Fan yuzasidan soatlar yuklamasini hisoblashda avditoriya va mustaqil ta’lim
soatlari 40/60 nisbatda bo’ladi ya’ni 40 soat auditoriya soati bo’lsa 60 soat
mustaqil o’zlashtirish uchun soatlar ajratiladi. Fan yuzasidan talaba egallashi
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lishi uchun mustaqil ta’lim
mavzularini to’liq o’zlashtirishi lozim.
Mustaqil ta’limning mazmuni talabalar tomonidan
- amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik;
- uy vazifalarini bajarish;
- nazariy bilimlarni o’zlashtirish;
-mustaqil ta’lim uchun mo’ljallangan mavzularini o’zlashtirishdan iboratdir.
Tarixiy, matematik va pedagogik materiallar asosida davra suhbatlarni
o’tkazilishini tavsiya etiladi. Bunda talabalar Internet
va boshqa manbaalardan
foydalanib o’zlari matematikaning inson turmushidagi o’rni, matematika
metodlarining kasbiy
faoliyat sohasiga tatbiqi, matematikaning asosiy bo’limlari
haqida tarixiy va boshqa ma’lumotlar, buyuk allomalar hayoti va ijodi, matematikaga
qo’shgan hissalari kabi mavzular bo’yicha qisqacha ma’lumotlar bayon qiladilar.
Tabiiyki, bunday tadbirlar talabalarda matematika faniga qiziqishni kuchaytiradi va
yuqorida qayd etilgan maqsadlarga erishishga zamin yaratadi.
Mustaqil ishni tashkil
etishda unga mo’ljallangan har bir bo’lim bo’yicha adabiyotlar talaba tomonidan
o’rganilishi, mustaqil ish uchun mo’ljallangan nazariy
va amaliy bilim mavzularini
o’zlashtirishi, har bir bo’lim bo’yicha berilgan topshiriqlarning mos varianti talaba
tomonidan bajarilishi talab qilinadi.
Mustaqil ta’lim mavzularini o’zlashtirishda yuqorida
keltirilgan asosiy va
qo’shimcha adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
F
an yuzasidan berilgan test, topshiriq, oraliq va yakuniy nazorat savollari
ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarida o’tilgan mavzulardan
hamda
mustaqil o’zlashtirish uchun berilgan mavzular yuzasidan bo’ladi!!!!
Mustaqil o’zlashtirish uchun mavzular:
1.
Matematika olimpiadalar o`tkazilish tarixi
2.
Dirixle prinsipi
3.
Birhad va ko’pxadlarga oid nostandart masalalar
4.
Ratsional ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar ga oid nostandart masalalar
5.
Nyuton binomi va uning tadbiqlari ga oid nostandart masalalar
6.
Arifmetik kvadrat ildiz, n darajali ildizlar va ularning xossalari
7.
Irratsional ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar ga oid nostandart masalalar
8.
Algebraik tenglamalar turlari
9.
Algebraik tenglamalarni yechishning ba’zi usullari
10.
Ratsional tengsizliklarga oid nostandart masalalar
11.
Irratsional tengsizliklarni yechish
12.
Trigonometrik funktsiyalar va ularning xossalari
13.
Trigonometrik tenglamalarni yechishning ba’zi usullari
14.
Uchburchak va uning elementlari
15.
Uchburchakka doir asosiy formulalar
16.
To’rtburchak va uning elementlari
17.
To’rtburchakka doir asosiy formulalar
18.
Aylanaga doir asosiy formulalar
19.
Aylanaga ichki chizilgan muntazam ko’pburchaklarga doir asosiy formulalar
20.
Aylanaga tashqi chizilgan muntazam ko’pburchaklarga doir asosiy formulalar
21.
Menelay teoremasi. Ularning natijalari
22.
Chevi teoremasi. Ularning natijalari
23.
Styuard teoremasi
24.
Styuard teoremasi tatbiqlari
25.
Eyler to’g’ri chizig’i. to’qqiz nuqta aylanasi
26.
Feyerbax teoremasi
27.
Uchburchaklar uchun Dezarg teoremasi va uning tatbiqlari
28.
To’rtburchaklar uchun kosinuslar teoremasi
29.
Nuqtaning
aylanaga nisbatan darajasi
30.
Ikkita aylananing radikal o’qi
31.
Uchta aylana radikal markazi
32.
Matematik paradokslar