Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


Tadbirkorlik riskini baholash mezonlari.*



Download 14,49 Mb.
bet213/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Tadbirkorlik riskini baholash mezonlari.*



Risk omillari

Tadbirkorlik riskining darajasi

Korxona faoliyat
ko’rsatayotgan iqtisodiy
vaziyatni aniqlash

Sog’lom

Depressiya, stagnatsiya

Korxona faoliyat ko’rsatayotgan tarmoq tavsifi

Barqaror, tashqi shart-sharoitlar ta’sirini sekin qabul qiladi

Nisbatan yangi,
tashqi o’zgarishlarga
ta’sirchan

Korxona boshqaruv siyosati

Passiv

Aktiv

Nazorat tizimi

Ma’muriy nazorat yaxshi yo’lga qo’yilgan

Nazorat bo’sh; boshqaruv tizilmasi kuchli
markazlashtirilgan

O’tgan davrlar uchun auditorlik tekshiruvlar natijalari

Ijobiy xulosa

Auditorlik
tekshiruvlari bo’lmagan, o’tkazilgan bo’lsa ham ularning natijasi bo’yicha yoki salbiy
xulosa berilgan yoki
xulosa berishdan bosh
tortilgan; auditorlar
tez-tez o’zgarib turadi.

Rahbariyat o’zgarishi

Yuqori

Past

Korxonaning
moliyaviy ahvoli

Ishonchli

Barqaror emas

Sudlashuv holatlarining vujudga kelish ehtimoli

Jiddiy emas

Jiddiy

Boshqaruvchilar va
mulkdorlarning
obro’ - e’tibori

YAxshi

YOmon

Ularning ish
tajribasi

YUqori darajada

Past darajada

Mulkchilik shakli

Ochiq turdagi
aktsiyadorlik
jamiyati (OTAJ)

YOpiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati (YOTAJ)

Mijozning auditorlar roli va ma’suliyatla-
rini tushunishi

Aniq

Noaniq

Manfaatlar ziddiyati, tartibga solish
muammolari

Jiddiy emas

Jiddiy

Mazkur turdagi biznesning korxona faoliyat ko’rsatayotgan xududga kirib kelish darajasi

Past

YUqori

* -Основы аудита. Учебник под редакцией Я. В. Соколов, Москва «Бухгал-


терский учёт» 2000г. 130-131 с.

Mijoz-korxonannig imkoniyatlari va xato-kamchilikla-rini taxlil qilish quyidagilarni e’tiborga olishni taqozo etadi: bozordagi dinamika (o’sish, pasayish, kon’yunkturaning o’zgarishi); texnologiyadagi o’zgarishlar (yangi mahsulot-lar yaratish); iqtisodiy ahvol(ko’tarilish, pasayish); ijti-moiy omillar (shakllangan ijtimoiy institutlar va munosa-batlar); ekologiya kabi masalalarni nazarda tutadi.


Nazorat (nazorat vositalari) riski – NR (CR-Control risk) – bu korxonaning mavjud va muntazam qo’llanilib kelinayotgan buxgalterlik hisobi tizimi va ichki nazorat tizimi vositalari alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy ahamiyat-ga ega bo’lgan kamchiliklarni o’z vaqtida aniqlay olmaslik va tuzata olmaslik (yoki bunday kamchiliklar vujudga kelishining oldini olish) ehtimolining auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlangan ko’rsatkichidir.
Ichki nazorat tizimini tekshirishning ahamiyati shundan iboratki, auditorlik tashkiloti tomonidan bajariladigan ishlar hajmi, shuningdek, tekshiruv muddatlari va qiymati aynan mana shunga bog’liq. SHu boisdan, ushbu masalani batafsilroq ko’rib chiqish zarur.
Mijoz-korxona ma’muriyati samarali ichki nazorat tizimini ishlab chiqishda quyidagilarni e’tiborga olishi lozim: korxona mulklari va hujjatlarining saqlanishi; bosh-qaruv uchun ishonarli ma’lumot olish; ishlab chiqarish samaradorligini oshirish; qonun hujjatlari talablari va hisob siyosatining qoidalariga rioya qilinishi.
Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi quyidagi qoidaga asoslaniladi: ichki nazorat tizimi uchun qilinadigan jami xarajatlar uning bo’shligi sababli mazkur davrda kutilayotgan zararlar miqdoridan oshmasligi lozim.
Ichki nazorat tizimini o’rganishda quyidagi 4 ta asosiy tamoyilga tayaniladi:
1. Ichki nazorat tizimining tashkil etilishi va faoliyat ko’rsatishi uchun ma’muriyat javobgarligi;
2. Ichki nazorat tizimi to’liq bo’lmasayam moliyaviy hisobotning yetarli darajadagi haqqoniyligi va ishonchliligiga ishonch hosil qilishi.
3. Mavjud cheklashlar: agar ichki nazorat tizimi, uning ishlab chiqarish va amalda qo’llanish hususiyatlari hisobga olinmasa, uni samarali deb tan olish mumkin emas;
4. Axborotni ishlash uslubi: ichki nazorat tizimi axborotlar qo’lda ishlanganida ham, kompyuterda ishlanganida ham, samarali ishlov berishni ta’minlashi lozim.
Nazorat muhiti, hisob tizimi va nazorat amallari ichki nazorat tizimining muhim elementlari hisoblanadi.
Aniqlanmaslik riski (AR) - ya’ni xatolar va moliyaviy hisobotdagi kamchiliklarning aniqlanmaslik (ko’zga tashlanmaslik) riski (DR-Detektion risk) – bu auditorlik tekshiruvi jarayonida qo’llaniladigan auditorlik amallarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda haqiqatan mavjud bo’lgan har biri alohida-alohida yoki birgalikda jiddiy hisoblangan xatolar hamda kamchiliklarni aniqlash imkoni yo’qligining ehtimolidir. Bunday ehtimollik auditor tomonidan sub’ektiv tarzda aniqlanadi. SHuningdek, auditor ishlarining sifat ko’rsatkichi, auditorning malakasi va muayyan auditorlik tekshiruvining o’tkazilish xususiyatlariga bog’liq.
Aniqlanmaslik riskini ikki guruhga bo’lish mumkin:
1. Tahliliy risk –bu tahlil amallari (ishlari) bajarilganda jiddiy xatolarga yo’l qo’yilish riskidir. Bunday xatolarni auditor ko’rishi mumkin, ammo juda murakkabligi hamda o’zining maxsus malakasi yetishmasligi sababli tushunmasdan o’tkazib yuborishi mumkin.
2. Tanlashdagi risk –bu jiddiy xato-kamchiliklarning nazorat testlarini o’tkazish (tanlab olish) chog’ida ham, xo’jalik muomalalarini mohiyatan tekshirish chog’ida ham aniqlanmay qolish ehtimolidir.
Aniqlanmaslik riski - auditorlik faoliyatining sifati va samaradorligini baholaydigan ko’rsatkich bo’lib, u muayyan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tartibiga, hamda auditorlar malakasi va ularning xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati bilan oldindan tanishlik darajasiga bog’liq. Auditor ichki xo’jalik riski va nazorat vositalarining riskini baho-lash asosida o’z faoliyatida yo’l qo’yishi mumkin bo’lgan aniq-lanmaslik riskini aniqlashi lozim. Aniqlanmaslik riski-ning imkon qadar pasaytirilgan ko’rsatkichini hisobga olgan holda tegishli auditorlik amallarini rejalashtirishi lozim.
Ta’kidlash joizki, auditorlik risklarining maqbul to’plamini tashkil etuvchi elementlar(IR, CR, DR)ni tahlil qilishdan asosiy maqsad aniqlanmaslik riski (DR) ni baho-lashdan iborat. Ushbu fikrni tasdiqlash uchun auditorlik risklar maqbul to’plami(DAR)ning tarkibiy qismlarini chuqurroq o’rganishga doir bir necha misollar keltiramiz.

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish