Fan: Tasviriy san’at Mavzu: O‘zbekiston tasviriy san’ati tur va janrlari. Darsning maqsadi: a Tarbiyaviy



Download 19,77 Kb.
Sana26.06.2017
Hajmi19,77 Kb.
#16231
Fan: Tasviriy san’at

Mavzu: O‘zbekiston tasviriy san’ati tur va janrlari.



Darsning maqsadi:

a) Tarbiyaviy: O‘quvchilarni xalq amaliy san’atiga o‘lgan qiziqishlarini oshirish bilan birgalikda ularni san’atni sevishga go‘zallikni his qilishga yo‘naltirib tarbiyalash.

b) Ta’limiy: Qadimgi va hozirgi O‘zbekiston tasviriy san’at rivojlanishi taraqqiyoti hamda tasviriy san’at tur va janrlari haqida tushuncha berish.

v) Rivojlantiruvchi: O‘quvchilarning mustaqil san’at turlarini o‘rganish va shu turlar bo‘yicha ijod qilish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Dars jihozi: Tasviriy san’at tur va janrlariga oid ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, rassomlar tomonidan ishlangan rasmlar to‘plami va boshqalar.

Dars usuli: Savol-javob

Dars tipi: Aralash

Tashkiliy qism:

a) O‘tilgan mavzu haqida savol-javob.

b) Yangi mavzu bayoni.

Dars rejasi:

1) Tasviriy san’at turlari haqida suhbat.

2) Tasviriy san’at janrlari haqida suhbat

3) Mo‘yqalam nima? Mo‘yqalam rasm chizish.

4) Manzara janri va manzara chizish

5) O‘zbekiston xalq amaliy san’ati.

6) Naqqoshlik san’ati.

Darsning borishi:

O‘zbekiston tasviriy san’at tur va janrlari haqida so‘z borar ekan eng avvalo tasviriy san’at turlarini bilib olishimiz kerak.



1) Grafika san’ati.

“Grafika”- “grafa” bu grekcha so‘z bo‘lib “yozaman” “chizaman” ma’nosini bildirib ko‘proq kitoblar bezatishda ishlatiladi. Grafikadarang ishlatilmaydi, ishlatilsa ham asosiy mazmuni ko‘rsatuvchi hisoblanmaydi. Asosiy mazmuni oq, qora tasvirlar ochib beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarga grafikachi rassomlar ishlaridan ko‘rsatib tahlil qilib beradi.



2) Rang tasvir san’ati.

Rang tasvir san’ati hozirgi zamon tasviriy san’atiga yetakchi o‘rinni egallovchi san’at turlaridan hisoblanadi.

Bu tasviriy san’at turning Monumental va dekorativ rang tasvir turlari mavjud.

Savollar:

1) Qaysi ranglar asosiy ranglar hisoblanadi.

2) Qaysi ranglar issiq ranglar hisoblanadi.

3) Qaysi rang sovuq rang hisoblanadi.

Akvarel rang tasvirlarning eng shoirona turlaridan biri hisoblanadi.

Akvarel so‘zi nima?- degan savol tug‘ilishi mumkin. Akvarel so‘zi lotincha “akva” “suv” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib suvli bo‘yoq ma’nosini bildiradi.

Mo‘yqalam musavvirning eng asosiy qurolidir. Mo‘yqalam o‘qituvchilar “kest” “chutka” deb ham yuritishadilar. Bu noto‘g‘ri albatta. O‘quvchilarga boshlang‘ichsinfdan mo‘yqalam haqida fikr bildirish kerak. Mo‘yqalam yordamida guash, akvarel, tempera, moy bo‘yoqlari bilan turli xil rang tasvir asrlarini yaratish mumkin. Rasm ishlangandan so‘ng uni suvda sovunlab yuvib tashlash kerak.



3) Haykaltaroshlik.

Haykaltaroshlikning monumental dekorativ, datsgoh haykaltaroshlik turlari mavjud. U ishlanishiga ko‘ra dumaloq va qavariq turlarga bo‘linadi. Dumaloq ishlangan haykallarni har tomondan aylanib ko‘rish mumkin. Qavariq haykallar bu bo‘rtma qilib ishlangan devoriy haykalchalar bezaklar, tamg‘alardir.



4) Dekorativ amaliy san’ati.

Bu san’at o‘z ichiga hayotda ishlatiladigan buyumlar, idish-tovoq kiyim-kejak, mebel, gilam, o‘yinchoq va boshqalarni bezatilishini oladi. Masalan: naqqoshlik san’ati bilan tanishsiz. Islimi naqshlar gullardan o‘simliklardan geometrik shakllardan iborat bo‘ladi.



5) Me’morchilik san’ati.

Me’morchilik san’atiga uy-joy, ma’muriy binolar, fuqarolar yashaydigan binolar, suv inshoatlari, elektr stansiyalar ko‘rish san’ati kiradi. Siz me’morchilik san’ati bilan chizmachilik mashg‘ulotlarida tanishasizlar.

Rang tasvir san’atida tasviriy san’at janrlarining barcha turi mavjud. Natyurtmort, Manzara, portret, tarixiy, inqilobiy, batal, maishiy, animal, turmush morinistik janrlari bor.

6. O‘zbekiston xalq amaliy san’ati.

Amaliy san’at turlariga kashtachilik, o‘ymakorlik, kulolchilik, zardo‘zlik, zargarlik, pichoqchilik, toshtaroshlik, beshiksozlik, misgarlik, to‘qish san’ati kiradi.



O‘quvchilar tasviriy san’at janrlarini daftarlariga yozib olishlari va bu to‘g‘risida kelgusi dars jarayonida tushuncha berilishi aytiladi. Dars savol-javob munozara tarzida tugatiladi. Dars davomida test o‘tkazish va tarqatma materiallardan foydalanish mumkin.

Uyga vazifa.

O‘tilgan o‘rganib, musavvirlarning ishlaridan namunalar keltirish.
Download 19,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish