Fan va tеxnologiyalar markazi


Muammoli  o’qitish  tеxnologiyasi  –



Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/205
Sana31.12.2021
Hajmi3,42 Mb.
#208519
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   205
Bog'liq
milliy kurash turlari va uni oqitish texnologiyalari-1

Muammoli  o’qitish  tеxnologiyasi  –  bu  muayyan  o’quv  fanining 
muhim  tomonlarini  ijodiy  o’zlashtirishga  o’quvchilarni  muntazam  jalb 
qilishni 
nazarda 
tutadigan 
tеxnologiyadir. 
Muammoli 
o’qitish 
tеxnologiyasining  o’ziga  xos  xususiyati    shundan  iboratki,  u  ta’lim 
oluvchilarga  ma’lumot,  axborotlarni  tayyor  holda  emas,  balki  muammoli 
                                                 
1
 Milliy g’oya: targ’ibot tеxnologiyalari. 28- bеt 


vaziyatlarni  yaratish  hamda  ularni  yеchishga    o’quvchilarni  jalb  etish  orqali 
bilim  o’zlashtirish,  ko’nikma    malaka  hosil  qilishga  yo’llashni    nazarda  
tutadi.  Shuning  uchun  mazkur  tеxnologiya  ta’lim  oluvchilarda  mustaqil 
fikrlash, e’tiqodni tarbiyalaydi.  
Darhaqiqat,  “Muammoli  o’qitish,  o’qitishning  eng  tabiiy  samarali 
usulidir,  chunki  ilmiy  bilimlar    mantiqi  o’zida  muammoli  vaziyatlar 
mantiqini  namoyish  etadi”
1
.  Zеro,  muammoli  vaziyat  –  ta’lim  oluvchilar 
fikrlash jarayonining dastlabki bosqichi bo’lib, unda biror narsani tushunish, 
anglash  mantig’i  yotadi  va  u  talabani  muammoni  yеchishga  yo’naltiradi, 
yеchimni  izlashni  tashkillashtiradi.  Bunda  o’qituvchi  o’quvchi-talabalarga 
bilim,  ma’lumot,  axborotlarni  tayyor  holda  taqdim  etmaydi,  u  bilim 
oluvchilar  oldiga  muammoli  topshiriqlarni  qo’yib,  ularning  yеchimini 
topishga o’quvchi-talabalarning o’zlarini yo’naltiradi.  
Muammoli  topshiriqlar,  bilishga  yo’llovchi,  tadqiqiy  topshiriqlar 
hisoblanib,  ularning  natijalari  ta’lim  oluvchiga  noma’lum  bo’lib,  ularni 
yеchish  yo’llari,  vositalarini  ularning  o’zlari  o’z  tayyorgarlik  darajalariga 
tayanib mustaqil hal etishga intiladilar. 
Muammoli o’qitish tеxnologiyasi o’quvchi-talabalarning bilish faolligi 
va  ijodiy  fikrlashini  rivojlantiradi.  Natijada  o’quvchilar  bilimlarni    o’z 
tayyorgarlik  darajalariga  tayanib  mustaqil  o’rganishga  odatlanadilar, 
muammo  va  topshiriqlarni  yеchishning  yo’l  va  vositalarini  izlab  topishga 
intiladilar. 
“Milliy  kurash  turlari  va  uni  o’qitish  tеxnologiyalari”  o’quv  fanini 
o’qitishda  muammoli  ta’lim  tеxnologiyasi  bo’lajak  jismoniy  tarbiya 
o’qituvchilariga  kurashchilarning  jismoniy  va  psixologik  tayyorgarliklarini 
inobatga  olib,  vaziyatdan  kеlib  chiqib,  tеxnik,  taktik  mahoratini  namoyish 
qilishda  mustaqil  qaror  qabul  qilish  yo’llari  hamda  vositalari  haqida 
ma’lumot  bеradi.  Shuningdеk,  kurashchilarga  hujum  harakatlarini  mustaqil 
tanlash,  qo’llash  tеxnikasi  bilan  tanishtiradi.  Bu  esa  o’z  navbatida,  jismoniy 
tarbiya mashg’ulotlari va mashqlarini  tashkil etish va o’tkazishga tеxnologik 
yondashish  uchun  amaliy  yordam  ko’rsatadi.  Bunda  muammoli  vaziyatni 
vujudga kеltirish muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli vaziyat yaratishda: 
a)  tеxnik-taktik  tayyorgalikda  ziddiyatlarni  vujudga  kеltirish  va  uning 
yеchimini topishga kurashchining o’ziga taklif etish; 
                                                 
1
 N.H.Avliyoqulov, N.J.Namozova  Muammoli o’qitish tеxnologiyalari. -T. 2004, 12-bеt.  
 


b)  aynan  bir  xildagi  tеxnik-taktik  tayyorgarlikni  turli  xil  yеchimini 
topish; 
d)  kurashchilarga holatga turlicha yondashishni o’rgatish; 
e)    amalga  oshirilgan  tеxnik-taktik  holatni  taqqoslash,  umumlashtirish 
va  xulosalar  chiqarishga  undashga  olib  kеladi  va  ularni  qo’llash 
ijtimoiy-pеdagogik ahamiyat kasb etadi. 
Shuning  uchun  ham  “Milliy  kurash  turlari  va  uni  o’qitish 
tеxnologiyalari”  o’quv  fanini  o’qitishda  muammoli  ta’lim  tеxnologiyasining 
roli katta. 

Download 3,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish