III. MHXSning ahamiyati va mazmunini tushuntirish bo’yicha chora-tadbirlar
14.
|
Tashkilotlar rahbarlari va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari uchun MHXSni qo’llash masalalari bo’yicha faol axborot-uslubiy qo’llab-quvvatlashni amalga oshirish.
|
Mavzuli seminarlar, «davra suhbatlari» va boshqa tadbirlarni tashkil etish.
|
Grafik asosida
|
Moliya vazirligi (D. Sultanov), buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov)
|
15.
|
Ushbu qaror talablarini yetkazish va tushuntirish bo’yicha tadbirlar tashkil etish.
|
MHXSning ahamiyati to’g’risidagi axborotlarni davlat organlari hamda buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari veb-saytlarida joylashtirish.
|
Media-rejaga muvofiq
|
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
Markaziy bank (I. Norkulov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi
(O. Nazirov)
|
16.
|
Tadbirkorlik sub’yektlari moliyaviy hisobotni MHXS bo’yicha tayyorlaganda, buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tayyorlanadigan moliyaviy hisobotni taqdim etishdan ozod etilishi tartibi belgilanganligi haqida tadbirkorlik sub’yektlarini xabardor qilish.
|
Tadbirkorlik sub’yektlariga «soliq to’lovchining shaxsiy kabineti» orqali xabarlar yo’naltirish.
|
2020 yil davomida
|
Davlat soliq qo’mitasi
(B. Musayev)
|
17.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarni quyida belgilangan yangi talablar to’g’risida xabardor qilish:
2021 yildan boshlab hisob yuritish va 2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni tayyorlash faqat MHXS asosida amalga oshirilishi;
buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida «MHXS bo’yicha moliyaviy hisobot» fanini muvaffaqiyatli topshirganlik to’g’risida hujjatga yoxud xalqaro buxgalter sertifikatiga (ASSA va ASSA DipIFR, SRA, CIPA, 2022 yil 1yanvardan boshlab esa — ACCA va ACCA DipIFR, CPA) ega bo’lgan kamida uch nafar mutaxassis miqdorida MHXSni sifatli qo’llash uchun yetarli bo’lgan xodimlar sonini bosqichma-bosqich ta’minlash.
|
1. Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari va yirik soliq to’lovchilar toifasiga kiruvchi yuridik shaxslarga xabarnomalar yuborish.
|
2020 yil davomida
|
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov), Kapital bozorini rivojlantirish agentligi (O. Nazirov),
Markaziy bank (I. Norkulov)
Davlat soliq qo’mitasi
(B. Musayev)
|
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi tegishli ichki hujjatlarni (hisob siyosati, lavozim yo’riqnomasi, funksional majburiyatlar) qabul qilish:
buxgalteriya xizmati xodimlarining malakasini har yili tegishli lavozim uchun talab etiladigan darajada oshirishni ta’minlash;
MHXS asosida tuzilgan moliyaviy hisobotni MHXS sohasida sertifikatga ega bo’lgan mutaxassis tomonidan imzolanishi;
sertifikatlangan xodimlar mehnatini munosib rag’batlantirish tizimini joriy etish;
ushbu qarordan kelib chiqadigan yangi talablar.
|
Aksiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug’urta tashkilotlari,
davlat ulushi ishtirokidagi xo’jalik jamiyatlari
|
18.
|
Buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan MHXS fondi bilan birgalikda MHXSni joriy qilish va amalda qo’llash bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani tarqatishda faol ishtirok etish.
|
1. MHXS fondi va Buxgalterlarning xalqaro federatsiyasi (BXF) bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish.
|
Doimiy ravishda
|
Moliya vazirligi (D. Sultanov),
buxgalter va auditorlarning respublika jamoat birlashmalari
(M. Tulaxodjayeva, N. Karimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, tadbirkorlik sub’yektlari
|
2. Xalqaro tashkilotlarning mutaxassislarini jalb etgan holda quyidagilar bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish:
MHXSni dastlab va kelgusida qo’llash;
MHXS asosida moliyaviy hisobotni tuzish.
|
2020 yil davomida
|
3. Xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda MHXSni qo’llashning dolzarb masalalariga doir seminar
va treninglarni o’qituvchilar, talabalar va buxgalteriya hisobi xizmati xodimlari ishtirokida tashkil etish.
|
Media-rejaga muvofiq
|
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi PQ-4611-son qaroriga
2-ILOVA
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 sentyabrdagi «O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3946-son qarorining 5-bandiga kiritilayotgan o’zgartirishlar
1. Birinchi xatboshidan «2020 yil 1 yanvardan» degan so’zlar chiqarib tashlansin.
2. «a» kichik bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«a) 2020 yil 1 yanvardan hisobot yili yakuni bo’yicha quyidagi shartlardan bir vaqtning o’zida ikkitasiga javob bergan tijorat tashkilotlari ham har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o’tishi lozim:».
3. «b» kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
«b) O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuniga tegishli o’zgartirishlar kuchga kiradigan kundan boshlab auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatini faqat Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tomonidan nashr etiladigan xalqaro audit standartlari asosida amalga oshiradi;».
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020 y., 07/20/4611/0209-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |