Fan Tarixdan hikoyalar I. Mavzu



Download 4,89 Mb.
bet113/172
Sana10.08.2021
Hajmi4,89 Mb.
#143997
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172
Bog'liq
5 синф тарих

DARSNING BOSQICHLARI

T.r.

Bosqichlar

Mazmuni

Uslublar

Vaqti

I.

Tashkiliy

Ishlar

Salomlashuv.

Tiglovchilarni darsga qatnashishlarini aniqlash



og‘zaki

muloqot


3

daqiqa




II.

Dars

mazmunini tushuntirish

Turli ma’lumotlardan tarkib topgan taqdimot vositasida yangi

mavzuni tushuntirish.



tasviriy vositalarni qo‘llash, O‘quv taqdimoti.

25 daqiqa




III.

O‘rganilgan mavzuni musta’kamlash

Mavzu bo‘yicha tiglovchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash va ularni yanada rivojlantirish.

Amaliy mashg‘ulotlar orqali mavzu mustahkamlanadi

12

daqiqa

IV.

Dars

yakunlarini chiqarish

Fikr almashinuvini o‘tkazish, tiglovchilarni baholash.

O‘quv sikli orqali mavzu mustahkamlanadi.

5

daqiqa

O‘quv mashg‘ulotining borishi
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).

Dars salomlashish bilan boshlandi.

Tiglovchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi.

Tiglovchilar guruhlarga bo‘linib, guruh nomlari yozildi va taoriflandi.

Baholash mezonlari bilan tanishtirildi. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Barakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.

B aholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so‘zlari yozilgan shakllar.


O`tilgan mavzuni so`rab o`quvchilar baholanadi.



IX.Yangi mavzu bayoni

Ilk yozuv belgilari. Davlatlar pay do bo‘lgach, ularning tarixini yozib ’ borish muhim masalaga aylangan. Hukmdorlaming farmonlari, joriy etilgan qonunlar yoki davlatlar o^rtasida tuziladigan turli shartnomalar yozib qo'yilmasa tomonlarulami har xil talqin etishlari mumkin edi. Qolaversa, ularning barchasini kelajak avlodlar uchun saqlab qo‘yish ham kerak edi. Bu omillar yozuvning paydo bolishiga sabab bo‘lgan. Yozuv kishilar o'rtasidagi aloqaga xizmat qiladigan yozma belgilar tizimidir.

Buning aks sadosi o‘laroq Yer yuzida bundan besh-olti ming yil awal dastlabki yozuvlarpaydo bo‘lgan. Ularni Osiyo vaAfrikaxalqlari yaratganlar.

Yozuv odamlar qo‘lga kiritgan hayotiy tajribalami, yaratgan bilimlami saqlaydigan va ularni kelgusi avlodlarga yetkazadigan qudratli vositadir.Odamlar o‘tmishda yaratgan tarix, barcha hayotiy tajriba va bilimlar, kash- fiyotlar ajdodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib kelgan.

Yozuv bugungi shaklidagi ko'rinishgaega bo‘lgunicha uzoq taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi.

Olimlar dastlabki yozuvlarni uzoq vaqtgacha o‘qiy olmaganlar. Chunki bu yozuvlar bugungi yozuvlardan keskin farq qilgan. Ular aslida harf bo'lmasdan, biror ma’noni anglatuvchi qandaydirbelgilardan iboratbo‘lgan. Ikkinchidan, ular bugungi kunda hech kim gaplashmaydigan tillarda yozilgan edi. Shunday bo'lsa-da, olimlar tinimsiz izlanishlar natijasida keyinchalik ularning ko‘pchiligini o'qishga muvaffaq bolganlar.

Qadimgi yozuvlar va ularning turlari. Olimlar qadimgi yozuvlarni bir necha turga bo‘lganlar. Ulardan dastlabkisi «Eslatuvchi belgilar» debatalgan. Bunday belgilar muayyan miqdomi belgilashda, biror xabami uzoq masofagayetkazishda qollanilgan. Masalan, biror miqdomi ifodalash uchun turli hajmdagi toshdan yoki chig'anoqlardan foydalanilgan. Biror xabami uzoq masofaga yetkazish uchun gulxan yoqishgan, ba’zan esa do'mbira chalishgan.

Ajdodlarimiz yozuvning «Buyumli yozuv» deb ataluvchi turidan ham foydalanganlar. Masalan, qo‘rg‘on rasmi marhum ko‘milgan joyni, non- tuz esa do‘stlikni anglatgan.

Qadimgi yozuvning yana bir turi «Rasmli yozuv» edi. Qadimgi ajdodlarimiz turli hayvonlaming rasmlarini toshlarga, suyaklarga va g’orlarning devorlarigao‘yib tushirganlar. Ular faqat rasmgina bo‘lib qolmay, biror holatni anglatuvchi o'ziga xos axborot ham bo‘lgan.

Davlatlar rivojlanib borgan sari yoziladigan hujjatlar va ularning bir xil ma’noda talqin etilishiga bo‘lgan talab kuchayib borgan. Rasmli yozuvlar endi bu talabga javob bera olmay qolgan. Shu tufayli yozuvning rivojlanish bos- qichidauning yangi turi - «So‘z yozuvi» shakllangan. Qadimgi Misr hamda Xitoy iyerogliflari, Shumer mixxati va boshqalar buning dastlabki namunalari edi.

Iyerogliflar bilan yozish oson ish emas edi. Chunki ko‘p miqdordagi iyerogliflarni yodda saqlab qolishning o‘zi bo‘lmagan. Hayot endi «Alifboli yozuv» kashf etilishini talab qilaboshlagan.

Dunyoda birinchi alifboni, ya’ ni harfli yozuvni miloddan avvalgi 2-ming yillik o‘rtalarida qadimgi finikiyaliklar yaratishgan va u «Finikiy yozuvi» deb atalgan. Finikiy alifbosi 22 ta harfdan iborat bo'lib, uo'ngdan chapgaqarab yozilgan. Finikiy tilidagi so'zlarai shu 22 ta harf bilan yoza olish ulkan hodisa edi. Finikiy yozuvi boshqa mamlakatlarda ham tez tarqala boshlagan. Ular finikiy alifbosini o‘z tillaiiga moslashtirib olganlar. Dunyodagi hozirgi yozuvlarning beshdan to‘rt qismidan ко ‘prog ‘ining asosida finikiy yozuvi yotadi.

Hatto hozirgi kundagi lotin va kirill yozuvlari ham finikiy yozuvidan kelib chiqqan.

Milodning IV asrida esa arab alifbosi yaratilgan. Lotin alifbosi bir necha asrlardan so'ng G‘arbiy Yevropaning ko‘plab xalqlari yozuviga asos bo'lib xizmat qilgan.

Rus alifbosi kirillitsa deb atalgan eski slavyan alifbosi asosida vujudga kelgan. Eski slavyan alifbosini gretsiyalik aka-uka Kirill va Mefodiylar IX asrda qadimgi grek alifbosi asosida yaratganlar. Yaratilgan yangi alifbo Kirillning sharafiga kirillitsa deb atalgan.

X asr oxirlarida qadimgi Kiyev Rus davlati ham bu yangi alifboni - kirillitsani qabul qilgan vau rus tiliga moslashtirilgan. Hozirgi zamon kirill-rus alifbosida 33 ta harf mavjud.



O‘zbekistonda yozuv. O‘zbek xalqi qadim zamonlardan beri turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bular: xorazm, sug‘d, urxun-enasoy, arab, kirill-rus va lotin alifbolariga asoslangan yozuvlar edi.

Xorazm va sug'd yozuvlaridan ajdodlarimiz deyarli ming yil davomida foydalanganlar. Sug‘d alifbosi dastlab 23 ta harfdan iborat bo'lgan. Bu alifboda so’zlaro'ngdan chapgaqarab yozilgan. О‘ zbekistonda bugungi kunda lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosidan foydalanilmoqda.



.
V.Baholash: Darsda faol o`quvchilar baholanadi?

IV Yangi mavzuni Mustahkamlash.


  1. Yozuv nima? Yozuvning insoniyat hayotida tutgan o'rni haqida nimalarni bilib oldingiz?

  2. Qadimgi yozuv turlarining nomlarini qayd eting va ularning bir-biridan farqi haqida so'zlab bering.

  3. Qanday omillar alifboning vujudga kelishiga sabab bo'lgan?

  4. Finikiy alifbosi insoniyat tarixida qanday rol o'ynadi?

  5. Lotin, arab va kirill-rus alifbolari haqida nimalarni bilib oldingiz?

  6. О ‘zbekiston xalqlari qadimda qanday yozuvlardan foydalanganlar?

5 Uyga Vazifa

Keyingi mavzu bilan tanishib kelish


X.Dars yakuni; dars yakunida dardavomida o’tilgan yangi mavzu yuzasidan savol-javob o’tkaziladi. Va shu orqali o’quvchilar baholanadi.

XI.Uyga vazifa; o’tilgan mavzuni o’qib kelish va qo’shimcha topshiriqlarni bajarish


Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish