Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4,89 Mb.
bet6/172
Sana10.08.2021
Hajmi4,89 Mb.
#143997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172
Bog'liq
5 синф тарих

DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy

Ishlar

Salomlashuv.

Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash



og‘zaki

muloqot


3

Daqiqa




II.

Dars

mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi

mavzuni tushuntirish.



tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12

Daqiqa

IV.

Dars

yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5

Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).

Dars salomlashish bilan boshlandi.

Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.

Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.



IX.Yangi mavzu bayoni

Amir Temur hayoti va faoliyati. Amir Temur 1336- yil 9- aprelda (hozirgi Yakkabog' tumanidagi) Xoja Ilg'or qisblog'ida tug'ilgan.Amir Temuming otasi Amir Tarag'ay Bahodir o'zbeklarning barlos urug'i va Chig'atoy ulusining e’tiborli beklaridan biri bo'lgan edi.

«Tarag'ay» so‘zi «Nurday taralsin, ko‘paysin, katta hududlami egallasin», degan ma’nolarni bildiradi. Bu tilak bora-bora ijobat bo‘ldi. Shuning uchun Amir Temur suyukli nevarasi Ulug'bekka dastlab Tarag'ay deb ism qo'ygan edi.Pirimqul Qodirov, «Amir Temur siymosi» asaridan.

Onasi Takina Mohbegimo'z damning yetuk ilm- ahli xonadonlaridan birining qizi bo'lgan. Amir Temurning yoshligi Keshda o‘tdi. Yetti yoshga to‘lgach, otasi uni o'qishga bergan. Amir Temur yoshlik chog'laridanoq ustozlar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o‘q uzish, harbiy o'yinlar bilan mashg'ul bo'ldi. U o‘z davrining ilmlarini puxta egalladi. Otasining piri shayx Shamsiddin Kuloldan saboq oldi. Teran fikrli, yuksak fazilatli, ziyrak va dovyurak, bahodir bo'lib voyagayetdi. 17 yoshida otasining butun mulkini o‘zi mustaqil boshqara boshladi. Amir Temur tug‘ilgan davrda Vatanimiz hududi Chingizxonning o‘g‘li Chig‘atoyga qarashli bo‘lgan mulklar tarkibiga kirar edi. Chig‘atoyga qarashli hududlar Chig‘atoy ulusi deb atalgan.

XIV asrning о‘rtalaridaChig‘atoyulusida hokimiyat uchun kurash nihoyatda kuchaygan. Natijada ulus parchalanib ketgan. Amir Temur ana shunday og‘ir vaziyatda tarix sahnasiga chiqqan. U o‘zining ilk harbiy faoliyatini qo‘l ostidagi lashkarlari bilan turli viloyatlar amirlariga xizmat qilishdan boshlagan. Ularning o‘zaro kurashlarida qatnashib jasorat ko‘rsatgan. Bu esa uning nomini Qashqadaryo vohasida mashhur qilib yuborgan. Kurashlarda toblana borgan Amir Temur endi o‘z oldiga Vatanini mo‘g‘ullardan ozod etishdek muqaddas vazifani qo‘ygan.



Amir Temur davlati. Tez orada Amir Temur mo‘g‘ullarga qarshi ozodlik kurashini boshlab yuborgan. Bu kurash sakkiz yil davom etgan. Nihoyat, ozodlik kurashchilaii mo‘g‘ul lashkarini Movarounnahr hududidan quvib chiqarganlar. 1370-yilning 9-apiel kuni esa Amir Temur Movarounnahr hukmdori deb e’ Ion qilindi. Bu vaqtdau 34 yoshga to‘lgan edi. AmirTemurga piri shayx Sayyid Baraka oliy hokimiyat ramzi bo‘ lgan katta nog ‘ora va bayroqni tutqazgan. Samarqand Amir Temur davlatining poytaxti etib belgilandi.

1370-yilda buyuk Temuriylar davlatiga asos solindi.



Amir Temur Osiyo xalqlari xaloskori. Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni o‘z ichiga olgan markazlashgan davlat barpo etdi. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik qaror topdi. Osiyoning ko‘plab davlatlarini ham mo ‘g ‘ullar zulmidan ozod etdi. Buyuk Ipak yo‘ lini qayta tikladi. Biroq bu davrda Amir Temur davlatiga mo’g’ullar barpo etgan Oltin 0‘rda davlati xavf sola boshlagan. Bu davlat taxtida To‘xtamishxon o‘tirar edi.

Amir Temur Yevropa xalqlari xaloskori. Amir Temur Oltin 0‘rdaning tahdidlarini bartaraf etishga kirishdi. 1395-yilda Amir Temur To‘xtamishxonning lashkarini Terek daryosi (Shimoliy Kavkaz) bo‘yida tor-mor etadi. Bu g‘alaba Oltin O‘rdani nihoyatda zaiflashtirib qo‘ygan. G‘alaba Oltin O‘r- daga qaram bo'lgan Rusning (Rossiyaning) mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lishini tezlashtirgan.

Amir Temur G'arbiy Yevropa xalqlariga katta tahdid solayotgan Turkiya sultoni Boyazidga ham qarshi yurish boshlagan. 1402-yilda Anqara yonida bo'lgan jangda Boyazid lashkari tor-mor etilgan.

Turkiyaning bu mag'lubiyati uning Yevropa davlatlariga solayotgan xavfini yo'qqa chiqargan. Shu boisdan G'arbiy Yevropa xalqlari Amir Temumi o'z xaloskori deb hisoblaydilar.

Amir Temur 1402-yilda Anqarada erishgan g'alabasi bilan ikkinchi marta Yevropa xalqlariga xizmat kо‘rsatdi. Aleksandr Yakubovskiy,Rossiya tarixchi olimi.

Boyazidning tahdididan xalos bo'lgan Yevropa davlatlari Amir Temurga minnat- dorchilik maktublarini jo'natishgan.Fransiya va Ispaniya qirollari esa elchilar ham yuborishgan.

Ha, Amir Temur qudratli markazlashgan davlat asoschisi, Osiyo va Yevropaning xaloskoridir.

Shu boisdan ham YUNESKO tashkiloti qarori bilan 1996- yilda Amir Temur tavalludining 660 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi.

Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Ainir Temur haykallari o'matildi. Toshkent shahrida Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpoetildi. Vatanimizning yuksak mukofotlaridan biri - «Amir Temur» ordeni ta’sisetildi.


V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?

IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.


  1. Amir Temur kurash maydoniga chiqqan davrda Vatanimizda ahvol qanday edi?

  2. Amir Temurning Vatan mustaqilligi yo ‘lida olib borgan kurashi va buyuk davlat barpo etganligi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  3. Nega Amir Temur Yevropa xaloskori deb ataladi?

  4. Mustaqillik yillarida buyuk Amir Temurning pok nomini tiklash borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

5 Uyga Vazifa

Keyingi mavzu bilan tanishib kelish
X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish


Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish