Fani 1-moduli bo’yicha O’ q u V –u s L u b I y m a j m u a guliston – 2021


O’rta Er dengizi floristik oblasti



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana02.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#479355
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
osimliklar introduktsiyasi (1)

O’rta Er dengizi floristik oblasti
. Alfons de Kandol (1855) O’rta Er dengizi 
floristik oblastining chegaralarini Ispaniyadan to Suriyagacha, Marokkodan to Qora 
dengizgacha aniq belgilagan. Buassening «Sharq florasi» (1867) kitobida 
yozilishicha, chegaralanishlar o’zining o’simliklar dunyosi bilan belgilanishi zarur 
deb, sharqiy chegaralanishlarni aniq belgilab beradi. 
Shularga 
asoslanib, 
hozirgi 
chegaralanish 
qo’yidagicha 
bo’lib, 
Frantsiya,Apennin dengiz qirg’oqlari va Bolqon yarim orollari, O’rta Er dengizi 
orollari, Morokko, Shimoliy Jazoir, Falastin va Livanning ko’p qismi, G’arbiy 
Suriya, G’arbiy Anatoliya kiradi. Shuningdek, Qrimning janubiy tog’li o’lkalari va 
Kavkazning Qora dengiz sohillari ham floristik oblastning tarkibi hisoblanadi. Ba’zi 
hollarda chegaralanish Afg’oniston va O’rta Osiyogacha cho’zilib ketadi. 
Umuman aytganda, floristik oblastning hududida havo haroratiningo’rtacha 
yillik darajasi yuqori bo’lib, shimolda 13°S ni, janubda 20°S ni tashkil etadi. Eng 
sovuq davr yanvar oyibo’lib, o’rtacha oylik harorat shimoliy sohillarda 6,1°- 8,7°S, 
dengizdagi orollarda 10°- 11°S, janubiy va sharqiy mintaqalarda esa 9°S dan 13°S 
gacha atrofda bo’ladi. Shuningdek,ko’pgina klimatologlarning qayd etishlaricha, 
shimoliy sohillardagi mintaqalarda yanvar oyida sovuq havo oqimining oqib kelishi, 
bu joylarda (Italiya, Ispaniya, Atlantika) sovuq havo to’xtamini shakllantiradi. O’rta 
er dengizida yoz juda issiq bo’lib, o’rta oylik harorat iyul oyida Q21°dan Q25°S
gacha , ba’zi rayonlarda esa Q27°S gacha ko’tariladi. Bu oylardagi o’rtacha maksimal 
harorat 35-40°Sni tashkil etadi . Yog’ingarchilikning miqdori asosan joyning dengiz 
sathidan balandligi bilan belgilanadi, ya’ni 300-400 m bo’lgan balandlikdagi 
tekisliklarda 500-1000 mm ni, dengiz sathidan yuqorilashgan sayin bu miqdor oshib 
boradi. O’rtacha yillik yog’ingarchilik miqdori, dengiz sathidan 1500m balandlikda 
joylashgan rayonlarda 4600 mm ni, undan balandroqda joylashgan rayonlarda 
(Yugoslaviya tog’li rayonlarida) 6000 mm ni tashkil etadi. G’arbda esa, 
yog’ingarchilik miqdori ancha kam bo’lib, 1500-2800 m dengiz sathidan balandlikda 
joylashgan rayonlarda 1000 mm gacha etadi. 
Havoning nisbiy namligi asosan dengiz bo’yidagi rayonlarda ancha yuqori 
bo’lib, qishda 75-85% ni, yozda 50-60% ni tashkil etadi. Shimoliy Afrikadagi dengiz 
sohillarida havoning nisbiy namligi qish va yozda asosan o’zgarmaydi.
E.P.Borisenkov va V.M.Pasetskiyning (1988) qayd etishi-cha (o’sha joydagi 
metereologlarning ma’lumotlaridan foydalanilgan), flo-ristik oblastning janubida 
havoning o’rtacha nisbiy namligi 55-65%, g’ar-bida 70-75%, shimolida 80% gacha 
va sharqida 70-80% ni tashkil etadi. 
O’rta Er dengizi floristik oblastining tog’li va tog’ oldi rayonlari asosan 
jigarrang tuproqlardan tashkil topgan. Bu tuproqlar gidrotermik (issiqlikni saqlash) 
xususiyatga ega. 
Floristik oblastning o’simliklar dunyosi xilma-xil bo’lib, ba’zi turlarning 
alohida rayonlardagina uchrashi kuzatilgan. Ya’ni, sharqiy hududlardagi o’simliklar 
kserofit xususiyatga ega bo’lib, g’arbiy hududlarda uchramaydi. Bulardan- Arbutus 
andrachne, Nerium oleander, Cedrus libani, Pinus pallasiana, Pistacia palaestina, 
Cupressus semperverens va boshqalarni keltirish mumkin. Asl O’rta Er dengizi 


34 
florasiga xos bo’lgan o’simliklar shimoliy hududlarda uchraydi va ularga Colchicum 
neopolitanum, C. rovinciale, Fritillaria delphinensis, Crocus versicolor, Linaria 
monspessulana va boshqalarni ko’rsatish mumkin. O’rta er dengizi floristik 
oblastining hamma hududlari uchun xos bo’lgan bir qator o’simliklar ham mavjud 
bo’lib,ularOlea europaea, Quercus coccifera, Quercus ilex, Buxus sempervirens, 
Pinus nigra, Pinus halepensis, Celtis australis, Ficus carica, Colutea arborescens, 
Spartium junceum, Jasminium fruticans,Allium ampeloprasum, A. margaritaceum, 
Cistustus monspeliensis, Cistus salviaefolius va boshqalardir. 
Yuqorida keltirilgan o’simliklar va boshqa o’simliklar asosida quyidagi 
jadvalni to’ldiring.

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish