Fan tarixi


Handasa ilmiga bo'lgan qiziqishlar



Download 463,21 Kb.
bet6/37
Sana12.01.2022
Hajmi463,21 Kb.
#353588
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
maruza matni lotincha

Handasa ilmiga bo'lgan qiziqishlar

IX-XII asrlar davomida Movarounnahr butun musulmon olamida ilmiy-madaniy jihatdan eng rivoj topgan o'lka sifatida mashhur bo'lib, bu yerda qadimiy an'analar bilan arab, fors, qisman hind hamda qadimgi yunon ilmiy-madaniy an'analari qorishuvi asosida islomiy, falsafiy va tabiiy ilmlar – astronomiya, matematika, tibbiyot, kimyo, dorishunoslik, jug'rofiya kabilar rivoj topdi. Bu yerda mashhur hadisshunoslik va islom fiqhshunoslik maktablari shakllanib. tarixshunoslikda muhim asarlar vujudga keldi.

X-XI asrlar orasida yashagan xorazmlik ulug' olim Abu Rayhon Beruniy o'zining qadimgi xalqlar yil hisobi to'g'risidagi kitobida quyidagilarni yozadi:

“Qutayba xorazmliklarning yozuvini bilgan, ularning rivoyatlarini saqlab qolgan barcha kishilarni, ular ichidagi hamma olimlarni imkon boricha quvg'in qildi va qirib yubordi, natijada ularning o'tmishi shu qadar zulmat bilan chulg'andiki, endi biz bu yerga islom kirib kelgan vaqtda ularning tarixida ma'lum bo'lgan voqealar to'g'risida haqiqiy bilimga ega emasmiz”.

Shu kunga qadar Xorazmga oid qadimgi yozma yodgorliklar kam edi va hozir ham shunday. Agar So'g'dga oid Iskandar yurishlari tarixi to'g'risida har holda boy va turli-tuman mazmun bilan sug'orilgan tarixiy kitoblarga ega bo'lsak, arab istilosi davridan boshlab esa, bu o'lkaning tarixi ancha durust yoritilgan bo'lsa, Xorazmning o'zoq tarixiga kelganda shuni aytish kerakki, o'lkaning qadimgi tarixigina emas, balki ilk o'rta asrlardagi, to X asrning oxiri XI asrning boshlarigacha bo'lgan davr tarixi biz uchun batamom qorong'idir.

X-XI asrlarga oid Xorazm tarixidan ham ayrim parchalarnigina bilamiz, xolos. XII asr mobaynida hamda XIII asr boshlariga kelib, Xorazm Gurjiston chegaralaridan tortib Farg'onagacha, Hind daryosidan Shimoliy Orol cho'llarigacha quloch yoygan ulug' Sharq tarixiga oid manbalarning diqqat markazidan joy oladi. Shu davrgacha noma'lum bo'lgan, musulmon olamining o'zoq chekkasida joylashgan bu o'lkaning bunchalik hayratda qolarli darajada kuchayishi mutlaqo kutilmagan bir holatdir.

Aniq fanlarning rivojlanish tarixi boshqa fanlar kabi kishilik jamiyatining rivojlanish tarixi bilan mustahkam bog'langan. Matematik tushunchalarning kelib chiqishi va uning rivojlanish tarixi, fanlar tizimida matematika fanining tutgan o'rni kabi asosiy masalalardan biridir.

Matematik tushunchalar dastlab qayerda vujudga kelgan degan masalani to'la-to'kis hal qilish murakkab masalalardan biri bo'lsa ham, ayrim manbalarga asoslanib, ba'zi xulosa-lar chiqarish mumkin.

Qadimgi Yunon tarixchilari Gerodot (m.a. V asr) va Diodor Sisiliyskiy (m.a. 60-yillar)ning bizgacha yetib kelgan ma'lumotlarida, geometriya dastlab Misrda rivojlana boshlagan.

Kishilik jamiyatida fan va madaniyat rivojlanishi tarixini o'rganishda turli qarashlar mavjud bo'lib kelgan.

Arxeologlar qadimiy ehromlar turidagi, Misr podshohlari va kohinlari ko'milgan maqbaralarning ichkari xonalaridan behisob tilla buyumlar va qimmatbaho toshlar orasida nayga o'xshatib o'ralgan to'q jigarrang qog'ozlarni topdilar. Bular – iyerogliflar chizilgan papiruslardir. Turli mamlakatlar olimlari bu topilgan yozuvning sirini bilishga necha yuz yillab urinib ko'rdilar va, nihoyat, bu yozuv-larda matematikaga oid ma'lumotlar bitib qoldirilganligini aniqladilar.

Matematika tarixi sohasida hozirgacha erishilgan muvaffaqiyatlar bizga geometriyaning fan sifatida rivojlanishi Qadimgi Yunonistondan boshlanganligini isbotlaydi. Lekin qadimgi dunyo xalqlari geometrik tushunchalari qay darajada rivojlanmasin, geometriyani ular Yevklidning “Negizlar” asaridagidek tizimiga solib, bir formaga keltira olmaganlar. Geometriya tarixi qadimgi dunyoning o'zoq o'tmishdan boshlanadi. Eramizdan oldingi va keyingi bu haqdagi ma'lumotlar, masalan. Yunon tarixchisi Gerodot (484-425), Ksenofan (430-385), Yevdem (m.a. IV asr), Plutarx (50-120), Diogen Laersiy (III asr), Prokl (410-485) va boshqalar keltirgan ma'lumotlarga qaraganda, geometrik ma'lumotlar Misr va Shumer-Bobildan Qadimgi Yunonistonga o'tgan.

Qadimgi Yunonistonda aniq fanlar falsafa fani bilan birgalikda rivojlandi. Lekin falsafa bilan bog'lanish Platon davrida geometriyani amaliy masalalardan ajratib qo'ydi va faqat Arximedgina turmush talabiga muvofiq geometriyaning nazariy to'zilishini amaliyot bilan bog'ladi. Eramizdan ilgari VII-III asrlarda Qadimgi Yunonistonda geometriya sohasida juda ko'p materiallar to'plandi va uni tizimiga solish hamda qat'iy tizimga keltirish zarurati tug'ildi. Pifagorning shogirdi Gippokrat geometriya bilimlarini shunday tizimiga solishga birinchi marta urunib ko'rdi. Gippokrat birinchi geometriya darsligini yozdi. Albatta, shunga o'xshash darslik yaratishda boshqa kishilar ham urunib ko'rgan bo'lishi kerak. Lekin Yevklidning “Negizlar” asari chiqqandan so'ng, undan oldingi hamma urunishlar unutib yuborildi.

Geometriya bo'yicha “Negizlar” kitobi birinchi marta Gippokrat tomonidan yozila boshlangan bo'lsa ham, bu asarni oxiriga yetkazish Yevklid zimmasiga tushdi.

Qadimgi geometriya asarlaridagi mualliflarning qarashlari asosan faylasuflar maktabiga taalluqli bo'lib, birinchi ta'riflar falsafiy jihatdan tushuntirilgan.

Pifagorchilar – geometrik tushunchalarning ta'rifiga o'z nuqtai nazaridan yondoshganlar. Jumladan: nuqta, to'g'riburchak, kvadrat, uchburchak va boshqa shakllarni ular sonlar nuqtai nazaridan qarab, mazkur shakllarni birlar va ularning komibnasiyalari deb ta'rif berganlar.

Demokrit (milodgacha 460-370 yy.) nuqtani fazoning bo'linmas zarrachasi sifatida aniqlagan. Uning talqinida shu zarrachalarning zanjiri, geometrik jism – fazodagi zarrachalar to'plamidir, - deya tushuntirgan.

Asosiy geometrik tushunchalarni ta'riflashga Aristotel ham o'z diqqatini qaratadi. Aristotelga ko'ra har bir fan o'z negizlariga ega. Negizlarni u “ularni isbotlash mumkin emas, bu ularning borligichadir”, - deb ta'riflaydi. Masalan, bir soni yoki to'g'ri chiziq, yoki uchburchakni qabul qiladigan bo'lsak, bir va o'lchov mavjudligicha qabul qilinib, boshqasi isbotlanadi. qadimgi yunon olimlarining qarashlari, ayniqsa, Aristotel negizlari Yevklid uchun katta ahamiyatga ega bo'ldi.





  1. Download 463,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish