Fan tarixi


-mavzu: O'zbekistonning mustaqilligi hamda dunyo hamjamiyati tomon integrasiyalashuvi sharoitida tarixiy fanlar



Download 463,21 Kb.
bet34/37
Sana12.01.2022
Hajmi463,21 Kb.
#353588
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
maruza matni lotincha

9-mavzu: O'zbekistonning mustaqilligi hamda dunyo hamjamiyati tomon integrasiyalashuvi sharoitida tarixiy fanlar.
Reja:


  1. O'zbekiston tarixi fani mustaqillik yillarida.

  2. Tarixchilar oldidagi eng muhim muammollar.

  3. Xorazm ma'mun akademiyasining qayta tashkil qilinishi.

Olis va yaqin tarix bugungi kun va kelajak uchun ibrat darsligidir. Darvoqe, Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: “Vatan, Millat taqdiri hal bo'ladigan qaltis vaziyatlarda to'g'ri yo'lni tanlay olish uchun, avvalo, tarixni va hayotning achchiq chuchugini bilish kerak ekan. Tarix insonning ko'zini ochar ekan. Shunda ko'p xatolarning oldini olish mumkin bo'lar ekan”.

O'zbekiston XX asrning so'nggi o'n yilliklari boshida o'z mustaqilligini e'lon qildi. Bu esa ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy, madaniy hayotimizda yangicha o'zgarishlar eshigini ochdi.

O'zbekiston bir necha xalqaro tashkilotlarning a'zosi bo'ldi. Ko'plab davlatlar tomonidan tan olinib, o'zaro aloqalar yo'lga qo'yildi.

Aytish mumkinki, ushbu sharoitda millatimiz xalqlari tiliga ko'plab yangi atamalar jadal kirib keldi. Bular avvaldan ilg'or davlatlarda qo'llanib kelingan bo'lsa-da, ammo mavjud bo'lgan sho'rolar tuzimi davrida bu kabi atamalar va ularning amaliyotiga aslo yo'l qo'yilmagan edi. Masalan, aksiya, aksiz, kommunikasiya, divident, monitoring, konsalting, birja, marketing va hokazolar. Ushbu atamalarning sohalari tiklanib, minglab kishilar uning tarmoqlarida faoliyat ko'rsatmoqda.

Ko'plab mavjud atamalarning ta'sir doiralari kuchaydi. Bunga misol qilib, demokratiya, Konstitusiya, Ombulsman, parlament (Oliy Majlis) va hakozalarni kiritish mumkin.

Aytish mumkinki, XVIII ilk bor AQSH da joriy etilgan Prezidentlik boshqaruvi xalq sobiq SSSR davridayoq ilk bor O'zbekistonda joriy etildi. Eski so'z deb qaralgan hokim atamasi ham bugungi mustaqil davlatimizda mahalliy ijroiya va boshqaruv organlari boshlig'i ya'ni viloyatlar, tuman va shaharlar boshlig'iga nisbatan qo'llanilmoqda. Oqsoqol atamasi ham faqat mahallaning obro'li kishisiga yanada aniqroq aytadigan bo'lsak o'z-o'zini boshqarish organlarida keng qo'llanilmoqda.

Tarix g'ildiragi kunu tun tinmay aylanmoqda. Uning shiddati shu qadar kuchliki, biz insonlar uning har bir kunidan, har bir yangiligidan boxabar bo'lib yashashimizni taqozo etmoqda ya'ni inson o'zgarishlardan, harakatdan to'xtab qolishi mumkin. Tarix esa harakatda, faqat oldinga intilmoqda.

Yillar davomida eskirgan-“arxaik” so'zlar deb qaralgan atamalar ham bugun tilimizga qaytadan kirib kelmoqda. Bu esa xalqimiz tirixiy-milliy, ma'naviy merosi bilan bog'liqligini aslo unutmasligimiz kerak.

Yoshlar ham ana shu merosga munosib bo'lishga intilishlari lozim. Buning uchun dunyoqarashimizni, ilmimiz va iqtidorimizni yangilayotgan dunyoga uyg'unlashtirshimiz kerak. O'zbekiston Prezitenti I.A.Karimov aytganlaridek: “Vaqt dunyoqarashimizni isloh qilishni qattiq talab qilmoqda”.

Konstitusiya (lot.constitutio-tuzilma) davlatning asosiy qonuni bo'lib, jamiyat va davlat qurilishi, mahalliy vakillik organlari tamoyil va tartiblarini izga solib turuvchi hamda fuqarolarning huquq, erkinliklari aks etgan xujjat. Jahonda birinchi Konstitusiya 1787 yilda AQShda, 1831 yilda Shveysariyada qabul qilingan.

O'zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992 yil 8 dekabrda o'z Konstitusiyasini qabul qildi. U 26 bob, 128 moddadan iborat. Konstitusiya o'ziga xos xusisiyatlari bilan boshqa qonunlardan ajralib turadi. Ular: 1) hamma qonunlar Konstitusiyadan kelib chiqib va unga zid kelmasligida; 2) Konstitusiyaning holati doim birinchi va asos soluvchi hisoblanishadi; 3) Konstitusiya joriy qonunlar tizimini belgilashda; 4) Konstitusiyaning qabul qilinishidagi xususiyatlarda, qonunlar qabul qilishda Oliy Majlis deputatlarining 3|2 qismidan ko'prog'i qatnashishi shart; 5) Konstitusiya qabul qilishda uning har bir moddasi ovozga qo'yiladi; 6) Konstitusiya jahon mamlakatlarida o'zgarmaydigan barqaror qonun hisoblanadi.

Qurolsizlanish-tadbirlar sistemasi bo'lib, ularning amalga oshirish urush olib borish vositalarini yo'q qilishga yoki jiddiy qisqartirishga va jahon yadro urushi xavfini bartaraf etish uchun sharoit yaratilishiga olib keladi. Qisman, yalpi va to'la qurolsizlanish tushunchasi farq qilinadi.

Mustaqillik qo'lga kiritilgandan keyingi davrni o'z ichiga oladi. Bu davrda vujudga kelgan nomlarni boshqalardan farqlash uchun neotoponimlar deb atash ma'qul.

Milliy istiqlol sharofati tufayli olis tariximiz oydinlashgani sayin ota-bobolarimiz insonning ma'naviy olamini, ichki dunyosini bilish, tushunish bobida hozirgi avlodlarga nisbatan nechog'lik oldinda ekanliklari, biz esa o'sha boylikdan bebahra qolganligimiz ma'lum bo'lib bormoqda. To'g'ri, hozirgi zamon kishisi fan-texnika taraqqiyotida ilgarilab ketgan, ammo insonning ruhiyati, qalbi, botiniy dunyoning tilsimlari borasida, aksincha, orqada. Shunga ko'ra, endigi vazifa dunyoviy bilimlarga, yuksak ma'naviyatga ega bo'lgan komil insonni tarbiyalashdan iborat bo'lar ekan, umuminsoniy qadriyatlar sanalmish merosiy-axloqiy, ma'naviy-ma'rifiy boy fazilatlarimizni bugungi avlod mulkiga aylantirish, ajdodlarimizning an'ana va tajribalarini o'rganish ayniqsa dolzarbdir. Shu bois inson ma'naviyatini nurlantirib, kamolot sari yetaklaydigan bunday bilimlarini yoshi va idrokiga moslab sinfxonalarga olib kirish lozim bo'ladi. Prezidentimiz I. A. Karimov ta'kidlaganidek, “Ma'naviyat-taqdirning ehsoni emas. Ma'naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban va vijdonan, aql va qo'l bilan mehnat qilishi kerak. Bu xazina insonga hayotda barqarorlik bag'ishlanadi... U yo'q joyda hech qachon baxt-saodat bo'lmaydi. Nafaqat ko'xna tarix, balki yangi tarix ham buning ko'plab misollarini beradi”.

Ta'lim-tarbiya tizimini shu asosda qayta ko'rib chiqish, hozirgi davrda ayniqsa muhim. Bu esa, o'z navbatida, ilm-fan, ahloq va huquq, adabiyot va san'at oldiga bir qator masalalarni qo'yadi. Chunonchi, O'zbekiston tarixini butunlay qayta ko'rib chiqish, tarix darsligini tamoman qayta yozish, o'nlab oqimlar, harakatlarni, yuzlab tarixiy shaxslarini qayta baholash talab etiladi; ahloq haqidagi qarashlar to'planib, alohida ilm sifatida eski maktab-madrasalarda o'qitib kelingan, bu tajribani bugungi o'quv dargohlarida qo'llamoq kerak; qonunlar shariat bilan bog'lab qayta ko'rib chiqilmog'i va uning targ'iboti maktabdan boshlanmog'i lozim; milliy g'ururni tarbiyalashda adabiyot va san'atning roli beqiyos ekanligini unutmaslik lozim.

Binobarin, maktab yoshlarga fan asoslaridan bilim beribgina qolmasdan, balki ularni tarbiyalaydi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga ko'maklashadi, komil inson degan oliy rutba sari yetaklaydi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishida keskin burilish yasash uchun xalq ta'limiga jiddiy talablar qo'yish zarur. Bunda eng muhim vazifa uzluksiz ta'limning yaxlit tizimiga o'tishdan iborat bo'lib, bu tizimda hayotdagi moddiy va ma'naviy sharoitlar jadal o'zgarayotgani hamda hozirgi zamon bilimlarining ortib borishi to'liq hisobga olinishi darkor.

Shaxsni har tomonlama kamol toptirish hamma vaqt jamiyatning muhim va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. Ammo, shuni ham unutmaslik kerakki, hozirgi paytda uni amalga oshirishning usullari va vositalari tubdan o'zgartirilishi, yaqin o'tmishimizga xos bo'lgan jimjimadorlik va qotib qolganlik o'rnini aniq insoniy mazmun-mohiyat egallashi zarur.

Binobarin, endilikda yoshlarimizga bim ham tibbiyot, ham ijtimoiyot, ham ilohiyot fanlari bo'yicha mislsiz kashfiyotlar yaratgan allomalarning avlodlari, ularning qonuniy vorislari ekanligimizni anglatish darkor. Bizning tomirimizda Ma'mun akademiyasi-“Baytul hikma”ning peshqadam olimi Ahmad Farg'oniyning, aljabr ijodkori Muhammad Xorazmiyning, hakimlar hakimi Abu Ali ibn Sinoning, tafakkur ko'zi bilan yangi dunyo-Amerika qit'asini kashf etgan Abu Rayhon Beruniy ning, eng mukammal yulduzlar jadvalini tuzgan Mirzo Ulug'bekning, Turon piri Ahmad Yassaviyning, benazir muhaddis imom Ismoil Buxoriyning, sohibi shijoat Amir Temurning-jahonni hayratga solgan yana qanchadan-qancha ulug' zotlarning qoni borligini atroflicha tushuntirishimiz zarur.

Istiqlolning o'zi eng go'zal ma'naviyat. Qullik va qaramlikda esa ma'naviyat bo'lmaydi. Hech shubhasiz aytish mumkinki, istiqlol bizga erkinlikning eng fusunkor tuhfalarni baxsh etdi. Zero, ongli intizomsiz ahlaqiy sofliksiz, yuksak ma'naviyatsiz mustaqillikning zanjirlari bo'sh va chidamsizdir. Shu tufayli endilikda, avvalo, odamlarda, ayniqsa, yoshlarda hurlikni, mustaqillikni anglash va qadrlash hissni uyg'otish, ularni ma'naviy-ma'rifiy jihatdan tarbiyalash masalasi eng dolzarb vazifalardan bo'lib qoldi.

Bugunga kelib yosh avlodga islom dini tarixini, uning ahkomlarini chuqurroq o'rgatish zarurati paydo bo'ldi.

Ulug' bobokalonlarimiz ijtimoiy-axloqiy fazilatlarni yuzaga chiqarishning asosiy vositasi deb ilm-ma'rifat bilan axloqiy tarbiyani tushunganlar. Ularning ta'birlaricha, nom qozonish, ayniqsa, Qur'ondan, hadislardan, nujum, al-ximiya, matematika, musiqadan ogoh bo'lish,olamni tanish, yaxshi-yomonni to'g'ri anglashdir, axloq-insoniylik esa hayot kechirishda eng zarur, suv va havo kabi kerakli vositadir. Zotan, insonning qadr-qimmati uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning ma'naviy qiyofasi, axloqiy sifatlari bilan o'lchanadi.

Aminmizki, mustaqil diyorimizda dinga, xususan, islom qadriyatlariga, eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlar sifatida qaralib, bundan keyin ham barcha shart-sharoitlar yaratilaveradi. Diniy rasm-rusumlarga, bayramlarga, ayniqsa, diniy tarbiya va ta'limga doimo jiddiy e'tibor beriladi.

Endilikda, O'zbekistonda yosh avlodni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish uchun musulmon dunyosining muqaddas kitobi va hadislarida, tasavvuf ilmining yirik namoyandalari asarlaridan, xalq og'zaki ijodidan ilmiy-tanqidiy ravishda keng foydalanish lozim. Bu mustaqil mamlakat navqiron avlodi tarbiyasining asosiy qoidalaridan biri hisoblanadi va mustaqil davlatning poydevorini mustahkam qilib qurishga yordam beradi.

Tarix fanining roli. Tarix o'kituvchisi. Maktabda tarix darsi. Oliy o'quv yurtida tarix darsi. Dars soatlari. O'quv qo'llanmasi va darsliklar. Falsafa va tarix mafkurasi. Tarixchi pedagog kadrlar tayyorlash. Kursning tuzilishi va mavzulari. Fanning vazifalari. Fanning predmeti. Tarix o'qitishni tashkil qilish. O'qitishning natijalari. Tarixdan dars berish metodikasi jarayonlari. Kursning boshqa fanlar bilan bog'liqligi.

1. Xalqimizning ma'naviy ruhini kamolga yetkazishda, yuksak vatanparvarlik xissini tarbiyalashda va istiklol mafkurasinn yoshlar ongiga singdirishda tarix fanining beqiyos rolini hech kim inkor qilmasa kerak.

"Ma'naviyat o'z xalqinipg tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina kudratli kuchga aylanadi ... o'z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo'lmaydi" - degan edi Prezidentimiz Islom Karimov.

Hozirgi kunda yosh avlodga tarix fanini o'qitishning ahvoli -qanday? Afsuski, hozirgi kunda Samarqand shahar va viloyatidagi maktablarda tarix o'qituvchilari yetishmaydm. Ayni paytda tarix fakultetidagi professor o'qituvchilar ham shahrimizdagi akademik. lisey, kasb-xunar kolledjlari va o'qituvchilar malakasini oshirish institutiga borib qo'shimcha dars berishmoqda. Xuddi shuningdek, IV kurs talabalari ham 2 oylik pedagogik amaliyotni to'la dars berish bilan o'tkazadilar.

Samarqand viloyati tumanlaridan ham ko'plab maktablarning vakillari tarix fakultetiga kelib o'qituvchi topib berishnn iltimos qilmokdalar. Respublikamizning boshqa viloyatlarida xam ahvol u darajada maktarli emas. Keyinga 35-40 yil mobaynnda tarixchilar tanqisligi birnnchi marta shunchalik jiddiydashdi.

Xo'sh, nega o'rta umumta'lim va kasb-hunar bilimi tizimlarida tarix o'qituvchilari yetishmayapti? Bu savolga bir so'z bilan javob berib bulmaydi. Buning bir qator sabablari borki ularni doimo aniqlab, zarur, kerakli choralar ko'rilmasa, ahvol kelgusida ham achinarli bo'lishi mumkin.

Ancha yillardan beri ham jamoat ishida ishlab, o'rta maxsus ta'limda, ham oliy o'quv yurtida dars berish natijasida quyidagi fikrlarimizni asoslashga harakat qilamiz. Binobarin, maktabda ishlash bilan oliy o'quv yurtida dars o'tishning ancha farqi bor. Oliy maktabda dars beruvchilarning ko'pchiligi keng doirada tarixning ma'lum bir davri bo'yicha chuqur tayyorgarlikka ega. Maktab o'qituvchisi esa tarixning barcha davrlarini bilishlari shart. Shu sababli oliy maktab o'qituvchilarning aksariyati maktablarda dars berishga qiynaladilar va bormaydilar. Respublikamiz mustaqillikka erishgach, qisqa muddatda SSSR tarixi fan sifatida tugatilib, jahon tarixiga qo'shib yuborildi va O'zbekiston tarixi uchun soatlar ko'paytirildi. Masalan, 1987-88 o'quv yillaridagi dasturda tarix darslari uchun 612 soat berilgan bo'lib, shundan 50 soat O'zbekiston tarixiga ajratilgan edi. 1993-94 o'quv yilida 612 soatning 374 soati jahon tarixiga va 238 soati O'zbekiston tarixiga tegishlidir. Vaholanki, shu davrgacha tarix fakultetlarida ham respublikamiz tarixi uchun 120 soatdan ortiq dars o'tilgan emas edi. Endi o'zingiz tasavvur qiling. Oliy maktabda ixtisoslik bo'yicha 120 soat darsni chala-chulpa o'qigan o'kituvchi qanday qilib birdaniga 238 soatni dars sifatida o'ta oladi. Buning ustiga darslik va o'kuv qo'llanmalari yo'q hisobi. Albatta, O'zbekiston tarixini chuqur o'rganish davr talabi, unga ko'proq soat ajratishga hech kim qarshilik qilmaydi. Lekin bizda buning uchun puxta zamin bo'lmaganligi sababli ko'p o'qituvchilar qiynalib qolishdi.

Ochig'ini aytganda, sho'ro zamonida ko'plab o'qituvchilar uzoq yillar mobaynida faqat tayyor darslik bilan chegaralanib, sinfga kyrishga o'rganib qolgan edilar. Endi esa tayyor darslik yo'qligi tufayli matbuotdan foydalanishga o'rganmagan va ko'p joylarga gazeta, jurnallar o'z vaqtida yetib bor-maydigan sharoitda ayniqsa yuqori sinflarga dars o'tishda muammolar yuzaga keldi. Bu nafaqat "O'zbekiston tarixi" ga, balki "Jahon tarixi"ga ham xosdir. Chunki keyingi yillar tarixi bo'yicha material yetarli emas. Tarix bo'yicha yollanayotgan ilmiy ishlar va chiqarilayotgan monografiyalarning ko'pchiligi rus tilida. Shunisi ajablanarliki, o'z tarjimai holini rus tilida og'zaki zo'rg'a aytadigan odamlarning ham yozgan katta-katta ishlari rus tilida. Tan olish kerakki, ko'pchilik o'qituvchi va talabalar bu materiallardan foydalanishga qiynaladilar.

Bugungi kunda o'rta umumta'lim va kasb-xunar bilim yurtlari o'qituvchisi tanqisligiga yana bir sabab o'tmishda tarix o'qitishga bo'lgan munosabatning salbiy ta'siridir. Chunki Sho'rolar davrida tarixning asl mohiyati berkitilib, "soxta". "yolg'on" va boshqa nusxalari ko'paytirildi. Tarixday buyuk fan ma'lum sinfga va bitta mafkuraga xizmat qiladigan bo'ldi. Bu xudolar tan olinmadi-yu, lekin yangicha xudochalar qo'ldan yasaldi. Ular tarixni istagan kuyga soldilar. Bugungi kunda biz umr bo'yi sig'inib kelgan kimsalar jallod, bosqinchi jinoyatchi va-umri bo'lib chiqdilar va ular haqida darslikdan tashqari yangi-yangi materiallar to'plab o'quvchilar oldiga kirish har kimning ham qo'lidan kelavermaydi. Hatto bunday yolg'on tarixni o'qitmayman, deguvchilar xam topilib, boshqa sohalarga o'tib ketdilar. Ko'pchilik e'tiqod qo'ygan narsa ro'yo bo'lib chiqsa, undan dahshatlisi bo'lmaydi.

Bizning avlod ham ayniqsa, tarixchilar ana Shunday davrni boshdan kechirmokdalar. Chunki o'qituvchilarga bir soat dars o'tish uchun soatlab qo'shimcha materiallar ko'rish kerak. Buning uchun o'rta maktab va kasb-hunar bilim yurti o'qituvchilariga tarix fanining asbsini tashkil qiluvchi tarixiy faktlar bilan birga ilmiy va siyosiy informasiyaning eng muhim va zarurlari hisobiga o'zlarining ma'naviyatini mustaqil ravishda to'ldirish hamda ulardan hayotda, foydalana bilish malakasini ham hosil qilish lozim bo'lib qoldik.


Download 463,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish