Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash,
d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi
2. Uyga vazifani so`rab baholash: a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish
v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy.
YANGI MAVZU BAYONI
Ey Vatanim, osmon bo`lsang,
Men bir yulduz erurman.
Yoki ulkan ummon bo`lsang,
Men bir tomchi suvdirman.
Vatan! Bu so’z zamirida olam-olam ma’no bor . Vatan – aziz muqaddas va mo’tabar yurtdir
“Vatan” arabcha so’z bo’lib ona yurt degan ma’noni bildiradi.
Vatan bu tug’ilgan makon. Kindik qonimiz to’kilgan tuproq. Vatan bu oltin beshik. Ota-onamiz, qarindoshlarimiz va do’stlarimiz yashayotgan zamin.
Vatan – jonajon shahringiz va qishlog’ingizdir. Insonning qalbi orzu-umidlari, quvonchlari va kelajagi Vatani bilan chambarchas bo’liqdir.
O’zbekiston o’tmishda Movorounnahr va Turkiston nomlari bilan atalgan. Ming yillar mobaynida mamlakatimiz hududida xilma-xil dinlar va madaniyatlarga ega bo’lan insonlar tinch totuv yashab kelganlar. Diyorimizning o’zining go’zal tabiati, unumdor tuprog’i bitmas tuganmas boyliklari bilan doim barchaning e’tiborini tortgan.
Dunyodagi zo’ravon kuchlar qaysi bir xalqni o’ziga tobe qilmoqchi, bo’ysundirmoqchi bo;lsa, avvalambor uning buyuk boyligi bo’lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilashga urinadi.
Birinchi prezidentimiz Islim Karimov o’ining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch ” kitobida “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelejagi yo’q” deb bejizga ta’kidlamaganlar.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O`zbekiston- mustaqil davlat. Bu o`z taqdiri va istiqbolini o`zi hal qilishdir, bu millatni ma’naviy, axloqiy, ma’rifiy inqirozdan qutqarishdir: bu o`z yeriga, o`z yer osti boyliklariga egalik qilishdir, bu tenglararo teng bo’lish, keng dunyoga dallollar va vositachilarsiz chiqish, xalqaro munosabatlar o`rnatish, millatlar hamdo’stligiga qo`shilishdir:
O`zbekiston mustaqilligining asoslari, qoidalari, shartlari va talablari 1991-yil 31-avgustda qabul qilingan.
“Davlat mustaqilligi haqida” gi qonunda ifoda qilingan. Prezidentimiz Islom Karimovning bu so`zlarida mustaqil davlat bo`lish bizga, yurtimizga, Vatanimizga, xalqimizga inom etgan boyliklar, qulayliklar, huquqlar, imkoniyatlar nechog`lik salmoqli, mazmunli ekanini va bizning xalq, millat, davlat, hudud sifatida ko`tarilishimiz, xalqaro miqyosga chiqishimiz, ajdodlarimizning ulug`ligini munosib ravishda davom ettirish uchun o`zimizning bor imkoniyatlarimizni sarflashimiz kerak. Ongimizdagi sho`ro tuzumi qoldirgan sarqitlarni umuman yo`q qilishimiz kerak, shunda haqiqiy mustaqillikka katta hissa qo’shamiz.
Vatanimizning o’tmishi buyuk, uning kelajagi ham shubhasiz buyukdir. O’tmishdagi buyuklik nimalardan iborat bo’lganligini kelejakning buyuklik yo’lida qanday buyyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganligini tarix fanini bosqichma-bosqich o’rganish orqali bilib olasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |