Aniqlang: Bu holatga qanday baho berasiz? Holatlarni tahlil qiling.
7-masala. Sug’urta kompaniyasi auditorlik firmasiga audit o’tkazishni taklif qildi. Ammo auditorlar orasida sug’urta kompaniyasi faoliyatini yaxshi biladigan mutaxassis yo’q.
Aniqlang: Bu holatda auditorlik firmasi taklifni qabul qiladimi? Holatlarni tahlil qiling.
8-masala. Qandolatchilik fabrikasi boshqa bir auditorlik firmasi bilan shartnomani buzib, sizning auditorlik firmangiz bilan shartnoma tuzmoqchi.
Aniqlang: Bu holatda siz nima qilasiz? Holatlarni tahlil qiling.
9-masala. Siz faoliyat yuritayotgan auditorlik firmasiga televizor ishlab chiqarayotgan korxonadan audit o’tkazish yuzasidan taklif tushdi. Sizning turmush o’rtog’ingiz bu kompaniyada tovarlar sotish bo’yicha menedjer lavozimida faoliyat ko’rsatadi.
Aniqlang: Sizning firmangiz bu taklifni qabul qila oladimi? Holatlarni tahlil qiling.
10-masala. Sizning auditorlik firmangiz mijozga moliyaviy hisobot tayyorladi. Uch haftadan so’ng mijoz telefon orqali qaysidir hujjatda xatoga yo’l qo’yilganligini e’lon qildi.
Aniqlang: Xatoni yuzaga kelmasligi borasida qanday sifat nazorati tadbiri amalga oshirilishi lozim. Holatlarni tahlil qiling.
16-mavzu: Korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati auditini o’tkazishning metodologik asoslari
Quyidagi atamalarga izoh bering: Malakaviy talablar, ahloqiy talablar, auditor malakasini oshirish shartlari, kasb etikasi, auditor kompetentligi, maxfiylik, mustaqillik, vijdonlilik, adolatlilik, litsenziya talablari, litsenziyani bekor qilish va to’xtatish, auditor ish sifatini nazorat qilish.
NAZORAT SAVOLLARI
Buyurtmachi mustaqil ravishda auditorlik tashkilotini (auditorni) tanlash huquqiga egami?
Qanday holatlarda audit o’tkazish uchun shartnomani tuzish mumkin emas?
Auditorning huquqlari va majburiyatlari qaysi me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan?
Qaysi hujjatda buyurtmachining huquqi va majburiyatlari aniqlanadi?
Buyurtmachining javobgarligiga nimalar kiradi?
Auditorlik tashkilotining (auditorlarning) javobgarligiga nimalar kiradi?
Auditorlik malaka sertifikatini olish uchun qanday talablar qo’yilgan?
Auditorlik faoliyatini yuritish uchun litsenziyani olishda Moliya vazirligiga qanday xujjatlar taqdim etilishi shart?
Auditorlar qanday ahloq me’yorlariga amal qilishlari lozim?
Auditor boshqa auditor yoki ekspert ma’lumotlaridan foydalanishi mumkinmi, ularni o’zaro munosabatlari qanday bo’lishi lozim?
Auditor tekshirilayotgan korxonani roziligisiz u xaqidagi ma’lumotni oshkor qilish mumkinmi?
Auditorlar palatasi funktsiyalari nimalardan iborat?
Auditorlik faoliyatini kim nazorat qiladi?
Auditorlik kasbiga qanday malakaviy talablar qo’yilgan?
Auditning Axloq kodeksi to’g’risida nimalar bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |