Fanida n tuzuvchi: o’qt. B. Qurbonov


Tuhfat ul-Xoniy (Xon sovg’asi)



Download 1,67 Mb.
bet35/49
Sana07.03.2022
Hajmi1,67 Mb.
#485572
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
Тарихшунослик умумий

Tuhfat ul-Xoniy (Xon sovg’asi)
«Tuhfat ul-Xoniy» 1722-1782 yillardagi Buxoro xonligi tarixiga bag’ishlangan asar bo’lib, XVIII asr O’rta Osiyo tarixchiligida «Tarixi Rahimxoniy» degan nom bilan ham ma`lum. SHarqshunos B. Ahmedovning fikricha, asar muallifi Oxund mul­la Muhammad Vafo ibn Muhammad Zokir Karminaviy (1685-1769) va Nasaf (Qarshi)lik domullo Olimbek Niyozqulibek eshondir. Buxoro xonligining 1134 (1722-1182) 1768 yillar orasidagi tarixi qariyb 50 yillik voqealarni Muhammad Vafo, qolgan davr (1183) 1768-1196/1782 yillar voqealari va mang’itlardan chiqqan ikkinchi hukmdor Muhammad Doniyol hukmron­ligi yillaridagi (1172/1759-1199/1785) voqealar Niyozqulibek tomonidan «Tuhfat ul-Xoniy» asari «Tarixi Abulfayzxoniy» tarixiy asarining tabiiy davomidir. Bu ikki asar mualliflari haqida tarix fani hozircha hech qanday ma`lumotlarga ega emas. Faqat qozi Vafo haqida ba`zi ma`lumotlar bor. «Ubaydullanoma» ning muallifi Mir Muhammad Amin Buxoriyning yozishicha 1118/1196 yillarda qori Vafo Ubaydullaxonning kitobdori bo’lgan. Aftidan u bu vazifada Abulfayzxon davrida ham va hatto dastlabki mang’it hukmdorlari davrida ham ishlagan.
«Tuhfat ul-Xoniy» tarixchilik nuqtai nazaridan shunisi bilan qimmatliki, unda o’quvchi O’rta Osiyo xalqlarining xo’jalik, ijtimoiy, siyosiy tarixiga oid boy faktlarni topadi. Jumladan, unda ko’chmanchi turk-mo’g’il urug’larining etti yil (1722-1729) davomida Zarafshon vohasining o’troq rayonlariga bosqini natijasida farovon joylar huvillab qolgani yoritilgan.
Mulla Mahammad Vafo eron shohi Nodirning yangi mang’itlar dinastiyasining asoschisi Muhammad Rahimxonga u Buxoro xon­ligi hududida o’z hukmronligini o’rnatayotganida bergan katta ko’magini keng bayon etadi.
«Tuhfat ul-Xoniy» mualliflarining Buxorodagi birinchi man­g’it hukmdorlarining qo’shni davlatlar bilan o’zaro munosabatlari to’g’risidagi ma`lumotlari ham juda qimmatlidir, O’zaro ichki urushlarga Xo’jand va Toshkent hukmdorlari, Qo’qon xon­ligi, Qashg’ar va Afg’oniston ham tortilgan edi. Hukmdorlarning taxtga o’tirish marosimlari va yuqori davlat mansablariga tayinlash azaldan ma`lum bo’lsa-da, «Tuhfat ul-Xoniy» dagi Mu­hammad Rahimxonning taxtga o’tirishi marosimi bayoni oldingi-laridan o’zining mufassalligi bilan ajralib turadi. Xususan unda bunday yoziladi: “Farroshlar toj kiydiriladigan xonaga gilam va poyondozlar to’shadilar va taxtni o’rnatdilar. Munajjimlar toj kiyish uchun maqbul vaqtni belgilashar, keyin amir va boshqa amaldorlar, obro’li din vakillari (Mahdumi A`zam Kosoniy, Sayyid ota, Xo’ja Muhammad Islom Juyboriy va Xoja Ahror avlodi vakillari) taklif etilardi. Xonaga ko’zlari bog’liq Muhammad Rahimxonni olib kirib, oq kigiz ustiga o’tkazish-di. Kigizning to’rt burchidan obro’li to’rt urug’: mang’it, o’tarchi, bahrin va saroy urug’i vakillari, kigiz chetlaridan esa yuqorida aytilgan to’rtovlon ko’zga ko’ringan din arboblari va obro’li to’qsabo, sadr, rais va sarkardalardan bir necha kishi ushlab turishardi. SHundan so’ng, yangi hokimni taxtga o’tkazish va ziyofat, xonga sovg’a taqdim etish boshlandi. Xon esa marosimda qatnashayotgan kishilar elkasiga qimmatbaho to’n yopardi. Muhammad Rahimxon­ning nomiga xutba o’qitilib, katta qishloq va asosiy shaharlarda uning nomi bilan tanga zarb etildi. Ushbu manbaga qaraganda, davlat mansablariga eng avvalo, mang’it, xitoy-qipchoq, bahrin, saroy, kenagas, jaloir, o’tarchi urug’larining vakillari tayinlanardi. Muhammad Rahimxon davrida Davlatbiy mang’it (xonning tog’asi) Buxoroning parvonachisi; Xo’jamyorbiy (xitoy qip­choq) xonning otalig’i va bosh amiri (amir al umaro); G’aybulla biy bahrin - Miyonqoldagi ettita urug’ning vakili -devon begidir Doniyolbiy mang’it- (xonning katta tog’asi) Mirasadni (xon maslahatchisi), Jahongirbiy-xon jibachisi (moliya va xazina ishini boshqaruvchi),uning o’g’li-Ulug’ o’roqchi (hosilning bosh yig’uvchisi); Barotbiy mang’it-(xonning akasi) Samarqand va viloyat hukmdori, Imomquli mang’it-YAkkabog’ hukmdori va parvonachi; Nizomiddin Ma`sud- bosh hushbegi; Xudoyor kenagas- Buxoro dodhosi (shahar boshlig’i) etib tayinlandilar va hokazo.
Diniy mansablar quyidagicha taqsimlandi: Mahdumi A`zam Kosoniyning avlodidan bo’lgan Isxoqxo’ja o’runi shohnishin (musulmon dindorlari boshlig’i); Muhammad Islom avlodidan Nasrullo xoja-SHayhulislom; Muhammad Xoja Sayyid Atoiy - naqib; Nizomiddin Husayniy-Buxoro va viloyatning qozi kaloni; Xoja Ahrorning avlodi SHahobiddin Xoja Samarkand va viloyat­ning shayhulislomi etib tayinlandi va hokazo.
«Tuhfat ul-Xoniy» boy etnografik materialga ega. Asarda nafaqat urug’larning nomi, balki ular yashagan joy va aholi soni ham (d 107 a, 120 b.) keltirilgan. Masalan, o’sha davrda Miyonqol vohasida bahrin, etti urug’ va jaloirlar yashagan; SHahrisabz bekligida kenagaslar; Qarshi va uning atrofidagi tumanlarda mang’itlar; G’uzorda-saroylar, Nurotada-burgutlar, Qubadiyonda-do’rmonlar, Hisor, O’ratepa va Urgutda-tuz va o’tarchilar, Jizzaxda-qirqlar, Boysunda-qo’ng’irotlar yashagan. Bu ma`lumotlar O’rta Osiyoning XVIII asr etnik tarkibini o’rganishga katta yordam beradi.
«Tuhfat ul-Xoniy» jahonda ko’p (mamlakatimizda 23 ta, Angliyada 1, Saudiya Arabistonida 1 ta) nusxada bo’lishiga qaramay, juda kam o’rganilgandir. Muhammad Rahimxonning Seraxs yaqinida 1160/1747 yilda qizilboshlar bilan to’qnashuvn aks eggan ruschaga o’girilgan parchani hisobga olmaganda, asarning na bayoniy, na tarjima nashri yo’q.
SHunday qilib, O’rta Osiyoning XVI asr-XIX asrning birinchi yarmidagi tarixini yoritgan tarixiy asarlarning barchasida o’xshash kamchilik bor. Mualliflar shohlar va ularning atroflaridagi amaldorlarga xushomad qilib, voqealarni bejab yozadilar, ko’z oldilarida yuz bergan voqealar mohiyatiga chuqur kirib bora olmaydilar. Oqibatda xalq noroziligi, ularning ko’tarilishlari sabablarini, siyosiy hayotning asl qiyofasini to’g’ri yorita olmaydilar. Ular ham feodalizm tarixchilariga xos bo’lgan o’ta an`anaviy madhiyabozlikdan qutila olmaganlar. Ammo bunday nuqsonlar Sovet davri tarixchiligida ham uchraydi. SHunga qaramay, yuqoridagi asarlar o’sha davrlar tarixiy voqealarini o’rganishda qimmatli ilmiy manbalar hisoblanadi.
Tayanch iboralar:
Tarixi Guzida, Mehmonnomai Buxoro, SHayboniynoma, Binoiy, Qomus al-amal, Tarixi Muqimxoni, Ubaydullanoma, Tuxfat ul-Xoniy, Abdullanoma, Xofiz Tanish Buxoriy
Mavzuga oid savollar:

  1. «Tarixi Muqimxoniy» asarining muallifi kim?

  2. Kamoliddin Binoiy kalamiga mansub qanday asarlarni bilasiz?

  3. Buxoro xonligi tarixi yoritilgan kanday asarlarni bilasiz?

  4. «SHajarai Xorazshoxiy» asari va uning tarixshunoslikdagi ahamiyatini kursating.

Mavzuga oid adabiyotlar:

  1. Saidqulov T.S. O’rta Osiyo xalqlari tarixining tarixshunosligidan lavxalar. (1-qism). T. «O’kituvchi» 1993 y.

  2. Ahmedov B. O’zbekiston tarixi manbalari. (Qadimgi zamon va o’rta asrlar) T. «O’kituvchi» 2001 y.




Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish