Dars uslubi: Tushuntirish, suxbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Klaster”, “B/B/B” metodlaridan foydalaniladi.
Darsda jihozi: yog‘ochga ishlov berish ustaxonasi, yog‘och namunalari, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism:
Salomlashish
Davomatni aniqlash
Darsga tayyorgarlik ko‘rish
O‘quvchilar diqqatini darsga qaratish.
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish
Topshiriqlarni tekshirish
Amaliy mashg‘ulotda tugallanmagan ishning oxiriga yetkazilganini tekshirish
Yangi mavzu bayoni:
Yog‘ochning fizikaviy hossalari. Yog‘och turlarining hususiyatlari. Duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlar turlari, xususiyatlari, ishlatilish sohalari Materiallarning butunligiga ta’sir etmaydigan va uning kimyoviy tarkibini o‘zgartirmaydigan xossalar yog‘ochning fizik xossalari deb ataladi. Yog‘ochning fizik xossalari uning rangi, tovlanishi, tob tashlab eshilishi, tabiiy guli (teksturasi), hidi, namligi, nam ta’sirda bo‘kishi, quruvchanligi, zichligi, nam o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, tovush o‘tkazuvchanligi, elektr o‘tkazuvchanligidan iborat. Rang - yog‘och materiallarining turlarini va ularning sifatlarini aniqlashga imkon beradigan muxim xossalaridan biri. Yog‘ochning rangi avvalo uning turiga va o‘sish sharoitiga bog‘liq. Ko‘pchilik yog‘ochlar (qayin, tol, arg‘uvon, terak, archa) oqish rangli bo‘lib nursiz izlari bo‘ladi. Eman, shumtol-jigarrang ; qoraqayin akatsiya - oqqizg‘ish; yong‘oq, qayrag‘och-qoramtir bo‘ladi.
Yog‘ochning tovlanishi. Yog‘och o‘zak nurlari tufayli, ularning yo‘nalishi va zichligiga bog‘liq holda tovlanadi.Yog‘ochning tovlanishini sun’iy ravishda orttirish uchun laklash, politurlash va mumlash ishlari bajariladi. Yog‘ochning tabiiy guli(teksturasi). Randalash vaqtida yog‘och tolalari, o‘zak nurlari va yillik halqalarining kesilishi natijasida yog‘ochning tabiiy guli namoyon bo‘ladi. Yog‘ochning hidi. Yog‘och undagi smalalari, efir moylari, oshlash kislotalaridan qaysi birining mavjudligiga va miqdoriga bog‘liq xolda xar-xil hidli bo‘ladi. Yog‘ochning o‘zak qismi o‘tkir xidli bo‘lib unda yuqoridagi moddalar ko‘p bo‘ladi. Yangi kesilgan, shuningdek, ignabargli daraxtlar yanada o‘tkir hidli bo‘ladi. Yog‘och qurigan sayin hidsizlanib boradi, ba’zan hidi o‘zgarib ketadi. Hidning o‘zgarishi yog‘ochning buzulishiga ham bog‘liq. Yog‘ochning namligi. Namlik daraxtning hayoti va uning o‘sishi uchun kerak bo‘lgan asosiy omillaridan biridir. Namlik daraxtning o‘sish sharoitiga va turiga yangi kesilgan yoki eski kesilganiga, quritilgan yoki quritilmaganiga qarab oz yoki ko‘p bo‘ladi. Yog‘ochning qurishi. Yog‘ochda erkin va bog‘langan suvlar bo‘ladi. Yog‘ochning ichki bo‘shliqlarini,
ya’ni xujayralar ichidagi va xujayralar orasidagi fazoni to‘ldiruvchi suvlar erkin yoki apillyar namlik, xujayra pardalari tomonidan shimilgan suvlar bog‘langan yoki gigraskopik namlik deyiladi. Yog‘ochning namtortib bo‘kishi. Agar quruq yog‘ochni zax xonalarda yoki ochiq havoda saqlasa, u nam tortib bo‘kadi va o‘lchamlari, hajmi, og‘irligi ortadi, shakli o‘zgaradi. Yog‘ochning zichligi. Yog‘ochning bu xossasi uning og‘irligiga aloqador bo‘lib yog‘ochdagi nam bilan havo miqdoriga bog‘liq. Yog‘ochda nam va havo qanchalik kam bo‘lsa u shunchalik zich bo‘ladi. Tovush o‘tkazuvchanlik deb yog‘och materiallarning tovushni o‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Yog‘ochning tovush o‘tkazish qobiliyati yuqori. Yog‘och tolalari yo‘nalishi bo‘yicha tovush havoga nisbatan 15-18 marta, eni bo‘yicha 3-6 marta tez o‘tkazadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Yog‘ochning issiqlik o‘tkazish qobiliyatiga issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi. Yog‘och boshqa materiallarga qaraganda issiqlikni yomon o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |