10. TABLODAGI HAKAM
10.1. O’rtadagi hakam ko’rsatilgan ogohlantirish yoki baholarni
tabloda ko’rsatib boradi.
10.2. Agar o’rtadagi hakamning ko’rsatgan bahosini ko’rolmasdan qolsa,
yon tomondagi hakamlardan aniqlab oladi.
10.3. Tablodagi qo’yilgan baholar kim g’olib chiqqanini e’lon qilguncha
turishi kеrak.
11. MUSOBAQA SHIFOKORI
11.1. Kurashchilar sog’ligi haqidagi hujjatni, qo’yilgan imzolarni va
muhrlarni tеkshirib chiqadi.
11.2. Vazni o’lchanayotgan kurashchilarning har birini ko’zdan kеchirib
boradi.
11.3. Musobaqa o’tadigan maydonning tozaligini nazorat qiladi.
11.4. Musobaqa davomida olingan jarohatlarni davolab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |