Dunyoning postnoklassik ilmiy manzarasi.
XIX asrning oxiri XX asrning
boshlarida tabiatshunoslikdagi o„zgarishlar va nisbiylik nazariyasi yaratilishi
dunyoning manzarasi to„g„risidagi qarash hamda tasavvurlarni tubdan qayta ko„rishga
sabab bo„ldi.
Dunyoni noklassik manzarasining grafik tasviri sinusoidaning taraqqiyotni aks
ettiruvchi bosh chiqqan cheksiz yaqinlashib borishi tarzida ifodalanadi. Bunda ushbu
sistemaning rivoji nazarda tutiladi, ammo uning har bir daqiqadasi ma‟lum holati
muayyan vaqt doirasida aniq namoyon bo„lishi shart, deb qaralmaydi. Narsa va
voqealar jarayoniga bunday yondashilganida, sababiyat tamoyilining yanada
murakkab manzarasi hosil bo„ladi.
Dunyoning postnoklassik manzarasida tizim va tuzilmalarning taxlili ochiq
tizimlarini o„rganishni taqozo qiladi, ushbu tizimlar faoliyati turli omillar,
o„zgarishlarga bog„liq bo„ladi. Bu boradagi eng asosiy tamoyil tizimning bir
yo„nadishdan boshqasiga, bir holatdan boshqa holatga tez, sakrab o„ta olishi hamda
«tizim xotirasining yo„qolishidir».
XX asrning oxiriga kelib, tabiiy va ijtimoiy fanlardagi yutuklar natijasi o„laroq,
dunyoning ilmiy manzarasiga, u bilan bog„liq ob‟ekt va sub‟ekt, ma‟naviylik va
moddiylik, tadqiqotchi va tadqiqot ob‟ekti, tabiat va jamiyat, inson va tabiat, turli
tabaqa va guruxlar o„rtasidagi munosabatlarga yangicha yondashuv shakllandi. Ana
shunday yondashuv mohiyatini tushuntirishga qaratilgan ta‟limot va ilmiy bilish
metodi sifatida vujudga kelgan sinergetika o„z-o„zidan tashkil bulish, olamni
yangicha izoxlashga qaratilgan, tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning mohiyatini
bilishga qaratilgan ilmiy yo„nalish va tafakkur uslubidir.
Falsafa qomusiy lug„atida ta‟kidlanishicha, sinergetika ilmiy yo„nalish sifatida
fizik, kimyoviy, biologik hodisalarning hamda iqtisodiy, texnik, ijtimoiy
jarayonlarning o„z-o„zini tashkil etish, boshqarish, tartiblilikdan tartibsizlik(xaos)ga
o„tish, chiziqlilik va chiziqsizlik kabi holatlarning mohiyat va qonuniyatlarini
izoxlaydi.
Dunyoning ilmiy manzarasini sinergetik tushunishning asoschilaridan biri G.
Xaken fikricha, bizni qurshab turgan va biz kuzatib turgan borlikda inson, insoniyat
jamiyatidan boshqa murakkab tizim yo„q. Shuning uchun inson va jamiyatni
o„rganishda ilmiy tafakkur hozircha sezilarli yutuqlarni qo„lga kiritdi, deb ayta
olmaymiz. Zero, jonsiz tabiat bilan jonli tabiat, materiya va ong (g„oya, ruh,
ma‟naviyat), tabiat bilan jamiyat o„rtasiga ko„rinmas to„siq qo„yilgan differensiallashgan
klassik ilmiy bilimda buning uchun zaruriy sharoitning o„zi yuq edi. Aksincha, fan o„z
taraqqiyoti davomida sekin-asta jamiyat, tabiat va inson hayotiga tahdid soluvchi
kuchga aylana bordi. Negaki, moddiy taraqqiyotni ya‟ni, amaliy foydani ko„zlaydigan,
qolaversa, uzoq muddatli ma‟naviy yuksalishlar jarayonini ikkilamchi ahamiyatga ega,
deb qaraydigan differensiallashgan ilmiy bilim boshqacha natija ham berolmas edi.
Lekin, eng yomoni, bu fan hamda unga asoslangan dunyoqarash inson va jamiyat ruhiy
quvvatlarining kuchsizlanib borishiga sabab bo„ldi. Chunki, klassik fan ruhiyatsiz jamiyat,
moddiy rivojlanish g„oyasini oldinga surdi.
Shuning uchun ham, XX asr o„rtalaridan boshlab G„arb falsafasida vujudga
kelgan irratsionalistik tamoyillar, (hayot falsafasi, ruhiy tahlil, intuitsionalizm,
ekzistensializm)
shuningdek,
fanning
o„z ichida shakllangan noklassik
tamoyillardagi jamiyat va inson mohiyati masalalariga yangicha qarashlar bu holga
muayyan darajada qarshilik kursata boshladi. Kuchayib borayotgan bunday
jarayonlarning mohiyati va ularning kelib chiqishi sabablarini chuqur o„rganish uchun
fanda izlanishlar olib borilmoqda.
Jamiyatni, insonni, uning hayoti va taqdiri masalalarini tahlil etish jarayonida
sinergetika har kanday tizim rivojining asosiy sharti sifatila bu tizimning ochiq
bo„lishi, ya‟ni atrof-muhit bilan modda yoki informatsiya almashinishi kerakligi
haqidagi g„oyani ilgari suradi. Ushbu g„oya ayni zamonda taniqli fransuz faylasufi Anri
Bergsonning ochiq jamiyat haqidagi goyalari bilan uyg„undir. Bergsonning «yopiq»
jamiyat «statik» (turgun) axloq va dunyoqarashga, «ochiq» jamiyatni esa «dinamik»
(o„zgaruvchan) axloq va dunyoqarashga asoslanishi haqidagi ta‟rifida ushbu uygunlik
yanada yaqqol ko„rinadi. Bergsonning fikricha, birinchi tipdagi «yopiq» jamiyat
faqatgina kishilik jamiyatiyat evolyusion tur sifatida saklanishiga xizmat qilsa,
«ochiq» jamiyat esa insoniyatning keyingi evolyusiyasiga yo„naltiradi. Birinchi
turdagi jamiyat boshi berk ko„chaga kirsa, ikkinchisi hayot jarayonlarining
uzluksizligiga olib keladi.
Sinergetika o„ziga taraqqiyotning evolyusion tamoyilini asos qilib oldi.
Evolyusiyaga borliqning umumiy qonuni sifatida, inson bilan tabiat o„rtasidagi
munosabatlarning ifodasi deb qaraydi, taraqkiyot jarayonida beqaror holat bilan
barqaror holat o„rtasidagi aloqadorlikka alohida e‟tibor beradi.
G. Xakennnng izdoshlaridan biri — 1917 yilda tug„ilgan, fizika, kimyo va
statistik mexanika sohasida mashhur Bryussel maktabining tashkilotchisi I.
Prigojindir. U Belgiya qirolligi Fanlar va adabiyot akademiyasining a‟zosi,
Bryussel erkin instituti professori, Texas universiteti qoshidagi termodinamika va
statistik fizika instituti direktori, Nobel mukofoti laureati (1977)dir.
I. Prigojin maxsus tadqiqot ishlari olib borish bilan birga fanning falsafiy
muammolari va tarixini chukur o„rgangan. Xozirgi zamon tabiatshunosligida vaqt
(zamon) muammosi bilan shug„ullangan. 300 yildan buyon hukm surib kelgan vaqt
(zamon) makon koordinatiga sifat jihatidan aloqasi bo„lmagan geometrik parametr,
deb kelingan edi. Vaqtga bunday qarash, I. Prigojin fikricha, o„tmish, xozir va
kelajak o„rtasida mohiyat e‟tiboran farq yo„q, deb qarash doirasida tushunchasi
Nyutoncha dunyoning manzarasiga oiddir.
Vaqtning qaytishi tushunchasi mumtoz tabiatshunoslik darajasining natijasi
bo„lib, vaqtning orqaga qaytmasligining tarkibiy qismidir. Biroq vaqtning orqaga
qaytishi xususiy hol bo„lsada, u universallashtirilgan. Prigojin bu hol nisbiylik
nazariyasi, kvant mexanikasi vujudga kelishi bilan ham deyarli o„zgarmay qoldi,
deb yozadi. Prigojin vaqtning orqaga qaytmasligini fizik vaqt misolida dunyoning
yangi manzarasi asosida isbotlab berdi. XX asr fani vaqtning orqaga qaytmasligini
qaytadan kashf etdi. Prigojin hayotda bo„layotgan o„zgarishlarni, XX asrning kashf
etilgan fundamental yutuqlarini, ular to„g„risida qarashlarni o„zgartirish, qayta
ko„rib chiqish, yangicha fikrlash usuli asosida tahlil qilishni ko„rsatib berdi.
XXI asr bo„sag„asida paydo bo„lgan yangi fanlar inson bilan tabiat, inson
bilan inson orasida ziddiyatlar asosida emas, balki ular o„rtasida muloqot,
hamkorlikka qaratilganligini ko„rsatdi. Vaqt o„zining ichki xususiyatiga ko„ra,
plyuralistik, ko„p imkoniyatli, demokratik xarakterda bo„lib, vaqt jihatdan uning
tashkil topishini ham, mavjudligini ham yagona model bilan ifodalab bo„lmaydi.
Shu bilan fan yangi sifatlarga ega bo„lib, inson yashab qolishini ta‟minlash
vositasiga aylanmokda.
I. Prigojin sinergetikaga murakkab tizimning tashkil topishi, butun
tabiatshunoslikdagi global evolyusiyaning sintezi asosida paydo bo„lgan ta‟limot
sifatida, borliqning universal jarayonini ifodalovchi, o„z-o„zini tashkil etish
tizimi sifatida qaradi.
I. Prigojin «Beqarorlik falsafasi” kitobida bu haqda batafsil to„xtaldi. Uning
fikricha, shu vaqtga qadar beqarorlik tushunchasi salbiy ma‟noda ishlatib kelingan
va uning asl mohiyatiga yetarli e‟tibor berilmagan. U beqarorlikni borliqning muhim
jihati sifatida talqin etadi. Masalan, mayatnik harakatiga e‟tibor bersak, uning bir
me‟yorda tebranishini kuzatish mumkin, agar mayatnikni to„xtatsak, dastlabki
barqaror holatiga qaytadi, agar to„ntarib qo„ysak, u yo o„ng tomonga, yo chap
tomonga og„ib turadi, bu xolat beqarorlikdir. Sinergetikada beqarorlik va tartibsizlik
kategoriyalarining o„zaro munosabati ham o„rganiladi. Har qanday eski tizim
yangi tizim bilan almashar ekan avvalo beqarorlik, tartibsizlik yuz beradi.
Bunday holatning ro„y berishida oddiy tasodif ham muhim ahamiyat kasb
etishi mumkin.
Sinergetika yangi dunyokarash kurtagi sifatida «chiziqsiz» tafakkur tarzidir.
«Chiziqli” va «chiziqsiz” tushunchalari ilk bor matematikada ishlatilgan bo„lsa, XX
asrning 30-yillaridan boshlab fizika fanida ham qo„llanila boshlandi. Agar dialektika
ta‟limot sifatida ko„proq chiziqlilik; tafakkuriga asoslangan bo„lsa, sinergetika
chiziqsizlik tamoyilini yoqlaydi. Ushbu tamoyil taraqqiyot oldindan belgilab
qo„yilgan yo„ldan ketmay, har bir narsaning ichki xususiyati va tashqi aloqadorligi
negizida doimo yangi va betakror yo„ldan borishini ko„rsatadi.
Xullas, bugungi kunda dunyoning manzarasini ilmiy tushuntirishda xilma-xil
qarashlar, yondashuvlar mavjud. Ular masalani turli tomondan yoritishga yordam
beradi, bir-birini to„ldiradi, xilma-xil fikrlarni umumlashtirishga imkon yaratadi. Bu
esa dunyoning ilmiy manzarasini falsafiy izohlash chegaralari kengayib, masalaning
mazmun-mohiyatini anglash darajasi o„sib borayotganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |