Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4,89 Mb.
bet165/172
Sana10.08.2021
Hajmi4,89 Mb.
#143997
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   172
Bog'liq
5 синф тарих

DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy

Ishlar

Salomlashuv.

Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash



og‘zaki

muloqot


3

daqiqa




II.

Dars

mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi

mavzuni tushuntirish.



tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12

Daqiqa

IV.

Dars

yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5

Daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).

Dars salomlashish bilan boshlandi.

Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.

Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.

IX.Yangi mavzu bayoni

Nima uchun XXI asr ilm va taraqqiyot asri deb yuritiladi? Siz deyarli har kuni «ilm» so‘zini eshitasiz. Xo‘sh, ilm nima o‘zi? Ilm - dunyoda mavjud bo‘lgan bilimlar tizimidir. «Ilm» so‘zi o‘rnida «fan» so‘zi hamishlatiladi.

Ular bir ma’noni anglatuvchi so‘zlardir. Insoniyatning butun tarixi davomida ilm-fan rivojlanib bordi.

Insonning jismoniy mchnatni yengillashtirishga intilishi texnika sohasida ulkan kashfiyotlar, ixtirolaming yaratilishiga olib kelgan.

Texnika (mahorat) - insonning mchnatini yengillashtiradigan va inson uchun zarur narsalami yetarli miqdorda ishlab chiqarishga imkon beradigan mashina, asbob, qurol va moslamalar yig'indisidir.

Binobarin, texnika - bu, ekskavatorlar, turli xil traktorlar, kombaynlar, buldozerlar, yengil va yuk, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari, samolyot, kosmik raketalar, televizor, kompyuter, elektron hisoblash mashinalari, internet tarmoqlari va boshqalardir.

Bir vaqtlar oddiy ketmon bilan kanal qazigan inson keyinchalik ekskavator bilan kanal qaziy boshladi. Bu inson mchnatini qanchalik yengillashtirganini, mchnat unumdorligini qanchalik o‘stirganligini bir tasawur qiling-a. Samolyotlarsiz, kompyuterlarsiz, uyali telefonlarsiz yoki internetsiz insonning bugungi hayotini tasawur etib bo‘ladimi? Ulkan texnika insonga yer qa’ridan tonnalab yer osti boyliklarini qazib olishga imkon berayotganligiga guvohsiz.

Yoki tibbiyot texnikalarini olaylik. Bu sohada amalga oshirilgan ulkan ixtirolar insoniyatganimabermoqda? Avvalo, u inson tanasining xastalangan turli a’zolarini, shujumladan, yuragini ham ко‘chirib о‘tqazish imkonini berdi. Yoki qancha-qancha

xastaliklar jairohlik tig‘i siz davolanmoqda.

Inson texnika rivoji tufayli hattoOyga qo‘nish-

ga muvaffaq bo‘ldi. Inson bulaming bariga ilm-fan taraqqiyoti tufayli erishdi.

Ilm-fan va texnika taraqqiyotidagi bunday ulkan yutuqlar tarixga ilmiy-texnika inqilobi nomi bilan kirdi. Ilm-fan taraqqiyotiga yuksak e’tibor bergan davlatlar bugungi kunda har jihatdan rivojlangan davlatlarga aylandilar. Fuqarolari esa farovon yashamoqdalar.

Dunyoda ilm-fan sohasida buyuk kash- fiyotlarni amalga oshirgan olimlar xalqaro Nobel mukofoti bilan taqdirlanib kelinmoqda. Ilm-fan XXI asrda XX asrdagidan ham shiddat bilan rivojlanmoqda. Bundan buyon ham mamlakatning iqtisodiy qudratini, ertangi kunini va taqdirini ilm-fan taraqqiyoti hal etadi. Ilmga intilish yo'qolsa, fan taraqqiy etmaydi. Ilm-fan rivojlanmasa, mamlakatning kelajagini tasavvur etib bo'l- maydi.

Binobarin, XXI asrda ilm-fan yutuqlari davlatlar taraqqiyotining bosh omili bo'lib qoladi.

Shuning uchun ham XXI asr - ilm-fan va taraqqiyot asri, deb yuritiladi.

Kuch - bilim va tafakkurda. «Kuch - bilim va tafakkurda» hikmatli so'zi Prezident Islom Karimovga tegishli. Bu hikmatdagi «Kuch» so'zi O'zbekistonning maqsadi kelajakda dunyoning rivojlangan, fuqarolari esa faro von yashaydigan davlatlar qatoridan o'rin olish ekanligini anglatadi.

«Bilim» so'zi bu ulug'vor maqsadning ro'yobga chiqishida mamlakatimizda ilm-fanning qanchalik yuksak taraqqiy etishiga bog'liqligini anglatadi. «Tafakkur» so'zi esa mamlakat mutaxassis kadrlarining zamonaviy ilm-fanda to'plangan yuksak darajadagi bilimlami chuqur o'zlashtirib olishlari, uni amalda qo'llashda fikrlash qobiliyatining yuksak darajada bo'lishi zarurligini anglatadi.

O'zbekiston - dunyoning rivojlangan, fuqarolari farovon yashaydigan davlatiga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega. Xususan, mamlakatimiz yer osti va yer usti boyliklariga boy. Tabiiy sharoiti juda qulay. Yeri unumli, serquyosh kunlari ko'p o'lka.

Biroq mamlakatning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatga aylanishi uchun bulaming o'zi yetarli emas. Bu, eng awalo, ilm-fanning qanchalik yuksak taraqqiy etishiga bog 'liqdir. Fan ravnaqisiz buyuk davlat qurib bo'lmaydi.

Ikkinchidan, ilm-fan yutuqlarini ishlab chiqarishda qo 'llaydigan mutaxassislaming o'z burchiga, vazifasiga qanchalik vijdonan yondashishiga ham bog'liq.

Yaponiya va Janubiy Koreyaning biznikidek ulkan tabiiy boyliklari bormi? Yo‘q. Lekin, dunyoning eng ilg'or texnologiyasi ana shu mamlakatlarda joylashgan.



Islom Karimov Shuning uchun ham О‘zbekiston dav­lati mamlakatda ilm-fan ahliga - olimlarga samarali ishlashlari uchun zarur sharoit yaratib berishni o‘z burchi, deb hisob- laydi.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy ilm-fan markaziga aylanishi uchun ko‘p ishlar amalga oshirildi.

Prezident Islom Karimov Fanlar akademiyasi olimlari bilan bir necha bor uchrashdi. Akademiya ish samaradorligini oshirishga qaratilgan hukumat qarori ham qabul qilindi.

Ayni paytda olimlarning dunyo fani yutuqlaridan to‘la xabardor bo‘lishi masalasiga ham katta ahamiyat berildi. Bu o‘rinda har bir olimning birorta chet tilini puxta bilishi rag ‘ batlantirilmoqda.



  1. yilda Respublikamizda «Umid» jamg‘armasi tuzildi. Bundan maqsad - iste’dodli yoshlami saralab olib ularning chet ellarda o‘qishini qo‘llab-quvvatlash edi. Yoshlami chet ellarda o‘qitish orqali dunyo tajribasini о ‘rgangan, yuqori malakali mutaxassislar sonining ko‘payishiga erishildi. Har o‘quv yilida oliy o‘quv yurtlaiining fanning turli sohalarini puxta egallayotgan, ilmiy tadqiqot ishlari olib borayotgan eng iste’dodli talabalari vayosh olimlar O‘zbekiston Prezidenti stipendiyasi sohibi bo‘lmoqdalar. Hukumatimiz ilm-fan va texnika sohasida ulkan yangiliklami amalga oshirgan olimlarni ham taqdirlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini ta’ sis etgan.

Hech shubha yo‘q-ki, qisqa tarixiy davr ichida O‘zbekiston ham ilm-fan taraqqiyotida dunyoning eng ilg‘or davlatlaridan biriga aylanadi. O‘zbekistondan ham xalqaro Nobel mukofoti sohiblari chiqadi. Bunda esa albatta Sizlarning a‘lo baholarga o‘qishingiz muhim ahamiyat kasb etad

iIV Yangi mavzuni Mustahkamlash.




  1. IX-XII asrlar yurtimiz ilm-fani taraqqiyotida qanday o'rin tutadi?

  2. Al-Xorazmiyning matematika fani taraqqiyotida tutgan o'rni nimalar bilan belgilanadi?

  3. Ahmadal-Farg'oniyning jahon ilm-fani taraqqiyotiga qo'shganhissasi haqida nimalarni bilib oldingiz?

  4. Amerika olimi J. Sarton «XI asrBeruniy asridir», deb yozganida nimalarga asoslanganligi haqida mulohaza yuritib ko'ring.

  5. Ibn Sinoning jahon tibbiyot ilmi taraqqiyotiga qo ‘shgan hissasi haqida so ‘zlab bering.

5 Uyga Vazifa

Keyingi mavzu bilan tanishib kelish


X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish


Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish