar ko’rsatilgan. Bu xarita SHarq haqida o’sha davrdagi jo’g’rofik bilim va tasavvurlarning namunasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Lekin uchinchi xarita, qora dengiz atrofidagi Turk erlarining xaritasi qirg’oqlar belgilanishi bilan ham, turli joylarning kattalikla-ri proportsional aks ettirilganligi bilan ham hozirgi xaritalardan farq qilmaydi. Bu qo’lyozma xaritani professor Ker 1723 yilda Konstantinopol’ shahrida chiqarilgan xaritadan ko’chirib olgan bo’lsa ham, avvalgi ikki xaritaga nisbatan ahamiyatliroqdir. Biz bu xaritada hozirgi Janubiy Rossiya va Tavriya yarim oroli erlarida juda ko’plab turkcha nomli joy va shaharlarni ko’ramiz: bularning ko’plari chorizm qo’l ostiga o’tishga ulgurganlar, lekin avvalgi nomlari saqlanib qolgan, boshqalari esa ruscha nom olganlar: bir qancha joylarning faqat nomi emas, o’zlari ham yo’q bo’lib ketgan va ular qiziqarli arxeologik tadqiqot va qazilma ishlari olib borish uchun manba bo’lishi mumkin. Uz takliflarimizni 2-3 misol bilan tasdiqlashga tayyormiz: SHu xaritada Oqmachitdan g’arbda eski - Furun (Eski Uchoq) shahri ko’rsatilgan. Lekin u yangi kartalarning birortasida ham yo’q. Xuddi shuningdek qrimning janubiy qirg’og’ida, YAlta yaqinidagi Kit, qurdak va boshqa shaharlar. Kafa va eski qrimning shimolrogidagi Sulton saroyi shaharlarini ham yangi xaritadan topa olmadik. Professor Ker qo’lyozmalarining eng mashhurlarini qisqacha sanab o’tar ekanmiz, bular uning Moskva Bosh arxivi fondida saqlanayotgan asarlarining 20 dan bir qismi ham emasligini aytib o’tishimiz kerak. Fondlardan birida esa uning e`lon qilingan va qilinmagan asarlari qancha (hamma fondlar uchun mufassal ro’yxat - katalog bor). SHuning uchun o’quvchini ogohlantirib qo’ymoqchimizki, biz professor Kerning yurisprudentsiya (huquqshunoslik) tarixi, fazoshunoslik va ilohiyotga oid ishlarining butun bir bo’limlariga qo’l urmadik. Bu qulyozmalarda musulmonlarni qanday qilib xristian diniga ishontirish haqida boshqa dalillar bilan birga, qur`ondan parchalar keltirib bildirgan o’ziga xos fikrlari diqqatni tortadi. endi esa o’quvchilarni prof. Ker tomonidan lotin tilida tayyorlangan «S-Peterburgda SHarq akademiyasi tuzish» loyihasi bilan tanishtirish qoldi. Loyiha yuqorida aytib o’tilganidek, 1822 yilda tasodifan topilgan edi. Bu loyiha 1730 yillardayoq Rossiyaning manfaatlari SHarq bilan qanchalar bog’liq ekanligini ko’rsatuvchi aniq dalil bo’lishi mumkinligini hisobga olib, P. S. Savel’evning yuqorida aytilgan shartnomasining qisqacha bayonini keltiramiz. SHarq tillarini o’rganish zarurligi:
Rossiya imperiyasi Turk sultoni, Kabardin va CHerkes, Dog’iston, SHirvon knyazlari, bundan tashqari qirg’iz, Tarxon, Boshqird xonlari, Xorazm sultoni hamda Buxoro xoni bilan turkiy-tatar tillarida yozma aloqalar olib borardi. Fors tilida esa eron shohi va Buxoro xoni qo’li ostidagi joylar va odatda buyuk mo’g’ullar deb atashadigan SHimoliy Hindiston imperatori bilan tez-tez yozishmalar olib borilardi;
CHerkeziya knyazlari va boshqalarga ularning o’z tillarida davlat hujjatlari yozib yuborish mumkin bo’ladi. Xatolarsiz yozilgan bu hujjatlar aniq, har ikkala tomon uchun tushunarli bo’ladi. Bu buyuk hind imperatoriga ham tegishlidir;
Osiyo elchilari ancha bilimdon, o’qimishli kishilari qurshovida Rossiya imperatori saroyiga tez-tez tashrif buyurishadi. Ular bilan nozik masalalarda suhbatlashish uchun ham tilmochlar zarur;
Tilmochlar, mansabdorlar va barcha fuqarolar bu ishlarda o’zlarining bilimsizligi uchun turli bahonalar qidirib yurishmasin;
Tatarlar, turklar, forslar, arablar, greklar va lotinlar tarixida Rossiya davlati uchun foydali turli hujjatlar mavjud. Lekin, ular tartibga keltirilmagan, mualliflar tekshirilmagan, bir voqeaning turli mamlakatlarga tegishli bayonlari taqqoslanmagan; qaysi tildaligiga qarab turlicha aytiladigan asl sharqona nomlar kelishilmagan va izohlanmagan;
Turkiya, Forsiya, Tataristonda xizmat qiluvchi harbiy boshliqlar, amaldor, maslahatchi va xizmatchilar bu erdagi xalqlarning urf-odati, tilini bilishi va ularni Rossiya davlatiga xizmat qildira olishlari zarur;
Mahalliy topshiriqlarni muharrir bajara olish uchun, asl rossiyaliklar SHarqqa borishlari uchun doimiy kunlik mashg’ulotlardan o’tishlari lozim. Bularning hammasi deydi, Ker, Rossiyada SHarq fani va tillarini o’rganuvchi ijtimoiy Akademiya ta`sis etish uchun etarli.
Do'stlaringiz bilan baham: |