Abu Muhammad Mahmud ibn Muhammad ibn Abbos ibn Arslon Xorazmiy (1099-1172) – ilohiyotchi va tarixchi olim. “Kofiyul-fiqh” va “Tarixi Xorazm” kitoblarining muallifi.
Faxriddin Muxammad ibn Umar ibn Xusayn ar-Roziy (1148-1210) – Xorazmshoh Takash sharafiga “Jome' ul-ulum” (“Ilmlar yigindisi”) qomusiy asarini yozgan. Bu haqda quyiroqda batafsil to'xtalamiz.
Mahmud ibn Umar al-Chag'miniy al-Xorazmiy – falakiyot, ilmi nujum olimi. “Al-Mulaxxas fil-xay'a” (“Astronomiyadan muxtasar kitob”) muallifi. Bu asarida Chag'miniy sayyoralarning fazo va zamondagi harakati, quyosh va Oy tutilishi, Yer kimirlashi sabablari, fasllarning almashuvi, kecha va kundo'z tengligi, qutblar, ekvator, meridian chiziqlarini aniqlaydi. Asar taniqli falakiyotshunos olimlar tomonidan ko'p marta sharhlangan. Ulardan biri mashhur astronom, olim Saloxiddin Muso ibn Mahmud qozizoda Rumiy tomonidan yozilgan sharh bo'lib, uning bir qancha nusxalari O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar xazinasida (ashyo raqami 7761G'III) saqlanadi. Bu asar haqida ham quyiroqda to'xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |