Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua bilim sohasi


III Mavzu: Dinlar tasnifi



Download 2 Mb.
bet88/261
Sana17.01.2022
Hajmi2 Mb.
#381798
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   261
Bog'liq
дин мажмуа 2021

III Mavzu: Dinlar tasnifi.
REJA:

1. Dinlarning tasniflanishi va ularning o’ziga xos xususiyatlari.

2. Milliy dinlar: Yahudiylik, Hinduiylik, Jaynizm, Sikxizm.

3. Konfutsiylik, Daosizm, Sintoizm.


1. Jahondagi barcha dinlar 3 yirik guruhga bo’linib,bular

1) Urug’-qabila dinlari

2) Milliy davlat dinlari

3) Jahon dinlaridan iboratdit.

1)Urug’-qabila dinlari ibtidoiy jamiyatda vujudga kelib ularga dinning tarixiy shakllari, animizm, fetishizm, totemizm, shomonizm va magiya kiradi.

2)Bir yoki bir nechta millat e’tiqod qiladigan dinlar milliy davlat dinlari deb nomlanib ularga hinduizm, jaynizm, sikxizm, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, iudaizm va zardushtiylik dinlari taalluqlidir.

3) Jahon dinlari yer yuzasidagi ko’plab xalqlar tomonidan e’tiqod qilinadigan dinlar bo’lib, ularga buddaviylik, xristianlik hamda islom dini kiradi. Yer yuzi aholisining yarmidan ko’pi jahon dinlariga e’tiqod qiladi.

2. Iudaizm yahudiylarning milliy davlar dini bo’lib, er. Av. XII asrda Falastinda vujudga kelgan hamda yakka xudolik g’oyasini targ’ib qilgan dindir. Yahudiylik ta’limoti 4 asosga tayanadi. 1.Olamlarni yaratuvchi yagona xudo-Yaxvega imon keltirish. Yaxve so’zi “rabb, parvardigor ma’nosini bildiradi.

2.Yahudiylar o’zlarini xudo tomonidan saylangan, eng mumtoz, muqaddas xalq ekanligi va yahudiyning ruhi xudoning bir qismi hisoblanishini da’vo qiladilar.

3.Messiya- xaloskorning kelishi haqida. Unga ko’ra oxirzamonda Yaxve yahudiylar orasidan bir xaloskorni chiqaradi va u dunyoni isloh qilgan holda qaytadan quradi, butun yahudiylarni Sinion atrofida to’playdi hamda ularning barcha dushmanlarini jazolaydi.

4.Oxirat kuniga ishonish.Yahudiylikda oxirat haqidagi tasavvurlar asosan Talmudda bayon etilgan bo’lib, unga ko’ra, Yaxveda chin e’tiqod qilganlar oxiratda mukofotlanadilar. Aksincha uning qonunlarini buzganlar shavqatsiz jazo oladilar.Yahudiylarning diniy ta’limoti bo’yicha Muso payg’ambar Tur tog’ida Yaxve bilan uchrashganida Yagona xudo tomonidan 10 ta lavha tushirilgan bo’lib, bu lavhalarda din asosini tashkil etgan 10 ta nasihat o’z ifodasini topgan. Bu nasihatlar Tavrotnng “Ikkinchi qonun” kitobidan o’rin olgan bo’lib, yahudiylar ularga qat’iy rioya qilishlari shart, deb hisoblanadi. Bu 10 ta nasihatning 1, Yaxvedan boshqani iloh deb bilmaslik. 2. But, sanam va rasmlarga sig’inmaslik. 3. Bekordan-bekorga Xudo nomi bilan qasam ichmaslik. 4. Shanba kunini hurmat qilish va uni Xudo uchun bag’ishlash. Yahudiylik ta’limotiga ko’ra, Yaxve olamlarni yaratishni yakshanbada boshlab, juma kuni tugatdi, shanba kuni esa dam oldi va yahudiylarga ham shu kuni dam olishni buyurdi. Shu sabab yahudiylik dinida shanba kuni ulug’ kun hisoblanib, hech bir ishga qo’l urilmaydi. 5. Ota-onani hurmat qilish. 6. Nohaq odam o’ldirmaslik. 7. Zino qilmaslik. 8. O’g’rilik qilmaslik. 9. Yolg’on guvohlik bermaslik. 10. Yaqinlarining narsalariga ko’z olaytirmaslik.

Yahudiylarning muqaddas diniy manbalaridan hisoblangan Talmudda yahudiylik marosimlari tizimi ishlab chiqilgan bo’lib, unda yahudiylar amal qilish va bajarishi lozim bo’lgan 248 ta buyruq, 365 ta ta’qiq mavjud. Ular yahudiylarning ovqatlanishi, kiyinishi, ozodaligi, kun tartibi, ibodatlari marosimlar va bayramlariga taaluqli masalalarini o’z ichiga olib, har bir yahudiy ushbu buyruq va ta’qiqlarga umri davomida rioya qilishi shart bo’lib hisoblanadi. Yahudiy dinining muqaddas kitobi Muso payg’ambarga Tur tog’ida berilgan Torya ya’ni Tavrot, ikkinchisi Tavrotdan keyinroq paydo bo’lgan yozma manba Talmuddir. Tavrot bibliyaning “qadimgi ahd” qismini tashkil etib, u Musoning besh kitobi deyiladi. Bu kitoblar 1) Borliq yoki ibtido, 2) Chiqish, 3) Levit, 4) Sonlar, 5) Ikkinchi qonun.

Hindistonda braxmanlik dinini isloh qilish, uning marosimlarini xalqqa yaqinlashtirish natijasida hinduizm dini vujudga keldi. Hinduizm ibodatxonlari dabdabali va ulkan qilib qurilib, ibodatxonalarda diniy marosimlar o’tkazila boshlandi. Avvallari xudolar samoviy tarzda aks ettirilgan bo’lsa, endi xudolar odamlarga o’xshab tasvirlanib, ularning tasvirlari ibodatxonalarga osib qo’yiladigan bo’ldi. Hinduizmda butparastlik, qadimiy diniy tasavvurlar, masalan suvni, ayniqsa Gang daryosining suvini muqaddas deb hisoblashdan iborat xilma-xil marosimlar, urf-odatlar saqlanib qoldi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchi kishilar Gang daryosining suvini har qanday gunohni yuvishga qodir deb hisoblab, Gang qirg’og’ida o’lishni o’zlari uchun baxt deb hisoblaydilar. Hinduizmda muqaddas hayvonlar, tabiat hodisalari, ajdodlar ruhiga sig’inish kabi avvalgi dinlarning ko’p unsurlari saqlanib qolgan. Barcha hinduiylar bajarishi majburiy bo’lgan talablar - 1.Vedaning muqaddasligini tan olish (muqaddas kitob). 2.Ruhning abadiyligi. 3.Jonning ko’chib yurishi. 4.Kastalarning xudo tomonidan yaratilganligi.



Hinduizmning aqidaviy ta’limoti va marosimlari “Muqaddas kitob”- “Veda” da o’z aksini topgan. Hinduizmda kastachilik tizimi 1)braxmanlar, 2) kshatriylar, 3)vayshiylar, 4) shudriylar tan olinadi. Hinduizm ko’pxudolik din bo’lib, braxmanlikning Braxma, Shiva, Vishnu, Indra kabi xudolari unda ham saqlanib qolgan. Hinduizm ta’limotiga ko’ra, olam hayotning hamma shakllarini Braxma yaratgan bo’lib, bugungi kunda Braxmaga emas, Vishnu va Shivaga sig’inadilar. Hinduizm ta’limotiga ko’ra, olam ma’lum bir davr ichida yashaydi. Olamning har bir yashash davri 4 mlrd 320 mln yilga teng bo’lib, bu davr ichida yuksak taraqqiyot so’nib, yemirilish sodir bo’ladi, deb targ’ib qilinadi. Hinduizmda jannat va do’zax tushunchlari ham mavjud bo’lib, bu dinning aqidalariga ko’ra, odamzod yaratilishidanoq ijtimoiy jihatdan tengsiz qilib yaratilgan, bu tengsizlikni real hayotda tugatib bo’lmaydi. Inson ruhi abadiyligi uchun u o’lgan jasaddan yangi tu’gilgan inson tanasiga ko’chib o’tadi deb hisoblanadi diniy ta’limotda. Inson o’z hayotida nimaniki yomonlik qilsa, uning jazosini narigi dunyoda tortadi. Dindorlar Vishnu va Shivaga atab qurilgan ibodatxonalarga kelib xudolarga sig’inadilar, ularga atab qurbonliklar qiladilar, narzu-niyozlar olib keladilar.

Hinduiylikka ko’ra, murda ko’milmaydi, balki kuyduriladi. Muqaddas hisoblangan Gang sohillariga tumonat xalq yig’ilib, agar vafot etgan hind Gang daryosi yohasiga kuydirilsa, u shubhasiz jannatga ketadi. Kishilar dafn marosimidan qaytishlarida Gang suvidan idishlarga olib keladilar va boshqalarga ulashadilar. Hinduiylik diniga o’tishni istagan odamning Hindistonda mavjud bo’lgan 4 kastaning muqarrar birortasiga mansub bo’lishi kerak edi. Shuning uchun hinduiylik jahon diniga aylana olmadi. Bugungi Hindiston aholisining 83 %i shu dinga e’tiqod qiladi. Hinduiylik dini har bir inson yuksak taraqqiyot bosqichida qayta tug’ilishi mumkin deb ta’lim beradi, Hinduiylik Nepal, Shri-Lanka, Bangladesh kabi mamlakatlarda qisman tarqalgan. Jaynizm er.av. VI asrda Hindistonda vujudga kelib, bu dinning asoschisi kshatriya kastasidan chiqqan afsonaviy Vardxamana Maxavira ya’ni Jinna edi. Jaynizm ana shu nomdan kelib chiqqan bo’lib, bu diniy ta’limot Hindistondagi kastachilik tuzimiga qarshhi chiqadi. Rivoyatlarga ko’ra, Jaynizm ta’limoti asrlar osha 24 ustoz-payg’ambar orqali yetib kelgan bo’lib, ularning eng so’nggisi Jinna Taxallusini olgan Vardxamana Maxavira edi. Jinna “Karma” deb yuritiladigan “Qasos” qonunini yenggan g’olib hamda diniy najot yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etgan shaxs sifatida tanilgan bo’lib, Jaynizm tarafdorlari o’zlarining yarim afsonaviy payg’ambarlariga xudolariga sig’ingandek sig’inadilar. Jaynizm ta’limotiga ko’ra moddiy dunyo yovuzlikdan iborat bo’lib, inson ulardan xalos bo’lish uchun kurashishi zarur. Xalos bo’lish esa har kimning o’ziga bog’liqdir. Xalos bo’lishga najotga hamda abadiy rohat-farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechirish orqaligina erishish mumkin bo’lib, Jaynizm eng ashaddiy tarafdorlari hatto oddiy kiyim kiyib yurishdan ham voz kechganlar. Jaynizm ta’limotiga ko’ra inson joni uning barcha qilmishlari uchun javobgar bo’lib, insonning bu barcha qilmishlari qasos qonuni asosida ro’y beradi. Najotga hamda rohat-farog’atga faqat taqvodorlik bilan hayot kechiradigan odamgina erisha oladi. Jaynizmda 2 ta asosiy yo’nalish digambarlar va shvetambarlar yo’nalishlari mavjud bo’lib, digambarlar hayotdagi barcha lazzatlardan voz kechsalar, shvetambarlar uning ma’lum qismini saqlab qolishga harakat qiladilar. Sikxizm Sanskrit tilida “shogird” degan ma’noni bildirib, bu din XVI asrda Hindistonda vujudga kelgan. Sikxizm bir tomondan Hinduizm himoya qilgan kastachilikka qarshi kurashni yoqlab chiqqan bo’lsa, ikkinchi tomondan musulmonlar bosqiniga qarshi milliy kurash harakati edi. Sikxizm dinining asoschisi guru ya’ni ustoz-kshatriya kastasidan chiqqan Nanak bo’lib, dastlab bu din mayday savdogar va hunarmandlarning kastachilik tuzumi va feodal zulmiga qarshi noroziligini ifodalagan bo’lsa, XVII asrda sinxlar jamoasiga ko’plab dehqonlar qo’shilib, jamoa harbiy-demokratik tashkilot tusini oldi. Bu kastachilik va qabiladoshlikdan yuz o’girgan teng huquqli insonlar jamoasi bo’lib, sikxizm dini feodallikka qarshi kurash mafkurasiga, Boburiylar imperiyasi va inglizlar zulmiga qarshi kurash bayrog’iga ham aylandi. Hinduiylik dinidagi asosiy g’oya diniy bo’linishni tugatish, hammani shu jumladan hinduiylik diniga va islom diniga e’tiqod qiluvchilarni yagona dinga birlashtirish g’oyasi edi. Sinxizm harakati XVII asrda sikxlarnin kuchli davlati tuzilishi bilan yakunlandi. XVIII asrda ular Panjobni ham egallab, bu davlat keyinchalik tipik feodal davlatga aylandi. Bu davlat 1849 yilgacha, ya’ni inglizlar tomonidan istilo qilingincha yashadi. Sinxizm ta’limoti uning muqaddas kitobi “Granxt Sohib” ya’ni Janob Kitobda bayon etilgandir. Bu kitob asosan Guru ya’ni ustozning pand-nasihatlari hamda hayoti haqidagi lavhalardan iboratdir. Sikxlar jamoasi bugungi kunda ham Panjobda mustaqil Xoliston davlati tuzish uchun kurashmoqdalar.

3. Daosizm aslida er. Av. IV-III asrlarda Xitoyda paydo bo’lgan falsafiy ta’limot bo’lib, uning asosida er. Eav.II asrda daosizm dini shakllandi. Daosizmning falsafiy prinsplari “Dao Detszin” kitobida bayon etilgan bo’lib, bu asar Xitoy faylasufi Lao Szi tomonidan yozilgan. Asarning asosiy tushunchasi “dao” (yo’l) bo’lib, u olamning mohiyati va bosh sababi, dunyoning turli-tumanligi manbai, barcha narsalarning asosi deb tushunilgan. Bu go’yo qandaydir yo’l bo’lib, atrofni o’rab olgan olam va barcha kishilar va shu yo’l bilan borishi lozim. ”Dao” diniy mazmun kasb etgan yo’lgina bo’lib qolmay, ayni paytda u hayot tarsi, usuli, prinsiplari ham edi. Daosizm dinida uch xudo –Shan Di, Lao-Szi hamda dunyoning yaratuvchisi Pant Gu boshchiligida xudolar panteoni shakllangan. Shan Di osmon xudosi, Oliy ruh, qudrat va osmon o’g’illari bo’lgan imperatorlarining otasi hisoblanardi. Daosizm dini o’z ibodatxonalariga, muqaddas kitoblariga, diniy xizmatlarni bajaruvchi ruhoniylarga ega. Bu dinning diniy tashkiloti ierarxiya prisnipiga asoslangan bo’lib, ierarxiyaning boshida oily ruhoniy (patriarx)- Tyan-Shi ya’ni samoviy ustoz turadi. Uning sulolasi II asrda vujudga kelib, oily ruhoniy oilaviy turmush qura olar edi. U o’z dindorlari orasida juda katta obro’ga ega bo’lgan. Daosizmda oilaviy turmush qura oladigan ruhoniylar ham shu bilan birga rohiblar ham mavjuddir. V asr boshiga kelib daosizm ta’limoti va marosimlari rasmiylashgan, u davlat diniga aylangan. Shu bilan birga uning zamiriga ilohiyot masalalari, aqidalar marosimlarini mustaqil talqin etishlari bilan farq qiluvchi ko’plab sektalar vujudga kelgan.

Qadimgi Xitoyda Lao Szi falsafiy ta’limot bilan deyarli bir davrda Kun Szi ya’ni Konfutsiyning falsafiy ta’limoti ham paydo bo’lgan. Konfutsiy garchi, somoni oily ruhiy qudrat ajdodlariga qurbonlik keltirishni ularni ezozlashning asosiy ifodasi deb bilsa ham, o’z ta’limotida osmon sirlari muammolarini deyarli tilga olmagan hamda ruhlar va narigi dunyo kabi tushunchalarga kam e’tibor berilgan. Konfutsiyning falsafiy va axloqiy g’oyalari markazida inson, uning aqliy va ma’naviy qiyofasi, olamdagi hamda jamiyatdagi o’rni, vazifasi muammolari turadi. Konfutsiy fikriga, olamdagi barcha mavjudod singari insonning taqdiri ham samoviy qudratga bog’liq, shuning uchun odamlarning olijanobligi yoki tubanligi, oily yoki past tabaqaga mansubligini o’zgartirib bo’lmaydi. Binobain podsho podsholigicha, fuqaro fuqaroligicha, ota-onaligicha, farzand farzandligicha qolishi kerak. Bunday g’oya eng avvalo mavjud g’oyani saqlab qolishini nazarda tutar edi. Shu bilan birga, Konfutsiy idea, oily inson, asl, mard kishi konsepsiyasini ishlab chiqqan. Bu konsepsiyaga ko’ra odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatgo’ylik, xaqgo’ylik, samimiyat, farzandlik izzat-hurmati kabi yuksak ma’naviy fazilatlarga erishishi tufayli yuksak kamolotga yetishuvi mumkin. Eramizning boshlarida Konfutsiyning ta’limoti Xitoyda hukumron dinlarning biriga aylanib, Konfutsiychiylik dinining asosi bo’ldi. Konfutsiychiylikning manbai uning izdoshlari yozgan “lung-Yuy” ya’ni suhbatlar va mulohazalar kitobidir.

Konfutsiychilikning maqsadi xalqni mavjud tartib-qoidalarni hurmat qilishi ruhida tarbiyalashdir. Bu din aqidasiga ko’ra, jamiyatda osmondan yuborilgan “Jen” ya’ni insonparvarlik qonuni amal qiladi.Bu qonunni o’rganib olish uchun inson “li” ga, ya’ni ijtimoiy axloq normalariga, qoidalariga, an’anaviy marosimlariga amall qilishi, o’zining jamiyatdagi darajasiga qarab ish tutishi lozim. Konfutsiychilik belgilangan diniy tartiblarga qat’iy amal qilishni talab etadi. Konfutsiyning o’zi hayotligida diniy tartiblarni sidqidildan bajargan.

Konfutsiychilikning bosh xudosi – osmon xudosi edi. Keyinchalik Konfutsiyning o’zi ham ilohiylashtirilgan. Uning sharafiga hatto imperatorning o’zi ham diniy marosimlarni bajo keltiradi. Konfutsiychilikning mavjud tartiblar abadiyligi, odamlar oily va quyi tabaqa bo’linishi haqidagi ta’limoti aynan imperatorlik manfaatlarini, saltanatni himoya qilardi. Konfutsiychilik diniga ko’ra, ayni paytda imperatorning o’zi oily xudoning yerdagi vakili edi. Konfutsiychilikda ajdodlar ruhiga sig’inish oily darajaga ko’tarilgan. Konfutsiychilik dinining “Si-Shu” (to’rt kitob) va “U-Izzin” (besh kitob) degan muqaddas kitoblari bor. Konfutsiychilikning o’ziga xos, uni boshqa dinlardan ajratib turadigan eng muhim belgisi- bu dinda ruhoniylar qatlamining yo’qligidir.

Sintoizm yoki shintoizm yaponlarning an’anaviy milliy dini bo’lib, u eramizning VI-VII asrlarida shakllangan.Yaponlarning milliy dini Kami-no-miti ya’ni “Xudo yo’li”, yaponchada sinto, xitoychada Shinto ya’ni “yo’l” deb atala boshlandi. Sintoizm –Xudo yo’li degan ma’noni bildirib, bu dinda buddaviylikning ta’siri kuchlidir.Yaponiya da buddaviylar ibodatxonasiga taqlid qilingan holda sintoizm dinining ibodatxonalari qurila boshlangan. Sintoistlar xudolarning tasvirini yasay boshladilar. Buddaviylikdan jasadni yoqish marosimlari kiritildi.Yaponiyada buddaviylar ibodatxonalari ichkarida sintoistlar xudolari uchun burchak tashkil etilib, bu xudolar Kami deb atalar edi. Ba’zan bu Kamilar buddaviylar xudolari bilan tenglashtirilardi. IX asrda ikkala din ruhoniylari birgalikda yashash- ryobu – sinto (ikki birlik) modulini ishlab chiqdilar. Unga ko’ra, bu ikki din yagona din sifatida qo’shilib ketishi ko’zda tutildi. Sintoizmda imperator- Mikado muqaddas zot, quyosh xudosi Amatrasuning avlodi bo’lib hisoblanadi. XII asr oxirida yana yagona davlatga birlashtirgan Xidayosi xonadoni, keyinchalik Tokugava xonadoni mamlakatga kirib kelib xristianlikni targ’ib qilgan missionerlarning faoliyatini chekladilar, xristianlarni ta’qib etadilar, missionerlarni Yaponiyadan haydaydilar. Tokugava jamoasidan chiqqan Syogunlar yaponlarning chet elliklar bilan yaqinlashuvini man eta boshladilar. Ayni paytda ular Xitoy-koreys ta’siridan qutulmoq uchun o’z harakatlarida yaponlarning eski an’analariga suyandilar. 1867-1868 yillardagi Meydzi islohoti natijasida yaponiyada imperatorning dunyoviy hokimyati tiklanishi bilan sintoizm to’la rasmiy din ekanligi tan olindi. Sintoizm imperator hokimyati ilohiyligini targ’ib etuvchi dinga aylandi. 1869 yilda Yaponiyada diniy e’tiqod erkinligi e’lon qilindi.

Sintoizm buddaviylikka nisbatan o’z aqidalarining soddaligi bilan farq qiladi. Sintoizm ta’limotiga ko’ra imperator ya’ni Mikado xudo Amaterasumining avlodi bo’lib, shuning uchun ham, har bir yapon imperatorining muqaddas hohishi olidida bosh egishga majbur. Imperatorning saroyi ham vafot etgan imperatorlarning qabri ham diniy ta’limotga ko’ra muqaddas bo’lib hisoblanadi. Eng muhim umumdavlat va diniy bayramlar imperatorlarni xotirlash kunlari bilan bog’liq edi. Sintoizmda ajdodlar ruhiga sig’inish ham mavjud bo’lib, vafot etgan har bir odam Kamiga (Barcha ruh va xudolarning umumiy nomi) aylanadi, deb ta’lim beradi sintoizm. Oilaning, urug’ning boshlig’i har kuni ibodat qiladi va qurbonlik keltiradi. Har bir yaponning uyida oilaviy mehrob bo’lib, unga vafot etgan oila a’zolarining nomlari yozilgan taxtacha qo’yib boriladi. Sintoizmdagi asosiy xudolar Amaterasu (Quyosh xudosi), Susano-Vo(bo’ron xudosi), Inari (guruchli odam, dehqonchilik homiysi)lardir. Sintoizm xudolari panteonidan Yaponiya imperatorlari ham joy olganlar. Shuningdek bu dinda muqaddas joylar, ayniqsa, tog’lar Fudziyama vulqoni alohida e’zozlanadi. Sintoizm ibodatxonalari buddaviylik ibodatxonalaridan o’zlarining soddaligi bilan ajralib turadi. Sintoist ruhoniylari-kannushalar-o’z mansablarini meros qilib qoldiradilar. Shu bilan birgalikda ular biror mansabni ham egallaydilar. Sintoizm marosimini bajarish oson bo’lib, duo o’qilib, meva, sabzavot va baliq mahsulotlari qurbonlik qilinadi. Sintoizmda ozodalik masalasiga katta e’tibor beriladi. Yaponiyada har yili 2 marta, 30-iyunda va 31- dekabrda umumxalq poklanish tadbirlari o’tkaziladi. Sintoizmda eng nopok narsa qondir. Sintoizm dinidagi axloqiy qarash, axloqiy bur bu imperatorga so’zsiz itoat etishdan iboratdir. Yaponlar o’z dinlaridagi bunday oddiylikni o’zlarining tabiatan axloqiy ekanliklari bilan izohlaydilar. Shuning uchun ular birga alohida diniy-axloqiy qoidalarining man etilgan narsalarning keragi yo’q deb hisoblaydilar. Yaponiya 2-jahon urushida yengilganidan so’ng 1945 yil dekabrida sintoizm dini davlatdan ajratildi. 1946 yilning yanvarida imperator o’z hokimyatining axloqiyligi to’g’risidagi va yapon xalqining boshqa xalqlardan ustunligi to’g’risidagi avvalgi davlat doktrinasini qoralovchi xatini e’lon qildi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish