Foydali
hasharotlar
Zararli hasharotlar
III.Yangi mavzu bayoni.
O`qituvchi: Bugun aziz, bolajonlar, siz bilan “Qushlar va uy parrandalari” mavzusini o`rganamiz.
Qushlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Ular bo`lmaganda hasharotlar dala va bog`larda yetishtiriladigan o`simliklarga juda katta zarar keltirar edi.
Ba`zi hasharotlar daraxt po`stlog`idagi batamom yeb tugatadi. Daraxtning o`zi esa qurib qoladi. Kasalliklar ham ko`payib ketadi. Shuning uchun qushlarni muhofaza qilishimiz zarur.
O`lkamizdan kuzda uchib ketgan qushlar bahor boshlarida qaytib keladi.
Mart oyida chittak, jiblajibon, qaldirg`och, vahma qush, so`fito`rg`ay, sassiqpopishak va boshqa qushlar uchib keladi.
Keling, aziz o`quvchilar, ushbu qushlarni bugungi darsimizga taklif etsak.(Qushlar qushlarning sayrashi musiqasi ostida davraga chiqadilar).
O`qituvchi: Bolajonlar, hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlarni hasharotxo`r qushlar deymiz. Hasharotxo`r qushlar dala va bog`lardagi har xil zararkunanda va qon so`ruvchi hasharotlarni yeydi. Keling, endi navbatni qushlarni o`zlariga beraylik, marhamat.
Chittak: Men jajigina qush- chittakvoy bo`laman. Tuproq orasida yashovchi hasharotlar mening jonu-dilim. Men bir kunda o`z og`irligimga teng miqdordagi hasharotlarni bemalol yeyishim mumkin.
J iblajibon: Men chaqqongina qush jiblajibonman. Men ko`proq ekinlar orasida yurib oziqlanishni yaxhsi ko`raman. Ekinlar orasidan terib yeydigan hasharotlar menga sariyo`g`dek yoqadi.
Chug`urchuq: Men ko`p chug`urlab yuradigan chug`urchuq bo`laman. Menga eng xush yoqadigan hasharot –bu chigirtkalar. Chigirtkani koniga duch kelib qolsam, taxminan bir kunda 200gramm chigirtkani paqqos tushira olaman.
Sassiqpopishak: Men qora-sariq rangli sassiqpopishak bo`laman. Menga daraxt po`stlog`i orasida, devor yoriqlarida berkinib yotgan hasharotlar juda yoqadi. Siz osh-palovni qanday sevsangiz, men ham ularni xuddi shunday yaxshi ko`rib iste`mol qilaman.
Kakkuqush: Bolajonlar, meni taniyapsizmi, men o`sha kakku-kakku deya sayraydigan jajjigina sayroqi qushman. Boshqa qanotli do`stlarim yoqtirmaydigan tukli qurtlar mening jonu-dilim. Ularni istasam bir soatda 100 tasini yeb tugataman.
So`fito`rg`ay: Bolajonlar, siz men haqimda eshitmagan bo`lsangiz kerag-a. Men ham kakku do`stimga o`xshab sayroqi qushman. Shu bilan birga mehribon onaman. Zararli qo`ngi`z, chigirtka, qurtlarni terib kelib, bolalarimni boqaman.
Shu payt davraga Shum bola qo`lida rogatka bilan kirib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |