36
II BOB
MILLIY KURASH TURLARI VA UNI O’QITISHGA OID TA’LIM
TEXNOLOGIYALARI
2.1 “Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi”fanidan nazariy
mashg’ulotlarda foydalaniladigan ta’lim texnologiyalari
Ma’lumki har bir mustaqil fan o’zining mavzusi pedagogik asosi va uni
o’qitish metodikasiga ega. Jumladan, “Milliy kurash turlari va uni o’qitish
metodikasi” fanni, avvalo, o’quv fani sifatida milliy kurashning paydo
bo’lishi uning har xil turlarida jismoniy ruhiy texnik-taktik tayyorgarlikni
tahlil etish mazmuni shaklini belgilab beruvchi umumiy qonuniyatlarni,
bunda sport kurashi trenerining kasbiy-pedagogik faoliyatining qirralarini
o’rganadi va tadbiq qiladi. Shu bois, ushbu fan bo’lajak jismoniy tarbiya
o’qituvchilariga, kurash trenerlariga kurashchilarga milliy kurash uning
turlari, sport kurashini tashkillashtirishda, kurashchining jismoniy, texnik,
taktik, ruhiy tayyorgarligi, trenirovka nagruzkalarini nazorat qilish, yoshlarni
barkamol inson qilib, ularning qalbiga Vatan faxrini singdirish, gimnastika
vositalaridan samarali foydalanib yosh avlodda mos bilim, ko’nikma,
malakalarini hosil qilishni maqsad qilib qo’yadi.
Shunga ko’ra
“Milliy kurash turlari va uni o’qitish metodikasi” fanini
o’rgatish jarayonida bo’lajak o’qituvchilar trenirlar:
-milliy kurash tushunchasi
va uning turlarini;
-milliy kurash turlarining tarixi
va davrlarini klasifikatsiyasi;
-milliy kurash turlarining tasnifi;
-milliy kurash turlarining tashkil etish va o’tkazish;
-milliy kurash darslarini trenirovkalarni tashkil etish, unda turli
jismoniy hatti-harakatlar, chiniqtiruvchi mashqlarni bajarish usullarini.
Mashqlar
tanlash,
ularning
bajarilishini
boshqarish,
yanada
takomillashtirishni yo’lga qo’yish bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalarga ega
bo’ladilar.
Shuni e’tiborga olib mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy
ma’rifiy talablaridan kelib chiqib ushbu fanni o’qitishni ilg’or texnalogiyalar
asosida tashkil etish hozirgi davr uchun ijtimoiy zarurat hisoblanib, u
yuksak kasbiy pedagigik ma’lumotga jismoniy, taktik, texnik, ruhiy
37
tayyorgarlik, bilim, ko’nikma, malakaga ega bo’lgan jismoniy tarbiya
o’qituvchisi, trenerlarni tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat
qiladi
Ma’lumki, mazkur kursni o’qitish uchun O’zbekiston Respublikasi
oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2008-yil 23-avgustidagi 263-sonli
buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o’quv dasturiga binoan 68 (4 soat
nazariy 64 soat amaliy) soat ajratilgan. Mustaqil ta’limga esa 46 soat
belgilangan. Ushbu fanning tarkibidan o’rin olgan mavzular bo’yicha
o’tiladigan nazariy va amaliy mashg’ulot loyihalari va ularning tuzilishi
hamda uni mazmuni haqida so’z yuritamiz
Do'stlaringiz bilan baham: