Fan: Turg‘un mashinalar Mavzu: Markazdan qochma ventilyatorlar



Download 303 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi303 Kb.
#663483
Bog'liq
Markazdan qochma ventilyatorlar




Fan: Turg‘un mashinalar
Mavzu: Markazdan qochma ventilyatorlar.


Reja:
1. Ventilyator qurilmalari to’grisida ma’lumot
2. Markazdan qochma ventilyatorlar

Ventilyator qurilmalari to’grisida ma’lumot
Ventilyator (lot. ventilo — puflayman, esaman, silkitaman) — havo yoki gazlarni haydovchi yoki soʻruvchi qurilma. Odatda, V. havo yoki gazni 0,15 MPa gacha bosim bilan haydaydi yoki soʻradi. Asosiy ish elementi motor va parrakli gʻildirakdan iborat. Binolar va shaxtalar havosini tozalash, q.x. mahsulotlari (don, paxta, pichan) ni quvur orqali uzatish, donni tozalash, saralash va quritishda qoʻllaniladi. V. ning haydovchi, soʻruvchi va aralash xillari boʻladi. Ishlash tarziga koʻra, havo oqimi oʻq boʻylab yoʻnalgan yoki oʻqaviy V. va markazdan qochma V. ga boʻlinadi. Oʻqaviy V. silindrik kojux 5, parrakli gʻildirak, kollektor, kirayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat, chiqayotgan havoni yoʻnaltiruvchi apparat va uyurma . Markazdan qochma V.da parrak aylanganda havo oqimi kollektordan parrak kanallariga kiradi va markazdan qochma kuch taʼsirida spiral shaklidagi kojux Z ichiga oʻtib, chiqish teshigiga haydaladi. Hosil qiladigan bosimiga qarab, V. lar uch turga boʻlinadi: a) past bosimli (100 mm suv ust. dan past) — donni saralash va tozalash hamda kombayn V. lari; b) oʻrtacha bosimli (100 mm dan 300 mm gacha suv ust.) — pichan uchun moʻljallangan; v) yuqori bosimli (300 mm dan 1500 m gacha suv ust.) — don uchun moʻljallangan. Xonalarni shamollatish uchun moʻljallangan V. lar, koʻpincha, yumshoq parrakli qilib ishlab chiqariladi. Qayerda ishlatishga moʻljallanganligiga qarab, V. lar sanoat va maishiy xillarga boʻlinadi. Sanoat V. lari sanoat korxonalari, shaxtalar, metropoliten yoʻlaklari va b. joylarda, maishiy V. lar turar joy binolari, jamoat binolari, uy-joylar, idoralar va b. joylarda qoʻllaniladi. V. lar devorlar ichiga, shiplarga oʻrnatiladi; stol ustiga va polga qoʻyiladigan V. lar ham boʻladi. AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnomani ishlab chiqish quyidagilarga asoslangan;
Shaxta atmosferasini, ishlarni, ventilyator va gaz so‘rib chiqaruvchi qurilmalarni, mahalliy shamollatish ventilyatorlarini boshqarish, hamda shlyuzlardagi ventilatsiya eshiklarining holatini nazorat qilish bo‘yicha qo‘shimcha talablarni joriy qilish zarurati;
Ko‘mir shaxtalarida kompyuter texnologiyalaridan va ulardan foydalanishning ijobiy tajribasidan foydalangan holda atmosferani nazorat qilish uchun yangi uslublarning va zamonaviy texnik vositalarning paydo bo‘lishi;
Ko‘mir tashkilotlari tomonidan, hisoblash texnikasi yordamida aerogaz vaziyat to‘g‘risida uzluksiz ma’lumot olish, olingan ma’lumotlarni qayd qilish, to‘plash va foydalanishga yordam beruvchi aerogaz nazorati tizimlarini sotib olish imkoni.
AGN tizimi bo‘yicha mazkur Yo‘riqnoma quyidagilarni ko‘zda tutuvchi qoidalarni o‘z ichiga oladi:
AGN tizimida zamonaviy kompyuter tizimlaridan foydalanish;
konlarda xavfsiz aerogaz rejimini ta’minlovchi qurilmalar va jihozlarni (ventilyatorlar, shlyuz ventilatsiya eshiklari, gaz so‘rib chiqaruvchi qurilmalar va h.k.) nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha avvalgi tarqoq vazifalarni bitta yaxlit majmuaga birlashtirish;
mahalliy va chet elda ishlab chiqarilgan turli texnik vositalardan foydalanish;
vazifalar soni va nazorat qiluvchi parametrlarni, shuningdek AGN tizimlaridan foydalanish doiralarini kengaytirish.
AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnoma masofali markazlashgan nazorat bo‘yicha quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi:
shaxta atmosferasida metan va boshqa gazlarning tarkibi;
boshi berk konlarda va chuqurlik maydonlarida havoning sarflanishi;
asosiy ventilyator qurilmalari va mahalliy shamollatish ventilyatorlarini (MShV) boshqarish bo‘yicha ishlar;
shlyuzlarda ventilatsiya eshiklarining holati;
gaz so‘rib chiqaruvchi qurilmalarning ishlari.
AGN tizimi bo‘yicha Yo‘riqnomada kuyidagilar keltirilmagan:
qo‘llanilgan jihozning zavod hujjatlarida mavjud bo‘lgan ta’rifi va texnik tavsiflari;
jihozlarni joylashtirish sxemasi.
24V EC Markazdan Qochma Ventilyatorlar
2 dyuymli kichik o'lchamli 7kpa bosimi 60 mm diametrli 300LPM havo oqimi Brushless DC 24v EC markazdan qochiruvchi fanatlar
Havo yostiq mashinasi/CPAP mashinasi/yonilg'i kamerasi/tibbiy asbob -uskunalar uchun javob beradi.
Model:WS7040-24-V200

WS7040-24-V200 shamollatgichi maksimal 22m3/soat havo oqimiga 0 kpa bosimda va maksimal 6.8kpa statik bosimda erisha oladi. Agar biz 100% PWMni o'rnatgan bo'lsak, bu shamollatgich 3kPa qarshilikda ishlaganda, u maksimal chiqish havo quvvatiga ega. Agar biz 100% PWMni o'rnatgan bo'lsak, bu shamollatgich 5,5 kPa qarshilikda ishlaganda maksimal samaradorlikka ega.
(1) WS7040-24-V200 puflagichi cho'tkasi bo'lmagan dvigatellar va NMB bilyali rulmanlari bilan jihozlangan bo'lib, ular juda uzoq umr ko'rishini bildiradi; Bu shamollatgichning MTTF 20 daraja atrof -muhit haroratida 20000 soatdan oshishi mumkin.
(2) Bu shamollatgichga parvarish kerak emas
(3) Cho'tkasi bo'lmagan vosita boshqaruvchisi tomonidan boshqariladigan bu shamollatgich tezlikni tartibga solish, tezlik impulsining chiqishi, tez tezlashuv, tormoz va hokazo kabi turli xil boshqaruv funktsiyalariga ega, bu aqlli mashina va uskunalar yordamida oson boshqariladi.
(4) Cho'tkasiz dvigatel haydovchisi tomonidan boshqariladigan shamollatgichda haddan tashqari tok, past/yuqori kuchlanish, to'xtash joylari himoyasi bo'ladi.
Salyangoz foniy - yuqori zichlikdagi havo oqimini yaratish uchun ishlatiladigan eng talab qilinadigan qurilmalardan biri. Bu kaput o'ziga xos xususiyatlarga, dizayn nuanslariga va salyangozni boshqa tizimlardan ajratib turadigan ishlash tamoyiliga ega.
Markazdan qochma ventilyator ishchi g’ildirak keltiruvchi va chiqaruvchi moslamalardan tuzilgan bo’lib, kirituvchi qismi konfuzor bo’lib, chiqaruvchi qismi spiralsimon yo’lakdan iborat.
Markazdan qochma ventilyatorlar asosan bir pog’onali bo’ladi. Markazdan qochma ventilyatorlar qo’yidagicha tasniflanadi:

  1. Hosil qilinadigan bosimiga qarab:

  • kichik bosimli ventilyatorlar (h<1kPa);

  • o’rtacha bosimli ventilyatorlar (1kPa

  • yuqori bosimli ventilyatorlar (3kPa

  1. Aylanish tezligiga qarab;

  • sekin aylanuvchi;

  • tez aylanuvchi;

  1. Havo oqimining yo’nalishiga qarab:

  1. Rotorning aylanish yo’nalishiga qarab:

  • o’nga aylanuvchi ventilyatorlar;

  • chapga aylanuvchi ventilyatorlar.

O’nga yoki chap tomonga ventilyator rotorining aylanishi, agar yuritgich tomonidan qaralganda soat strelkasi bo’ylab aylansa o’ng, soat strelkasiga teskari aylansa chap tomonga aylanadigan deb qabul qilingan.
Agarda ishchi g’ildirak old tomoniga yo’naltiruvchi apparat o’rnatilgan bo’lsa, uning kuraklari burchagi Q ni o’zgartirib ventilyator qurilmasini ish rejimini boshqarish mumkin.
Markazdan qochma ventilyatorlarning F.I.K. ηst >0,6 bo’lishi kerak. Hozirgi paytda kon sanoatida bir qancha turdagi markazdan qochma ventilyatorlar qo’llaniladi: VTSP, VTSO, VTSD, VSHTS, VTSP, VTSZ (bunda: V-ventilyator, TS-markazdan qochma, O- bir tomonlama havo so’ruvchi, D-ikki tomonlama havo so’ruvchi, SH-SHurflar uchun, P- laxmlar o’tish uchun, Z-boshqariladigan qanotchalik.
VTS seriyadagi ventilyatorlar katta va iqtisodiy jihatdan kam samarali, shuning uchun hozirgi paytda ishlab chiqarilmaydi.
VTSO ventilyatorlar 1-ishchi g’ildirak, venilyator valiga konsol joylashgan, val 2, podshipniklar 3, spiralsimon qobiq 4 va radial diffuzordan tuzilgan. Ishchi g’ildirak old tomonida o’qi yo’naltiruvchi apparat 5 joylashgan bo’lib, kuraklari bir paytning o’zida buraladi.
Ventilyator yuritma bilan to’g’ridan-to’g’ri tishlik mufta 6 yordamida ulangan. Yuritma va ventilyator VTSO bir umumiy ramaga 7 ga mahkamlangan. Katta ventilyatorda qobiqning pastki yarimi va diffuzor betondan tayyorlanadi. VTSD seriyadagi ventilyatorlarda ishchi g’ildirak kuraklari ortga qayrilgan (2 =1080) bo’lib, yuqori F.I.K. ega.

So’ngi paytlarda tez aylanadigan yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lgan markazdan qochma VTSD ventilyatorlari ishlab chiqarilmoqda. Hozirgi paytda zavodlardan quyidagi markazdan qochma ventilyatorlar chiqarilmoqda: VTSD-16, VTS- 25, VTS-31,5 (VTS-32 eski markasi) vaVTSD-47 “Sever” va boshqalar.
Markazdan qochma ventilyatorlar so’rib olish, haydash va kombinatsiyalashgan sxemalar bo’yicha kon korxonalarida qo’llaniladi.
Katta markazdan qochma ventilyatorlar Donetsk mashinasozlik zavodida, diametri 2,5m gacha bo’lgan ventilyatorlar Artyomovsk mashinasozlik zavodlarida ishlab chiqariladi.
Hozirgi paytda ishlab chiqariladigan barcha markazdan qochma ventilyatorlar M.M.Feodorov nomidagi gidrodinamika institutida, Dongiprouglemash institutida gidrodinamik sxemalar bo’yicha ishlab chiqilgan. Ishchi g’ildiraklarning aylanma chiziqli tezliklari mustahkamlik shartlari asosida chegaralangan bo’lib, 40-120m/sek gacha boradi.
Yo’naltiruvchi apparat 12-18 kurakdan iborat bo’lib, barcha kuraklarni bir yo’la burish mexanizmi bilan jihozlangan. Yo’naltiruvchi apparat ventilyatorni ishlab turgan holda ish rejimini o’zgartirishi mumkin, shuningdek ventilyatorni ishga tushirishni osonlashtiradi.
Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish