Fan: Yozuv
Sinf: 1
Sana: 30.10.2019
Mavzu: Kichik “g” harfini yozish
Darsning maqsadi: O’quvchilarning unli va undosh tovushlar, jarangli va jarangsiz undoshlar, kichik g harfining tovushni ifodalashi to’g’risida egallagan bilimlarini mustahkamlash, ularni talaffuz orqali farqlay olishga,
FK:-1 kichik “g” harfidagi so’zlarni toppish, ularni to’g’ri talaffuz qilish, ular ishtirokida gap va so’zlar tuza olishga o’rgatish, kichik “g” harfi tovushni ifodalashi borasidagi egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini mashqlar ishlash jarayonida takomillashtirish.
Tarbiyaviy: Fanga bo’lgan qiziqishini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish.
TK:-5 o’z ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash, so’zlashuv madaniyatiga rioya qilishga, o’zaro suhbat jarayonida suhbatdoshi fikriga hurmat bilan qarashga o’rgatish, fikrlash qobiliyatini oshirish, tezkor va chaqqon ifoda qilishga o’rgatish, o’quvchilarni hamkorlikda ishlashga, fikrlashga o’rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |