II. Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy ta’lim sifatini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
II. Buxgalteriya hisobi va audit ta’lim yo’nalishlarida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va oliy ta’lim sifatini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar
7.
Buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida mutaxassislarni MHXS bo’yicha o’qitish chora-tadbirlarini ish beruvchilar hamda davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash.
1. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda xodimlarning MHXS bo’yicha o’qish va malaka oshirish xarajatlarini ish beruvchi tomonidan kafolatli qoplanishi mexanizmini joriy etish.
2020 yildan boshlab
Aksiyadorlik jamiyatlari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslar
2. Aksiyadorlik jamiyatlari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarda MHXSning amaliy qo’llanilishi natijalarini har yili o’rganish va aniqlangan muammolarni tahlil qilish.
Har yili
3. Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari va davlat organlari xodimlarini MHXS bo’yicha o’qitish ehtiyojlarini aniqlash.
Har yili
Moliya vazirligi (D. Sultanov)
4. Oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlari, talabalar, bitiruvchilar (oliy ta’lim muassasasini tugatgandan so’ng olti oy davomida) va davlat organlari xodimlarining buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida o’qitish va imtihonlarni topshirish bo’yicha xarajatlarini respublika byudjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplashning har yillik cheklangan qiymatlarini belgilashni nazarda tutuvchi vaqtinchalik tartibini tasdiqlash.
2020 yil 1 iyul’
8.
Tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalarida «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari bo’yicha o’quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish va mazkur tajriba loyihasini bosqichma-bosqich respublikadagi sohaga oid boshqa oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirish.
1. Oliy ta’lim muassasalarining o’quv dasturlarini akkreditatsiyadan o’tkazish masalalari bo’yicha MHXS sohasida yetakchi xalqaro professional tashkilotlar bilan muzokaralar o’tkazish.
2020 yildan boshlab
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov),
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
Tajriba oliy ta’lim muassasalari
2. Oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirokida o’quv dasturlarini akkreditatsiyadan o’tkazishning asosiy tartib-taomillari va bosqichlari bilan bog’liq masalalarni ishlab chiqish uchun xalqaro ekspertlarni taklif etish.
3. O’quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish bo’yicha tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari va akkreditatsiyadan o’tgan o’quv markazlari o’rtasida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish.
4. O’quv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun tajriba-sinov oliy ta’lim muassasalari hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining mas’ul xodimlarini belgilash.
5. «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» fanlari o’quv dasturlari mazmunini monitoring qilish tizimini shakllantirish, shuningdek, MHXSni qo’llash bo’yicha ommabop o’quv va amaliy materiallarni ko’paytirish.
9.
Respublikadagi oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari tarkibining MHXS bo’yicha kasbiy bilimlarini oshirishda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish.
1. Tizimli asosda o’quv jarayoniga va pedagog xodimlar malakasini oshirish kurslariga xorijiy mutaxassis va o’qituvchilarni jalb qilish.