Fan tarixi


O'sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiydir. Bu olim haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan



Download 463,21 Kb.
bet11/37
Sana12.01.2022
Hajmi463,21 Kb.
#353588
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37
Bog'liq
maruza matni lotincha

O'sha davrning keng bilimli, peshqadam olimlaridan biri Abu Abdulloh al-Xorazmiydir. Bu olim haqida juda kam ma'lumot saqlanib qolgan.

Olimning to'lik ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Xorazmiy. Uning yoshligi Xorazmning Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o'tgan. U bu shaharlarda yashadi, ta'lim oldi va ilmning bir qancha jabhalarida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Olim Xurosonda ham yashagan. Uning mashhurligi 976-997 yillarda hukmronlik qilgan Somoniylar podshohi Nuh II ning vaziri Abu Hasan al-Utbiy (977-982) huzurida kotib bo'lib xizmat qilgan davrida cho'qqiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u “al-kotib al-Xorazmiy” ismi bilan ham tanilgan. O'z xizmat vazifalari yuzasidan Somoniylar poytaxti Buxoroga tez-tez borib turgan va u yerda ko'pgina allomalar bilan hamsuhbat bo'lgan bo'lsa ajab emas. Abu Abdulloh al-Xorazmiy 997 yilda vafot etgan.

Olimning dunyoqarashi o'sha davrda keng taralgan qadimgi Yunon falsafasi va madaniyati, Sharq namoyondalari Ёqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy hamda Abu Bakr ar-Roziy ta'siri ostida shakllandi.

Ayni vaqtda ilmga chanqoq olim xizmat asnosida amirning boy kutubxonasidan foydalanish huquqiga ega ham edi. Bu kutubxonaning tavsifi Abu Ali ibn Sinoning o'zi yozgan tarjimai holida quyidagicha berilgan: “Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u yerdagi tibbiyotga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so'radim. Shoh menga ruxsat berdi. Men ko'p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada kitob sandiqlar turar, kitoblar esa ustma-ust taxlab quyilgan edi. Xonalarning birida arab kitoblari, she'rlari, boshqasida fiqhga oid asarlar turardi. Shu tartibda har bir xonada ma'lum bir fanga oid kitoblar to'plangan edi. Keyin bizdan oldin o'tgan olimlar kitoblari ro'yxatini o'qib chiqdim va undan keraklarini talab qildim.


U yerda shunday narsalarni ko'rdimki, ko'pchilik hatto ularning nomlarini ham eshitmagan bo'lsa kerak. O'zim ham ularni bundan avval ko'rmagan edim. Bundan keyin ham uchratmadim. O'sha kitoblarni o'qib, ulardan bahramand bo'ldim, shu bilan har bir muallifning ilmdagi darajasini bilib oldim.

2. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmlar tasnifi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko'pchilik asarlari singari o'z davrining ilmi arab tilida bitilgan, yagona ma'lum bo'lgan asari – “Mafotih al-ulum” (“Ilmlar kalitlari”) asaridir. “Mafotih al-ulum”ning qo'lyozma nusxalari uncha ko'p emas. Yaqin-yaqingacha uning to'rt nusxasi bor deb hisoblab kelinadi. Ana shu to'rt nusxadan uchtasi Buyuk Britaniya mo'zeyida hamda Berlin qutubxonasida saqlanadi.

Asrimizning 60-yillarida amriqolik olim Bosvart Turkiya kutubxonalarida ushbu asarning yana olti nusxasi borligini aniqladi. Bu olti nusxaning hammasi Istanbul shahridagi kutubxonalarda saqlanadi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiyning bu asari o'rta asrlarda fanlarning rivojlanish tarixiga molik kamyob manba sifatida davrimizning ko'pgina olimlarning e'tiborini o'ziga jalb etdi.

Birinchi bo'lib bu manbani o'rgangan va 1160 yildagi qo'lyozma nusxasi asosida uning aniqlangan 1895 yilda kashf qildirgan olim – gollandiyalik olim Van Flotendir. Akademik I.YU.Krachkovskiyning fikricha, bu asar 976 va 991 yillar orasida yaratilgan. Olim Brokelman uni qisqa va aniq ma'lumotlarni o'z ichiga olgan hamda ko'p fanlar yoritilgan qomusiy asar deb baholasa, E.Videman asar muallifi Abu Abdulloh al-Xorazmiyning birinchi musulmon ilmini fan nuqtai nazaridan ajratuvchilardan deb ta'kidlaydi.

“Ilmlar kalitlari” o'ziga xos qomusiy asar bo'lib, o'sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini qamrab olgan. Muallif o'rta asrlardagi har bir fan mazmunini asosiy voqealarini sharhlash yo'li bilan tushuntirib bergan. Binobarin, akademik I.YU.Krachkovskiy ta'kidlaganidek, bu asar o'sha davr bilimlarining barcha sohalarini o'z ichiga oluvchi izohli terminologik lug'atdir.

Abu Abdulloh al-Xorazmiy “Ilmlar kalitlari” asariga kirish qismida: “Men bu asarni (“Mafotih al-ulum”ni –R.B.) ikki qismdan iborat qilib to'zdim. Birinchi qism shariat va u bilan bog'lik arab bo'lmagan, ya'ni yunonlar va boshqa halqlar ilmlariga bag'ishlangan”,- deb yozgan edi.

Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmlari tasnifiga yondashishi o'ziga xos bo'lgan. Bu tansifda shu sohada qadimgi Yunonistonda ilk bor bayon etilgan an'analar hamda Abu Abdulloh al-Xorazmiydan oldin o'tgan O'rta asr Sharq olimlarining ilmlarni tartibga solish bo'yicha qilgan ishlarining natijalari aks etgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning ilmlar tasnifi umumiy shakli quyidagichidir:

I.Shariat va u bilan bog'lik, arab ilmlari.

1.Fiqh, ya'ni musulmon huquqshunosligi

2.Kalom, ya'ni ilohiyat asoslari.

3.Grammatika

4.Ish yuritish.

5.She'riyat va aruz.

6.Tarix, ya'ni muayyan bir vaqtdan boshlab tarixni hisoblab

borish ilmi.

II.“Arab bo'lmagan” ilmlar.

1.Nazariy falsafa.

a) tabiiy ilmlar;

b) riyoziyot ilmlari;

v) ilohiy;

g) mantiq.

2.Amaliy falsafa.

a) etika ;

b) uyshunoslik;

v) siyosat.



  1. Download 463,21 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish