ISHCHI FAN DASTURI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi
№ BD-5610200-2.08;
№ BD-5610300-2.10
2020 yil “___” _____
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor ___________ O’.Ch. Axmedov
2020 yil “___” _____________
|
«BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT»
FANINING
ISHCHI FAN DASTURI
(kunduzgi ta’lim shakli 3-kurs talabalari uchun)
Bilim sohasi: 600000 – Xizmatlar sohasi
Ta’lim sohasi: 610000 – Xizmatlar ko’rsatish sohasi
Ta’lim yo‘nalishi: 5610200 – Mehmonxoa xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
5610300 – Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)
Soatlar taqsimoti
Mashg’ulotlar turi
|
VI semestr
|
Ma’ruza
|
40
|
Amaliy mashg’ulot
|
40
|
Mustaqil ta’lim
|
62
|
JAMI:
|
142
|
TERMIZ - 2020
Fanning ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti tomonidan 2020 yil 29-avgustda ro’yxatga olingan “Buxgalteriya hisobi va audit” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Tuzuvchi:
Xudaykulov A. - TerDU Moliya kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
E.Avazov - TerDU “Moliya” kafedrasi mudiri, i.f.n.
B.Q.Qodirov - TerDU “Moliya” kafedrasi katta o’qituvchisi, i.f.n.
Ishchi fan dasturi Moliya kafedrasining 2020 yil 26 avgustdagi 1-sonli yig’ilishida muhokama qilingan va fakultet Kengashiga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: __________ i.f.n. E. Avazov
Ishchi fan dasturi Iqtisodiyot va turizm fakulteti kengashining 2020 yil “___”-____________dagi “___”-son yig‘ilishida muhokama qilingan va universitet o‘quv-uslubiy Kengashiga tavsiya qilingan.
Fakulteti dekani _______________ PhD Z.Samadov
Ishchi fan dasturi Termiz davlat universiteti o’quv-uslubiy kengashining 2020 yil “___” avgustdagi “___” -son yig`ilishida tasdiqlangan.
O’UB boshlig’i: K.Yadgarov
O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Respublikamizda xizmat ko’rastish va servis sohasini rivojlantirish ustuvor yo’nalishlardan biri hisoblanadi. Ushbu ustuvor vazifa xizmat ko’rsatig va servis sohasida boshqaruvning barcha dastaklari, chunonchi buxgalteriya hisobi va auditni zamon talabblari darajasida tashkil qilishni, ularni doimiy takomillashtirishni taqozo etadi. Bu, o’z navbatida, xizmatlar sohasi ta’lim yo’nalishlarida ta’lim olayotgan talabalarga buxgalteriya hisobi va auditga oid chuqur bilimlarni berish talabani qo’yadi. SHu bois, xizmatlar sohasi ta’lim yo’nalishlaridagi talabalarga “Buxgalteriya hisobi va audit” fanini o’qitish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu dastur buxgalteriya hisobining nazariy asoslari, aktivlar, xususiy kapital, majburiyatlar va moliyaviy natijalar hisobini yuritish, moliyaviy hisobotni tuzish, shuningdek auditning nazariy, tashkiliy-huquqiy asoslari hamda korxona faoliyatining auditorlik tekshiruvi, uning natijalarini umumlashtirish, rasmiylashtirish va tadbiq etish masalalarini qamrab oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |