8. “Insеrt” usuli. Bu usul talabalar faolligini yuqori darajada bo’lishini
ta’minlash, ta’lim, o’qish, o’rganish jarayonida o’z bilimini, anglab olgan
ma’lumotlarini kuzatish orqali o’zlashtirishni yo’lga qo’yadi. Ma’lumki, ko’p
hollarda o’quvchi-talabalar mavzu matnini, avvalidan oxirigacha o’qib gap
nima haqida borayotganligini eslay olmasliklari mumkin. Chunki ularning
diqqati matn mazmuniga qaratilgan bo’lib, yoritilayotgan masalalar
mazmunini anglash va uni kuzatish nazarda tutilmagan bo’ladi. Bu usulni
qo’llash talabalarni faollashtiradi, ularning o’z fikrlarini, anglab kuzatgan
hodisalarni erkin aytib bеrishlarini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |